• 1. Izlash va muloqotdagi qulaylik
  • 2. Axborot topish va almashishdagi yengillik
  • Ijtimoiy tarmoqlarning iqtisodiyotdagi roli va rivojlanishi




    Download 355,46 Kb.
    bet1/6
    Sana23.05.2024
    Hajmi355,46 Kb.
    #250803
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    IJTIMOIY TARMOQLARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA RIVOJLANISHI




    IJTIMOIY TARMOQLARNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA RIVOJLANISHI


    Reja:

    1. Ijtimoiy tarmoqlarning mohiyati va tasnifi

    2. Ijtimoiy tarmoqlarning jamiyatda tutgan roli va ahamiyati

    3. Ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi




    Bugungi kunda insoniyatning asosiy yutuqlaridan biri bu XX - asrning 60 – yillarida o‟rgimchak to‟ri - internetning kashf qilinganidir. Shuning uchun XX – asrning so‟ngi va XXI – asrni hech mubolag‟asiz internet, nanotexnologiyalar va axborot asri deyish mumkin, bu esa o`z navbatida insoniyat uchun juda katta imkoniyat va qulayliklar eshigini ochdi. Globallashuv jarayonlarining tezlashib ketishi ham internetning va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o`rni katta hisoblanadi. Internet tarmoqlari, har xil turdagi ijtimoiy global tarmoqlar, internet provayderlari, suhbatlashishga mo„ljallangan chatlar insonlar ongi- tafakkurini kishanlab olib virtual olamga qaramligini oshirib bormoqda. Shu bilan birgalikda inson ma‟naviy qiyofasining ijobiydan ko‟ra ko‟piroq salbiy tamonga o‟zgarishiga ham olib kelmoqda. Yangi asrga qadam qo„yar ekanmiz, axbotot va internet asrning chorak davrida yuz bergan holatlar dunyo hali ham ko„p jihatdan notinch ekanligini ko„rsatib bermoqda. Shuni ta‟kidlash joizki, inson ma‟naviy qiyofasi va tarbiyasini buzib yuboradigan tahdid va hatarlar, virtual manqurtlik, axborot va internet tarmog„idagi axborot urushi, axborot urushi, dezinformasiya, kiberterrorchilik, demografik inqiroz, ludomaniya, seduksiya, dunyo axborot urushi, fleshmob, stokgol'm sindromi, onlayn hayot vakillari, etnosentrizm, yumshoq kuch, “ommaviy madaniyat”, psixologik urush, g„arbona turmush tarzini tiqishtirish, demokratiya eksporti, ma'naviy qashshoqlashuv, virtual jinoyatchilik, vertual ta'qib, mediavirus terrorizm, ekstermizm, qashshoqlik, ocharchilik, qurg„oqchilik, resurslar taqchilligi, ommaviy epidemiyalar, diniy aqidaparastlik va ekologik muammolar, sohta demokratik va bularning son-sanoqini oxiriga yetib bo‟lmaydi.
    Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, - “Ammo farzandlarimizning ongi, dunyoqarashi asrlar davomida sinovdan o„tgan, yuksak ma'naviyat manbai bo„lgan jahon va milliy adabiyotimiz asosida yemas, balki biz uchun yot bo„lgan g„oyalarni yoshlarimiz ongigi singdirayotgan zararli axborotlar asosida shakllanishiga men mutlaqo qarshiman”.21



