Ijtimoiy medialarning asosiy shakllari




Download 43,67 Kb.
bet1/4
Sana13.06.2024
Hajmi43,67 Kb.
#263291
  1   2   3   4
Bog'liq
Medialarning ijtimoiy mazmuni . (1)


Mavzu : Medialarning ijtimoiy mazmuni .
Reja :

  1. O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari
  2. Ijtimoiy medialarning asosiy shakllari.


  3. Ijtimoiy medialarda monetizatsiya muammo va imkoniyatlari .




O‘zbekistonda ijtimoiy medianing rivojlanish tendensiyalari.


Bugungi zamon shiddati hayotimizni Internet yoki ijtimoiy tarmoqlarsiz aslo tasavvur etib bo‘lmasligini namoyon etmoqda. Aksariyat odamlarning faoliyati Internet va ijtimoiy media orqali dunyoda sodir bo‘layotgan kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish, ularni bir-biriga uzatish bilan bog‘liq.
Mamlakatimiz va dunyo miqyosidagi o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ijtimoiy mediada aks etib boryapti. Bu yangiliklardan xabardor bo‘lishda esa Internet tizimi, mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi. Bundan tashqari, biror voqea-hodisaga munosabat bildirish, o‘z fikrini bayon etish yoki o‘zaro muloqot qilishda ijtimoiy media juda qulay vositaga aylandi. Web-canape.ru ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kompyuter va mobil qurilmalar orqali odamlar kun davomida o‘rtacha 2,2 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga sarflashar ekan[1]. O‘z navbatida, ro‘yxatdan o‘tgan ijtimoiy media foydalanuvchilari soni esa 4,6 milliardga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,4 millionga yoki 44 foizga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.
Asosiy qism. Ijtimoiy media haqida hozirga qadar turli soha tadqiqotchilari tomonidan turlicha ta’riflar ilgari suriladi. Hozirda ijtimoiy media bo‘yicha eng keng tarqalgan ikkita yondashuv mavjud. Xususan, ijtimoiy media texnologiya va turli xildagi Internet saytlari ekanligi haqidagi qarashlar. Jumladan, dastlabki qarash vakillaridan biri Pol Gillin “Yangi ta’sir etuvchi agentlar” kitobida ijtimoiy media – bu foydalanuvchilarning bir-birlari bilan muloqot qilishlari va o‘zaro hamkorliklari uchun imkon beradigan turli xil onlayn texnologiyalarni birlashtiradigan ko‘p ma’noli atama ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Uning fikricha, ijtimoiy medianing asosiy xarakterli xususiyati ularning foydalanuvchilari hisoblanadi[2].
Amerikalik olim S.Kardon ijtimoiy mediaga shunday ta’rif beradi: “ijtimoiy” so‘zi kommunikatsiya yoki muloqot bo‘lsa, “media” so‘zi “axborotni uzatish vositasidir”[3]. Ayrim tadqiqotchilar esa Web 2.0 manbalarini “jamiyat ijtimoiy tuzilmasining bir qismi hamda axborot texnologiyalari rivojlanishining natijasi sifatida” baholaydilar[4].
S.Bobrovskiy ijtimoiy mediani alohida shaxslarning yoki tashkilotlar tuzgan Internet muhitining ijtimoiy tuzilmasi hamda ular o‘rtasida o‘rnatilgan maqsadli o‘zaro aloqalar (siyosiy, korporativ, xizmatga oid, oilaviy, do‘stona va boshqa)ni bildirishini ta’kidlaydi[5].
