• OKOZ: 1.
  • Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]




    Download 138 Kb.
    bet1/6
    Sana28.05.2023
    Hajmi138 Kb.
    #66238
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    467 07.06.2019
    2 5465668857110729059, 100 Тест Мед, Mavzu Front Page dasturida ishlash, 2 (Ответ) Модул 4, 12, 6-Ma\'ruza, Kreativ fikrlashga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar., Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati, Tasodifiy hodisalar, ularni baholash usullari., ПРИЗНАКИ И ФУНКЦИИ СЛОВА, Hayitov Islom, Guruhli ko\'p yillik rejalashtirish qanday amalga oshiriladi, elektr zanjirlarning asosiy elementlari elektr sxemalarni kirxgof qonunlari asosida hisoblash va tahlil qilish, mustaqil ishi ish yuritish fanidan sharq hujjatchiligi-1

    
    [OKOZ:
    1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;
    2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
    [TSZ:
    1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
    qarori
    Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
    Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Oliy ta’lim muassasalari reytingini (keyingi o‘rinlarda reyting deb ataladi) aniqlashda quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
    oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi, o‘quv-metodik ishlar, ta’lim sifati, talabalar va bitiruvchilar bilimini tavsiflovchi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish hamda ularni reyting indikatorlariga muvofiq baholash asosida har yili respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini tuzish;
    jahondagi yetakchi reyting tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va milliy oliy ta’lim muassasalarining dunyodagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari reytingiga kirishida amaliy yordam ko‘rsatish;
    reyting natijalari asosida respublika oliy ta’lim muassasalari faoliyati to‘g‘risida tahliliy axborotni tayyorlash va uni oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq takliflar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
    har yili reyting natijalarini keyingi o‘quv yili boshlanishidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish;
    ilg‘or xalqaro tajriba asosida va oliy ta’limni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda reyting tuzilmasiga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
    3. Belgilab qo‘yilsinki:
    tegishli vazirliklar va idoralarning mas’ul tarkibiy bo‘linmalari hamda oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan reytingni aniqlashga doir ma’lumotlar to‘planadi, tahlil qilinadi hamda har yili 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga kiritilayotgan reytingni aniqlashga doir ma’lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma’lumotni kiritayotgan vazirliklar va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalarining birinchi rahbariga shaxsiy javobgarlik yuklatiladi;
    reyting natijalarini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
    [OKOZ:
    1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
    4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2012-yil 29-dekabrdagi 371-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 1-son, 10-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
    6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.

    Download 138 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 138 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

    Download 138 Kb.