    21 Shavkat Mirziyoev. Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan uchrashuvdagi nutq. Simpoziumlar saroyi. 2016-yil 24-noyabr.
    “Internet turli-tuman masalalar va sohalar bo`yicha ma‟lumotlarni qamrab oladigan, uzoq masofalardan turib aloqani amalga oshirish, elektron tijorat, masofaviy ta‟lim, audeo, video, tele. Tasvir ayirboshlash va umuman, ko`pdan- ko`p yangilik va ma‟lumotlarni jamlaydigan elektron axborot vositasi va dasturlarni anglatuvchi tushuncha”22. Internet orqali ijtimoiy tarmoqlar ham vujudga kelib, ommalshib ketdi bu esa o`z navbatida bugungi kunda insoniyatga juda katta qulayliklarni yaratib berdi. Jumladan axborot olish, axborot berish va axborot saqlash imkoniyatini berdi.
    Hozirgi kunga kelib dunyo aholisining 60% ga yaqini internetdan foydalanadi. Bu axborot dunyosini tubdan o`zgartirib yubordi, mintaqalar, mamlakatlar, xalqlar va avlodlar o„rtasidagi chegaralarni yo„q qildi va u shaxs ma‟naviy hayotida juda katta ahamiyat kasb etadigan jarayon sifatida namoyon bo„lib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar, virtual olam tushunchasi bilan bevosita bog`liq hisoblanadi. Virtual olam ijtimoiy tarmoqlar rivojiga ulkan hissa qo`shdi desak adashmagan bo`lamiz. Virtual olamning umume'tirof etilgan ta'rifi mavjud emas, ammo ular dunyoni talab qiladi doimiy; boshqacha qilib aytganda, foydalanuvchi dunyodan chiqqandan keyin ham dunyo o'z hayotini davom ettirishi kerak va foydalanuvchilar tomonidan dunyo tomonidan amalga oshirilgan o'zgarishlar saqlanib qolishi kerak.23
    Ilk bor XX asrning o`rtalariga kelib virtual borliq degan tushuncha paydo bo`ldi. Bu atamani 1970 yillarda Massachuset texnalogiya institutida Jeron Lenger tomonida o`ylab topiladi. Bu o`z navbatida ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishiga xizmat qildi.
    “Ijtimoiy tarmoq tarkibi ishtirokchilari tomonidan yaratiladigan ko`p foydalanuvchi interaktiv veb-sayt. Ijtimoiy tarmoqning maqsadi internetda o`xshash qiziqishlar va/yoki faoliyatga ega shaxslar bilan hamjamiyatlar qurishdan iborat. O„zaro aloqa ichki pochta yoki oniy xabar almashish tizimi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiq yoki yopiq bo„lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq xususiyatlarining biri – “do„stlar” va “guruhlar” tizimi”.24
    Ijtimoiy tarmoqlarning mohiyati shundan iboratki, insoniyat uzoq tarix mobaynida bir-birilariga xabar qoldirishning turli xil yo`llarini o`ylab chiqishga harakat qilishgan. Bunda qadimgi toshlardagi yozuvlardan tortib, elchilarga qadar bo`lgan jarayonlarni ham misol keltirib o`tish mumkin. Bunday xabar almashish juda ko`p vaqtni, oylar ba‟zida esa yillar talab qilgan.



    22 O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. Ma‟naviyat asosiy tushunchalar izohli lug`ati. G`afur g`ulom nashriyot- matbaa ijodiy uyi Toshkent-2009. 215 b.
    23 "Virtual Worlds Review definition". Virtualworldsreview.com. 1999-02-22.
    24 Axborot komunikatsiya texnalogiyalari izohli lug`ati. Toshkent -2010, 82b.
    Insoniyat aql va tafakkuri rivojlangani sari xabar almashishning qisqa va tez yo`llarini qidira boshladi. Dastavval insoniyat pochta xizmati, telegraf keyinchalik telefon xizmatlarini ixtiro qildi. Bugungi kunga kelib, insoniyat turli internet saytlari yoki turli ijtomoiy tarmoqlardan axborot almashish imkoniyati yaratdi.
    1969- yilda AQSh harbiy deportamenti o`zining ilk “Arpanet” nomli tarmoqni ishga tushirdi. Bu dastur ilk ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. 1988-yil Yako Oikalenen “internet relay chat” chat nomli saytni ixtiro qiladi. Bu ijtimoiy tarmoq avvalo harbiy maqsadlarda foydalaniladi, keyinchalik ushbu tarmoqdan internetga kirgan barcha bir-birlari bilan axborot almashish imkoniyati paydo bo`ldi.
    1995-yilga kelib amerikalik dasturchi Randy Conrads classmates.com sayti ishga tushirib, bu sayt orqli istalagan inson ro`yxatdan o`tish mumkin bo`ldi. Bu sayt juda tez ommolashib ketdi.
    Ijtimoiy tarmoqlar ma'lum bir ehtiyojlar va talablarga ega foydalanuvchilarga, qanday ma'lumot olishlari mumkin bo'lsa, xuddi shu o'quv materiallariga uydan yoki o`ziga qulay bo`lgan joydan kirish va ulardan foydalanish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarga tegishli ma'lumotlar va ehtiyojlaridan kelib chiqib, o'zlarini axborot almashish imkonini beradi. Uyda yoki o'z ish joyida ijtimoiy tarmoq orqali taqdimotda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lish, foydalanuvchilarga yanada qulay sharoit yaratib beradi. Insonlar bir biri bilan muloqot qilish va o'zaro aloqada bo'lishning muqobil usuli sifatida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilsa-da, ayrim jarayonlargda turli xil xususiyatlarini va boshqa yuzma-yuz kelganda yuz beradigan boshqa shaxsiy jihatlarni yo'qotish kabi jihatlari paydo bo'lishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarning tezda ommaviylashib ketishiga sabab bo„lgan qator omillar bor. Ularning birinchisi yolg„izlik bilan bog„liqligini qayd qilib o`tish zarur. Ikkinchi muhim omil shundan iboratki, ijtimoiy tarmoqlar kishilarning asosiy ehtiyojlaridan biri – o„ziga o„xshaganlarni topish zaruriyatiga xizmat qiladi. Uchinchi omil ularga ulanish va foydalanish uchun maxsus tayyorgarlikning talab etilmasligi bilan bog„liq. Unga ulangan kishi registratsiyadan o„tadi va sodda anketa savollariga javob beradi. Shundan so„ng u o„z qiziqishlariga mos bo„lgan guruhlarni izlay boshlaydi. Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat manfaatlari o„xshash bo„lgan kishilarni, balki sinfdoshlar, tanishlar, hammaslaklarni ham izlab topish imkonini beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar turli qo„shiqlar, videomahsulotlar, fotosuratlar va shu kabilarni yuklab olishda qo„l keladi. Ayrim foydalanuvchilar o„z hayotlarining e‟tiborlari voqealarini ham ijtimoiy tarmoqlarda qayd qilib boradilar.
    XX asrning 70 yillariga kelib ijtimoiy tarmoqlarga oid tadqiqotlar hozirgi zamon tahliliga ilmiy asos bo`lib xizmat qildi. Shu sohada ish olib borgan olimlarning fikriga ko`ra quyidagi yondoshuvlarni sanab o`tish mumkin. Bular:

    1. Tizimli yondoshuv asosan ijtimoiy tarmoqning geometrik shakliga e‟tibor qaratiladi.

    2. Resursli yodoshuv, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari imkoniyatlari ularning ularning resurslariga qarab tasniflanadi. Individual resurslar sifatida bilimlar, boylik, nufuz, obro`-e‟tibor va boshqalar misol bo`ladi.

    3. Normativ yondoshuv, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`rtasidagi ishonch darajasi, xulq-atvor va o`zaro hamkorligiga ta‟sir qiladigan norma, qoida va sanksiyalar o`rganiladi.

    4. Dinamik yondoshuv, vaqt o`tishi davomida ijtimoiy tarmoqlardagi o`zgarishlarga ahamiyat beriladi.

    Ijtimoiy tarmoqlarning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat.

    1. Axborot berish funksiyasi. Ijtimoiy tarmoqlar asosan axborot berish vazifasini bajaradi. Ijtimoiy tarmoqlar eng avvalo turli xil matn, video, rasm yoki turli xil belgilar va boshqalar orqali axborot berishdan iborat. Bunda asosan axborotlarni ijtimoiy tarmoqlar samarali, tez va qulay berish imkonini beradi.

    2. Axborot olish funksiyasi. Axborot olish funksiyasida har bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`zlariga xos va mos bo`lgan axborotlarni olish imkoniyatiga ega bo`ladi, ya‟ni bunda ijtimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchida axborot olish erkinligi hamda tanlash imkponiyatini beradi. Masalan, instagram, facebook, telegram, watsab yoki odnoklasniki kabi ijtimoiy tarmoqlardan axborot olishni nazarda tutadi.

    3. Muloqotga kirishish funksiyasi. Ijtimoy tarmoq foydalanuvchilar xohlagan guruhlar, do`stlar yoki kishilar bilan individual onlayn muloqotga kirishish imkonini beradi. Muloqotga kirishish jarayonida masofa yoki joy muhim emasligi bilan ham farqlanib turadi. Ular o`zlariga qulay bo`lgan joyadan turib muloqotga kirishishlari mumkin bo`ladi.

    4. Ijtimoiy fikrni shakllantirish funksiyasi. Ijtimoy tarmoqlar har xil turdagi ijtimoiy fikrlarni mustaqil berish imkonini beradi va unga foydalanuvchi deyarli hech qanday e‟tirozlarsiz o`z fikrini ifoda etish mumkin bo`ladi. Bunda turli xil mavzular doirasida guruhlarda yoki individual tarzda fikrlarini boyon qilishi yoki bildirishi mumkin.

    5. Raqamli marketing va reklama qilish funksiyasi. Bugungi globallashuv jarayonida barcha sohalar asta sekinlik bilan raqamlashib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlar tufayli marketing va reklama dunyosi odamlar uchun qulayligi sababli rivojlana oldi. Ba‟zi bir ijtimoiy tarmolar do`konlar va reklama uchun do`stona platformaga aylandi. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bo`lish har qanday brend uchun mutlaqo zarur ahamiyat kasb etadi. Raqamli patformalardan foydalanish uchun har kuni ijtimoiy tarmoq platformasidan foydalanish samarali bo`lib bormoqda.

    Globallashuv davrida axborotga bo„lgan talab har qachongidan kuchayib borar ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning ushbu mahsulotga bo„lgan ehtiyojini qondirishni bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ayrim nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan dunyoning ko„plab mamlakatlarida turli vayronkor g„oyalarni o„zida aks ettirgan “o„yinlar” ham moliyalashtirilmoqda. Ular shu yo„l orqali hozircha hech kim e'tibor bermayotgan “ong va beixtiyorlik” nisbatlari to„g„risida, inson psixikasidagi tushunarsiz holatlarni o„z foydalariga og„dirishga urinishayotganini ko„plab davlatlarning xavfsizlik xizmatlari qayd etishmoqda. Natijada hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma'lumotiga ko„ra, axborot mahsulotiga sarflangan mablag„ yoqilg„i-energetika sarflanganidan ko„ra bir necha barobar ko„p foyda beradi.25
    “Mamlakatimizda jami 24,1 mln. nafar internet foydalanuvchilari mavjud. Ushbu raqamlar yiliga o`rtacha 1,4 %ga o`smoqda. Bundan tashqari aholining 28,5
    % qismi 18-35 yosh oralog`ida bo`lib, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan messenjerlardan faol foydalaniishadi”26. Bundan ko`rinib turibdiki bugun butun dunyo o`zining milliy brendlarini yaratmoqda. Yoshlarning ma‟naviy–ma‟rifiy bilimlarini yanda yuksaltirish va mavjud bilimlarini takommillashtirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni tobora ko`payib bormoqda. Bu esa o`zmizning milliy ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarimizni brendini yaratish zaruriyatini paydo qiladi. “Axborot texnologiyalari sohasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi Janubiy Koreyada 9 foiz, Yaponiyada 5,5 foiz, Xitoy va Hindistonda 4,7 foiz, O„zbekistonda atigi 2,2 foizni tashkil etadi. Buni axborot- kommunikatsiya rivojlanish indeksi reytingidagi 176 mamlakat orasida O„zbekiston 95-o„rinda ekani ham isbotlab turibdi”.27 Bundan ko`rinib turibdiki qiladigan ishlar ancha ekanligidan dalolat beradi.
    Rus faylasufi G.Pomeransning fikriga qo„shilgan holda aytish mumkinki, endilikda ko„pchilik ijtimoiy tarmoqlar, internet va televideniyaga “videonarkotik sifatida bog„lanib qolmoqda va o„zi sezmagan holda unga tobe bo„lib qolmoqda.



    25 Axmedov T. Vertual jang, unga qanday tayyorgarlik ko„rmoqda? “Jamiyat” gazetasi. 2010 yil 5 noyabr.
    26 mininnovation.uz
    27 https://uza.uz/posts
    Endi tashqaridan qaraganda erkin ko„ringani bilan bunday kishilarni xoxlagan kuyga solib o„ynatish mumkin.28 Insonlarning ma‟naviy qiyofasini izdan chiqarishga qaratilgan ijtimoiy tarmoq, internet materiallariga nisbatan insonlarda immunitetni hosil qilish unga qarshi kurashishda ko‟ra onsonroq jarayon hisoblanadi.
    Globallashuv jarayonlarida fan texnika yutuqlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda ulardan faqat g`arazli niyatda ham foydalanuvchilari ham ko`payib borayotganligi ayniqsa achinarli holat hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlardan noto`g`ri foydalanish oqibatida, Axloqsizlik, fahsh, buzuqlikni targ„ib qiluvchi saytlar va ularning sahifalari keng yoyilishi. Yolg„on, mish-mish, buzg„unchi g„oyalar, soxtalashtirish, uydirmalar, tarafkashlikning yoyilishi. Ayrim foydalanuvchilar o„z sahifalariga soxta rasmlar qo„yib olishi, ma‟lumotlarni soxtalashtirishi, asosi yo„q, yolg„on xabarlarni tarqatishi, bir guruhdagi kishilar o„zlariga teskari fikr bildirgan tarafga nisbatan murosasiz munosabatda bo„lishlari, faqat o„zlarining fikrlarini haq deb, boshqalarning fikrini mensimasliklari bunga misol bo„ladi. Bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari aksariyatida maqtanchoqlik, barchaning e‟tiborida, diqqat markazida bo„lish xohishi kuchayib, borishi natijasida o`zidan boshqa hech kimni tan olmaslik, o`zini hammadan ustun ko`rish va boshqa bir qancha salbiy oqibatlarni keltirib chiqrishi bilan ham salbiy tomonlarini ham kuzatish mumkin. Turli terroristik oqimlarning g`oyalari va mafkuralarini yoshlar ongiga singdirishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilib kelinmoqda. Bunday oqimlar eng avvalo dunyoqarshi tor va ma‟naviyati qashshoq kishilarni o`z domiga tortib bormoqda.

    Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Kattayu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnolgiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi, xolos.


    Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga — meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz.


    1. Izlash va muloqotdagi qulaylik


    Ijtimoiy tarmoqlarda video, audio, surat, biror-bir shaxs yoki maslakdoshlarni topish juda oson. Bunday saytlarda foydalanuvchilar roʻyxatdan oʻtish chogʻi koʻpincha ismi sharifi, tugʻilgan vaqti, yashash manzili, oʻqigan, ishlagan joylari va ayni damdagi faoliyati haqida maʼlumotlar kiritadi. Bu maʼlumotlar aloqalari uzilgan sinfdoshlar, kursdoshlar va tanish-bilishlar bir-birlarini topishlariga yordam beradi.
    Yaqinlar bilan bogʻlanish oson va qulay. Juda koʻp ijtimoiy tarmoqlar va ularning mobil ilovalari orqali yozma, tovushli va tasvirli shaklda muloqot qilish mumkin. Bundan tashqari, aloqa xizmatlari juda arzon. Dunyoning narigi chekkasi bilan yoki qoʻshni shahar-qishloqlar bilan bogʻlanish bir xil — choʻntakbop narxda. Bunday qulaylik oddiy aloqa vositalarida yoʻq.


    2. Axborot topish va almashishdagi yengillik


    Ijtimoiy tarmoqlarda biror mavzudagi axborotni yengillik bilan topish mumkin. Deylik, salomatlik sohasiga qiziqqan kishi ayni shu yoʻnalishdagi kanal va guruhlarga aʼzo boʻlishi mumkin. Turli sohalarda maslahatlar olish, kerakli bilim va tasavvurlar hosil qilish imkoniga ega.
    Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa messenjerlar axborot almashishda juda katta qulayliklar berdi. Turli shakldagi axborotlarni uzatishni keskin osonlashtirib yubordi. Yuborilgan maʼlumotlar messenjerlarning oʻzida saqlanishi sababli interneti bor istalgan joyda ulardan foydalanish mumkin, hatto oʻz qurilmangidan oʻchirib yuborgan boʻlsangiz ham.
    Bugun ilgʻor oʻqituvchilar ijtimoiy tarmoqlarning ana shu xususiyatidan ustalik bilan foydalanishyapti.

    Download 355,46 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 355,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiy tarmoqlarning iqtisodiyotdagi roli va rivojlanishi

    Download 355,46 Kb.