Amerikadagi ilmiy maktab vakillari esa ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy medianing sinonimi emas, balki uning asosiy turkumlaridan biri deb hisoblashadi. Xususan, Lon Safko va Devid Breyklarning qarashlariga ko‘ra, ko‘pchilik ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoqlar shartlarini chalkashtirib yuborishadi va ularni bir-birining o‘rnida ishlatiladi. Zero, ijtimoiy tarmoqlar ijtimoiy medianing kategoriyalaridan biridir[6]. Yana bir AQShlik tadqiqotchi Lon Koen ham ijtimoiy media va ijtimoiy tarmoqlar o‘rtasidagi farq mavjudligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ijtimoiy mediani strategik, ijtimoiy tarmoqlarni esa boshqa shaxslar bilan bog‘lanishda vosita va yordamchi dastur sifatida ko‘rish mumkin. Ularning farqi ma’nosida emas, balki funksiyalaridadir. U ijtimoiy tarmoqlarga ijtimoiy medianing tarkibidagi dastlabki hodisalardan biri sifatida qaraydi[7].
Lon Safko va Deyvid Brakelar ijtimoiy mediani bir qancha toifalarga ajratib chiqishgan. Xususan, qisman media vazifasini bajaruvchi haqiqiy ijtimoiy tarmoqlar (masalan, Faсebook va “ВКoнтaкте”) hamda mazmuni to‘liq yoki qisman foydalanuvchilar tomonidan yaratiladigan Web 2.0. ning Internet tarmoq nashrlari (Medium, Look At Me), mikro (Twitter, Weibo) va makrobloglar (Live Journal, WordPress), fotoxostinglar (Fliskr, Picasa), audio va videoxostinglar (YouTube, Spotify, Soundcloud) va layfkastlar. Umuman olganda, ular ijtimoiy mediani konsepsiya, kontent va ijtimoiy o‘zaro ta’sir kabi tarkibiy qismlardan iboratligi haqidagi qarashlarini ilgari suradilar[8].
Agar amerikalik ilmiy maktab vakillari ijtimoiy tarmoqlarni ijtimoiy medianing bir toifasi ekanini davo qilishsa, rossiyalik tadqiqotchilar boshqa nazariyani ilgari surishadi. Ularning fikricha, Internetdagi har qanday ijtimoiy tarmoq o‘zaro qiziqish yoki o‘xshash faoliyatga ega shaxslardan jamoalarni shakllantirishga qaratilganini inobatga olib, aynan ijtimoiy tarmoqlarni ijtimoiy medianing asosi sifatida tavsiflashadi.
Rossiyalik olimlardan I.A.Bikov va O.G.Filatovalarning fikriga ko‘ra, “ijtimoiy media – bu har bir shaxs ham, o‘quvchi ham muallif sifatida ishtirok eta oladigan OAVning onlayn ko‘rinishidir”. Buning uchun kodlashtirish sohasida maxsus bilimga ega bo‘lmagan har qanday kishi ma’lumot yuborishi, izoh qoldirishi, ko‘chirishi, ma’lumotni tahrirlashi va guruhlarni yaratishga imkon beruvchi dasturiy ta’minotdan foydalanishi mumkin[9].
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning uslubiy asosi ma’lum bir vaziyatni tavsiflovchi turli xarakterdagi omillar va holatlar to‘plamini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olgan vaziyatli yondashuvdir. Tadqiqot ishi ommaviy kommunikatsiyalar, ijtimoiy so‘rov, tarixiy, matematik, ijtimoiy-nazariy yondashuvlar natijasida ishlab chiqilgan tushunchaviy konstruksiyalarga asoslanadi. Ijtimoiy media, uning dinamikasi va holatlarini o‘rganishda qiyosiy, ijtimoiy-texnikaviy tahlillarning kombinatsiyasiga tayanildi. Qiyosiy-tarixiy metod ijtimoiy medianing O‘zbekistonga kirib kelishi va qo‘llanishidagi o‘zgarishlar, yangiliklarni kuzatish imkonini beradi. Ijtimoiy-texnikaviy tahlil ijtimoiy medianing texnik tavsiflari, uning turli ijtimoiy guruhlarga ta’sirining mohiyatini baholashga ko‘maklashadi. Shuningdek, mavzuga doir turli ilmiy manbalardagi ijtimoiy so‘rov metodlarining natijalari ham tadqiqot ishida qo‘llandi. Bundan tashqari, tadqiqot ishida tushunchalarni aniqlashtirish, tarixiy-hodisaviy (narrative), tipologik va umumlashtirish kabi umumiy ilmiy metodlardan ham keng foydalanilgan.

Download 43,67 Kb.
  1   2   3   4




Download 43,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy medialarning asosiy shakllari

Download 43,67 Kb.