Ijtimoiy fanlar




Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/169
Sana30.05.2024
Hajmi8,04 Mb.
#257450
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169
Bog'liq
133 Fuqarolik jamiyati

jamiyatning
asosiy universal tasnifini quyidagicha ifodalash mumkin: 
a) bir butunlik, yaxlitlik; b) o‘zgarishlarga boy va rivojlanishga moyillik (dinamizm); v)tizimlilik. Mazkur 
universal tasnifdan kelib chiqib jamiyatni quyidagicha ta’riflash mumkin: 
Jamiyat
(society) – bu yaxlit 
tuzilma bo‘lib, uning doirasida odamlarning birgalikda yashashi amalga oshadi; jamiyat o‘zining 
unsurlaridan iborat bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan, shuningdek o‘zini mavjudlik makon va zamon 
chegaralariga ega bo‘lgan o‘ziga xos organizm yoki tizimdir. SHu tariqa, jamiyat muayyan va aniq hududda 
11
Ўша жойда. 
12 
Фараби. Социально-этические трактаты. -Алма-ата: Наука, 1975.-С.224. 
13
Ўша жойда.-Б.226. 


34 
joylashgan bo‘ladi va o‘z mavjudligining aniqmuvaqqat doirasiga egadir. Ba’zi jamiyatshunos olimlarning 
fikricha, «jamiyat» va «mamlakat» tushunchalari o‘rtasida o‘xshashlik mavjud. Jamiyat odamlardan iborat 
tuzilma sifatida tavsiflanib, u: sotsial aloqalarning birlashuvi ro‘y beradigan hudud; muayyan bir hudud 
doirasida yuzaga kelgan sotsial aloqalar, munosabatlar, birliklarning turli tumanligiga ega; avtonomlik 
(mustaqil yashash) qobiliyatiga ega; integratsiyalashuvga moyil (barcha individlarni o‘zaro 
qo‘shiluvchanligi, ijtimoiy tartibot natijasidagi birlashuv). 
“Jamiyat”
deganda barcha insoniy munosabatlar (aloqalar) yig‘indisi tushuniladi. YAna bir 
manbada “jamiyat” tushunchasi ma’lum bir hududni egallagan, oz yoki ko‘p darajada o‘zining 
boshqalardan farqlanuvchi madaniyati va institutlariga ega bo‘lgan odamlarning o‘zini o‘zi abadiylashgan 
yig‘indisi, deyiladi.
24
Jamiyat institutlar va birliklarning o‘zaro munosabatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan, yangi sotsial 
tuzilmalarni integratsiyalaydigan, o‘z mantig‘idan kelib chiqib aholining asosiy qismini o‘ziga 
bo‘ysundiradigan, mazkur hududda yashovchi odamlar o‘z xatti-harakatlaridagi turli tuman sotsial o‘zaro 
ta’sirlar va aloqalarni yagona negizga uyushtirishga undovchi va o‘zini o‘zi muvofiqlashtirish 
mexanizmlariga egadir.

Download 8,04 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   169




Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish