• Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti. 4. Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi
  • -MAVZU: QONUN USTUVORLIGI - FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

     
    5-MAVZU: QONUN USTUVORLIGI - FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI 
    Reja: 
    1.
     
    Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati.
    2.
     
    Qonun ustuvorligini ta’minlovchi asosiy shartlar.
    3.
     
    Jinoiy jazolarni liberallashtirish – qonun ustuvorligining muhim sharti.
    4.
     
    Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishidagi 
    ahamiyati. 
    5.
     
    Qonun ustuvorligi inson huquq va erkinliklari kafolati
    Qonun ustuvorligi tushunchasi va uning mohiyati 
     
    Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish – O‘zbekistonning pirovard 
    maqsadidir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek: “Biz 
    shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz... Adolat va haqiqat g‘oyasi 
    83 
    Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. – 38 б. 


    95 
    ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarini qamrab olmog‘i darkor. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik 
    faoliyatimizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘lmog‘i shart”
    84

    Darhaqiqat, adolat tushunchasi bilan qonun ustuvorligi tushunchasi bir-biri bilan chambarchas 
    bog‘liq. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, qabul qilinayotgan qonunlarimiz zamirida adolat yotishi darkor. 
    Adolatga asoslangan qonunlarning hayotga tatbiq etilishi adolatning tantana qilishiga olib keladi.
    Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri - jamiyat a’zolarining qonun oldida 
    tengligining, Konstitutsiya va qonunlarning tengligining ta’minlanganligidir. SHuningdek, Konstitutsiya 
    va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i 
    lozim.
    “Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari 
    muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni 
    qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
    chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning 
    vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi”
    85
    . Huquqiy davlatning muhim belgisi – jamiyat hayotida 
    chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash - har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish 
    yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham juda muhimdir.
    Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15- va 16-
    moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida 
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi.
    Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va 
    qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar” deyilgan.
    Qonun ustuvorligi tushunchasining mohiyati Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning bir qator 
    asarlarida chuqur tahlil qilingan.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MAVZU: QONUN USTUVORLIGI - FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM OMILI

    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish