• Ikkinchi daraja.
  • Uchinchi daraja
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    Birinchi daraja
    . Fuqarolik jamiyatidagi shaxslararo munosabatlarning mazkur darajasi – bu 
    individlarning turmush kechirishni ta’minlovchi tayanch (birlamchi), ya’ni oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy 
    kabilarga nisbatan paydo bo‘ladigan ehtiyojlardir.Bu ehtiyojlar kasbiy, iste’molchilar va boshqa uyushmalar 
    (masalan, xususiy korxonalar, aksionerlik jamiyatlari, vrachlar, quruvchilar, hunarmandlar birlashmalari va 
    boshq.) kabi ijtimoiy institutlar vositasida amalga oshiriladi; 
    Ikkinchi daraja.
    Bunda umrni uzaytirish bilan bog‘liq bo‘lgan, sihat-salomatlik, bolalar tarbiyasi, 
    ma’naviy-madaniy yuksalish, axborot, muloqotlar kabilarga doir ehtiyojlardan kelib chiqadigan shaxslararo 
    42
    Генезис [гр. genesis] – келиб чиқиш, пайдо бўлиш; ривожланаётган ҳодисанинг тузилиш ва шаклланиш жараёни. 
    43
    Головистикова, А.Н. Проблемы теории государства и права: учебник/А.Н. Головистикова, Ю.А. Дмитриев. -М.: Эксмо, 2005. –С.124. 
    44
    Гражданское общество в структуре социального государства и как инструмент управления государством //http:// 
    studopedia.su/2_35359_grazhdanskoe-obshchestvo-v-strukture-sotsialnogo-gosudarstva.html. 


    45 
    munosabatlar. Bu munosabatlar ma’naviy, etnik, diniy, oila-nikoh va boshqa shakllardagi o‘zaro aloqlarni 
    o‘z ichiga olgan sotsiomadaniy majmuani tashkil etadi. Bu darajadagi ehtiyojlar oila, ta’lim, ilmiy, ijodiy, 
    sport uyushmalari, diniy maskanlar, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari kabi institutlar 
    vositasida qondiriladi. 
    Uchinchi daraja
    . Bunda ijtimoiy-siyosiy ishtirok ehtiyojlari nazarla tutiladi. Mazkur darajada 
    shaxslararo munosabatlar o‘zi afzal deb bilgan siyosiy qarash va qadriyatlarga ega bo‘lish asosidagi 
    individual tanlov bilan bog‘liqdir. Mazkur daraja individa aniq siyosiy va ijtimoiy nuqtai nazarlar 
    shakllanishini talab etadi. Bu darajadagi ehtiyojlar siyosiy partiyalar, harakatlar va boshqa uyushmalar 
    vositasida qondiriladi.
    SHuningdek, jamiyatshunos olimlar fuqarolik jamiyatining uchta asosiy sohalardagi strukturalarini 
    bir-biridan ajratib, ularni quyidgaicha ifodalaydi: iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish