• To‘rtinchidan
  • Beshinchidan
  • Oltinchidan
  • Ettinchidan
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    Uchinchidan, 
    joriy qonunlar va barcha normativ huquqiy aktlar Konstitutsiyaga tamomila mos va 
    unga muvofiq yaratilishi lozim. Bu esa mamlakatda qonuniylik va huquqiy tartibot, taraqqiyot va 
    barqarorlik hukm surishiga olib keladi.
    Asosiy qonunimizning 16-moddasi ikkinchi bandida “Birorta ham qonun yoki boshqa normativ 
    huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas” deb qat’iy qilib belgilab 
    qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ana shu muhim Konstitutsiyaviy-huquqiy 
    prinsipiga rioya etishni ta’minlashga intilib kelmoqda.
    Konstitutsiyaning ustuvorligini ta’minlash uchun alohida muhofaza mexanizmi bo‘lishini taqozo 
    etadi. Bunday mexanizmning asosiy va markaziy bo‘g‘inini – Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. 
    Konstitutsiyaviy sud o‘z vazifalarini bajarishda mustaqildir va o‘z faoliyatida faqat Konstitutsiya 
    normalari hamda qoidalariga amal qiladi. Uning zimmasiga qonun chiqaruvchi, hukumat va davlat 
    hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni nazorat 
    qilish vazifasi yuklatilgan. Konstitutsiyaga sodiqlik, mustaqillik, oshkoralik va sudyalar huquqlari-ning 
    tengligi Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
    To‘rtinchidan, 
    qonun ustuvorligini ta’minlovchi va mustahkamlovchi vositalardan biri 
    kodekslashtirishdir. Kodekslar huquq tarmog‘ining bosh qonuni sifatida Konstitutsiya prinsiplarini 
    rivojlantirish yo‘lida yaratiladi va ular konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlardan keyingi maqeni 


    98 
    egallaydi. Kodekslar o‘zining mantiqiy mukammalligi, pishiqligi, ichki barqarorligi huquqiy qoidalarga 
    amal qilganligi tufayli kodeks normalari hayotda o‘zining amalini oson topadi.
    Beshinchidan, 
    qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy omillarini quyidagicha e’tirof etish 
    mumkin: 
    a.
    qonun chiqaruvchi jarayonni muttasil demokratlashtirib borish – insonparvar, adolatli xalqchil 
    qonunlar yaratilishining garovidir; 
    b.
    qonunning sifatini mukammallashtirish, uning ichki mexanizmi puxta, yuridik texnika nuqtai 
    nazaridan benuqson bo‘lishiga erishish; 
    c.
    qonunchilikni isloh qilish va takomillashtirishda “qonunda ta’qiqlanmagan hamma narsaga 
    ruxsat beriladi” (fuqarolar uchun). “Faqat qonunda mustahkamlangan narsalargagina ruxsat beriladi” 
    (mansabdor shaxslar va davlat idoralari uchun) degan prinsipga qat’iy amal qilinishiga erishish; 
    d.
    qonunchilik faoliyatining yaqin yillar va istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini hamda qonun 
    ustuvorligini ta’minlash konsepsiyasini yaratish; 
    e.
    qonunlar amal qilishining ijtimoiy mexanizmiga e’tibor qaratish. Bu sohadagi ijtimoiy omillar 
    (ta’sir etuvchi kuchlar, vositalar) ni sinchiklab o‘rganish; 
    f.
    aholining huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish.
    Oltinchidan, 
    qonun osti, idoraviy normativ hujjatlarga havolalar, ya’ni ilovalar (shior va 
    deklaratsiyalar tarzidagi normalar) ko‘p bo‘lishining oldini olish zarur. Bunday ilovalar haddan ziyod 
    ko‘p bo‘lishi keyinchalik amaliyotda qonun chetda qolib, uning o‘rnini idoraviy hujjat egallab olishi bilan 
    qonun ustuvorligiga ziyon etishi xavfini keltirib chiqaradi.
    Ettinchidan,
    qonunlarning barqaror va ustuvor bo‘lishiga erishish. Ularga tez-tez qo‘shimcha va 
    o‘zgartirishlar kiritish, pirovard natijada qonunning ahamiyati va nufuzi tushib ketishiga olib keladi.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish