|
Shaxsiy tarbiya, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi
|
bet | 2/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 355,46 Kb. | | #250803 |
Bog'liq IJTIMOIY TARMOQLARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA RIVOJLANISHI3. Shaxsiy tarbiya, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi
Ijtimoiy tarmoqlarning eng maqtovli, ahamiyatli jihatlaridan biri — ilm olish, kasb-hunar oʻrganishdagi beqiyos yordamidir. Kundalik turmushda duch kelinadigan turli yumushlarni bajarishni ham internet, xususan ijtimoiy tarmoqlar yordamida oson oʻzlashtirish mumkin. Oddiy misol, ayollar bichish-tikish yoki pazandalik sirlarini Youtube tarmogʻidagi kanallardan bemalol oʻzlashtira oladi.
Zamonaviy matematika, dasturlash, iqtisodiyot asoslari, psixologiya, chet tillar kabi bugunning eng dolzarb, talab yuqori boʻlgan fan yoʻnalishlari boʻyicha ham istalgancha videodarslar, qoʻllanmalar topish mumkin. Virtual auditoriya uchun tashkil etiladigan onlayn darslarda qatnashsa boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, ijtimoiy tarmoqlar arzon va bepul taʼlim olish uchun imkoniyat eshiklarini juda keng ochgan.
Bu nafaqat ilm olish, balki ilm tarqatishda ham qoʻl keladi. Turli soha mutaxassislari oʻz pedagogik mahoratlarini namoyish etishi, virtual oʻquvchilar yigʻishi mumkin. Ular kun kelib bu mutaxassisning hayotdagi real talabalariga aylanishi ehtimoli ham yuqori. Bundan tashqari, obunachilari koʻp va videolari namoyishi yuqori kanal egalari reklama orqali qoʻshimcha daromadga ega boʻla oladi. Jahonda ayni shu yoʻnalishda millionerga aylangan bloger va vlogerlar juda koʻp.
Bugun juda koʻp savdo, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanyapti. Elektron tijorat rivojlangan dunyoda keng tarqalgan.
Bugun birgina telegram orqali ishbilarmonlik faoliyatini misli koʻrilmagan darajada yuksaltirib yuborayotganlar talaygina.
Baʼzi ijtimoiy tarmoqlarda esa reklamani tanlangan yoki kerakli auditoriyaga yetkazish imkoni bor. Buni foydalanuvchining qiziqishlarini hisobga olib tarmoqning oʻzi algoritmlar asosida bajarishi mumkin.
5. Turli ijtimoiy aksiyalar va yordamlar
Ijtimoiy tarmoqlarda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolganlar, yetim-yesirlar, nogironlar, bir soʻz bilan aytganda moddiy-maʼnaviy himoyaga muhtoj qatlamga yordamlar uyushtirish mumkin. Bu ayniqsa soʻnggi yillarda tobora keng quloch yoyyapti. Mana shunday koʻmaklar koʻplab kishilarning dardiga malham boʻlayotgani haqida ommaviy axborot vositalari tez-tez xabar berib turibdi.
Yordam aksiyalaridan muhtojlarning oʻzigina foyda topmaydi. Balki xayr-ehson qilgan, birovga yordam qoʻlini choʻzgan kishi ham maʼnaviy-ruhiy poklanadi, hayotga muhabbati, gʻayrat-shijoati ortadi.
Qalam ahlini ijodi tanitadi. Baʼzida boshlovchilar, hatto tajribali jurnalistlar uchun ham bosma yoki elektron nashrlardan “joy tegmay qolishi” mumkin. Chunki har bir nashr oʻz talabiga, qiziqishiga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar esa jurnalist va blogerlar uchun katta maydon ochib beradi. Har kim oʻz imkoni va iqtidoriga, harakati va hafsalasiga qarab obunachi yigʻishi mumkin. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar tezkorligi bilan ham ustun. Ayni damdagi voqea-hodisa haqida oʻsha zahoti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri xabar berish mumkin. Ularni yuritish uchun juda katta texnik malaka ham talab etilmaydi.
Bu imkoniyat nafaqat ijodkorlar, balki boshqa soha vakillari uchun ham. Hozir ijtimoiy tarmoqlarda bir necha oʻn minglab obunachilariga ega huquqshunoslar, shifokorlar, ilm ahli, oshpazlar va boshqalarning kanallari faoliyat yuritadi. Bu oʻz-oʻzini namoyon etish, tanilish va muvaffaqiyat qozonish uchun qulay yoʻldir.
Bundan tashqari, fikrlarini yozma ifoda etib borish kishining aqliy salohiyati oʻsishiga ham turtki beradi.
Ijtimoiy media platformalari bizning bir-biriga bog'langan dunyomizning yurak urishiga aylandi. Turli xil kelib chiqishi va yosh guruhlarini qamrab olgan milliardlab odamlar ushbu platformalarni hayotlarining ajralmas qismi sifatida qabul qilishdi. Quyida o'rtacha odam va ularning ijtimoiy tarmoqlardan har kuni foydalanishi bo'yicha 2023 yilgi yangilangan statistik ma'lumotlar keltirilgan:
|
| |