• Birinchidan
  • “O‘zbekiston Respublikasida yosh-




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    “O‘zbekiston Respublikasida yosh-
    larga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar 
    to‘g‘risida”
    gi Qarori mustaqillik yillarida olib borilgan bosqichma-bosqich, tadrijiy 
    islohotlarning mantiqiy va qonuniy davomi bo‘lib, bu boradagi ishlarning yangi bosqichini 
    boshlab berdi. Respublikamizda mazkur qaror ijrosini ta’minlash, shuningdek, mamlakatimizda 
    amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak 
    ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan 
    har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat 
    siyosatini izchil amalga oshirib kelinmoqda. 
    Qarorning aynan bugungi kunda qabul qilinishi fikrimizcha, quyidagilar bilan 
    izohlanadi: 
    Birinchidan,
    mustaqillik yillarida yoshlar siyosati bo‘yicha amalga oshirgan ishlari-
    mizni sarhisob qilar ekanmiz, ularni haqqoniy baholash va islohotlar dasturiga ma’lum 
    o‘zgartishlar kiritish bilan birga, birinchi navbatda, ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda 
    mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
    rivojlantirish yo‘lidagi izchil harakatlarimizda yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirishimizga 
    ehtiyoj tug‘ilgani, 
    ikkinchidan,
    hozirgi paytda mamlakatimiz yoshlarining siyosiy-huquqiy 
    madaniyati va ijtimoiy ong darajasining o‘sib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va liberal-
    lashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishi, yosh avlodning ilm-fan, sport sohasida erishayotgan 
    yutuqlari bu sohadagi islohotlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarishimiz uchun zarur 
    shart-sharoitlarni yuzaga keltirayotgani
    uchinchidan, 
    jahon miqyosida globallashuv va axborot 
    texnologiyalari tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub 
    o‘zgarishlarni xolisona va tanqidiy baholagan holda farzandlarimiz kelajagini ko‘zlab, yoshlar 


    90 
    siyosatini 
    amalga 
    oshirishda 
    qo‘shimcha 
    chora-tadbirlarni 
    belgilab 
    olish 
    zaruriyati, 
    to‘rtinchidan,
    har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor 
    yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yoshlarga oid dastur va uni amalga oshirish strategiyasiga ega 
    bo‘lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishishi shular jumlasidandir. 
    Qarorga binoan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning 
    faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-
    fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga 
    etkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va 
    jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olib, 

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish