• «tuzilma» tushunchasini xalqaro miqyosda qabul qilingan shakli – «struktura»
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

     Jamiyat – 
    odamlar, birliklar va tuzilmalar o‘zaro ta’sirlari va aloqalarining tarixan 
    rivojalanuvchan, ularning birgalikda yashash jarayonida o‘zgarib boradigan va tarkib topadigan yaxlit 
    tizimdir.
    25
    Jamiyatni o‘ziga xos belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1)sotsiallik; 2)jamiyat a’zolari 
    (insonlar) o‘rtasida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlarning mavjudligi; 3)ma’lum bir hududga ega bo‘lish (sotsial 
    makon); 4)sotsial zamonning (vaqtning) mavjudligi; 5)o‘zini o‘zi boshqarishi va muvofiqlshtirishi, o‘zini 
    o‘zi namoyon qilishi, sotsial jarayonlarni o‘z-o‘zidan anglashi; 6)sotsial institutlarning mavjudligi; 
    7)odamlarning ongi, irodasi va faoliyatini har qanday o‘zgarishlarga ta’sir etib turishi; 8)sotsial strukturaning 
    mavjudligi.
    26
    Jamiyatning strukturaviy komponentlari
    27
    - ular ko‘plab individlar (shaxslar); odamlar tomonidan 
    bajariladigan sotsial rollar; o‘z ichiga hududiy, etnik va boshqa birliklarni olgan sotsial struktura
    odamlarning bir-birlariga o‘zaro ta’siri. 
    Jamiyat yaxlit tizim sifatida turli tuman unsurlardan (faoliyat turlari, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy 
    guruhlar, birliklar, institutlar va uyushmalar) iborat. Ularning barchasi bir-birlariga mustahkam bog‘langan 
    bo‘lib, ularning jamlanmasi bir butunlikni (yaxlit jamiyatni) tashkil etadi. 
    «Struktura»
    (tuzilma) 
    tushunchasi (lotincha “structura” – tuzilish, tuzilma, joylashish tartibi, tartib) umumiy ma’noda bir 
    butunning u yoki bu darajadagi barqaror unsurlari yoki ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglatadi.
    Biz xorijiy adabiyotlardan foydalanishda qiyinchilik tug‘ilmasligi uchun 
    «tuzilma»
    tushunchasini 
    xalqaro miqyosda qabul qilingan shakli – 
    «struktura»
    atamasiishlatamiz. Struktura jamiyatning tarkibiy 
    qismlarini turli tartibszliklar aralashmasidan iborat holda yashashiga yo‘l qo‘ymaydigan, ularni 
    muvofiqlashuviga shart-sharoitlar yaratib beradigan o‘ziga mexanizm vazifasini ham bajaradi.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish