|
T/r
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi
|
bet | 5/14 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 136,31 Kb. | | #145732 |
Bog'liq Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari -fayllar.orgT/r
|
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi
|
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich
| |
Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda
| |
Toshkent
shahri
|
Nukus shahri va viloyat markazi boʻlgan shaharlar
|
boshqa aholi punktlari
| |
1.
|
Binolar:
|
|
turar joy
|
umumiy maydonning 1 kv.metri uchun
|
17 000
|
10 500
|
4 500
|
noturar joy
|
35 000
|
20 500
|
8 300
|
2.
|
Avtomobil transporti:
|
|
yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi)
|
1 ta avtotransport vositasi uchun
|
695 000
|
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
|
1 375 000
|
2023 yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining quyidagi eng kam stavkalari belgilandi:
2.1 – jadval.
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2023-2024-yillarga budjet mo‘ljallari.
2.2 – jadval.
|
mlrd so‘m
|
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
2022-yil uchun prognoz
|
Budjet mo‘ljallari
|
2023-yil
|
2024-yil
|
I.
|
Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari
|
254 582,5
|
276 673,9
|
316 482,5
|
1.
|
Davlat budjeti daromadlari *
|
199 500,0
|
214 529,2
|
249 319,1
|
2.
|
Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari*
|
31 935,9
|
35 160,2
|
38 318,4
|
3.
|
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tushumlar
|
8 495,3
|
11 312,4
|
12 389,3
|
4.
|
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalariga tushumlar
|
14 651,4
|
15 672,1
|
16 455,7
|
II.
|
Konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari
|
280 128,7
|
304 584,4
|
347 228,6
|
1.
|
Davlat budjeti xarajatlari *
|
188 911,5
|
202 669,0
|
238 545,1
|
2.
|
Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari
|
58 179,0
|
62 782,7
|
67 678,6
|
3.
|
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi
|
7 727,1
|
10 112,4
|
11 117,3
|
4.
|
Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining sarflanishi
|
14 614,5
|
15 564,4
|
16 270,0
|
5.
|
Tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga xarajatlar
|
10 696,5
|
13 455,8
|
13 617,6
|
III.
|
Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlar
|
25 900,1
|
28 244,4
|
30 356,6
|
IV.
|
Konsolidatsiyalashgan budjet saldosi
(profitsit +, defitsit —)
|
-25 546,1
|
-27 910,5
|
-30 746,2
|
V.
|
Davlat byu�jeti va davlat maqsadli jamg‘armalari saldosi
(profitsit +, defitsit — )
|
-15 654,7
|
-15 762,3
|
-18 586,2
|
VI.
|
Davlat qarzlarini so‘ndirish
|
10 172,3
|
11 394,3
|
15 098,9
|
* Budjetlararo transfertlar hisobga olmagan holda
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va 2023-2024-yillarga maqsadli mo‘ljallar.
2.3 – jadval.
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
2022-yil uchun prognoz
|
Maqsadli mo‘ljallar
|
2023-yil
|
2024-yil
|
1.
|
Yalpi ichki mahsulot, mlrd so‘m
|
839 989
|
972 701
|
1 126 753
|
2.
|
Yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, foizda
|
6,0
|
6,2
|
6,6
|
3.
|
Iste’mol narxlari indeksi, o‘tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda
|
9,0
|
5,0
|
5,0
|
4.
|
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati, foizda
|
7,0
|
8,0
|
9,6
|
5.
|
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklarida ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati, foizda
|
3,3
|
3,5
|
3,6
|
6.
|
Chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’ati, foizda
|
9,3
|
9,8
|
10,7
|
2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari prognozi.
2.4 – jadval.
|
|
mlrd so‘m
|
T/r
|
Ko‘rsatkichlar
|
Summa
|
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti daromadlari
|
162 587,0
|
1.
|
Bevosita soliqlar
|
44 342,0
|
1.1.
|
Foyda solig‘i
|
35 448,6
|
|
shundan, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha
|
22 886,2
|
1.2.
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
|
8 893,4
|
2.
|
Bilvosita soliqlar
|
69 814,4
|
2.1.
|
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
|
53 300,0
|
2.2.
|
Aksiz solig‘i
|
11 687,8
|
2.3.
|
Bojxona boji
|
4 826,6
|
3.
|
Resurs to‘lovlari
|
13 760,3
|
3.1.
|
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
|
13 760,3
|
4.
|
Dividendlar (dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘ini hisobga olmagan holda)
|
30 222,3
|
|
shundan, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatlari bo‘yicha
|
27 031,9
|
5.
|
Boshqa daromadlar va soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar
|
4 448,0
|
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin: mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi ko’ri-nishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat pul fond-larini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui davlat
byudjeti deyiladi.
Davlat byudjetiga uning faqat amaliy ahamiyatini tavsiflovchi quyidagicha ta’rif berish ham mumkin: “O‘zbe-kiston Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byud-jeti) – davlatning davlat vazifalari va funksiyala-rini moliyaviy jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bo’lin-malari bilan o’zaro aloqalari muhim rol o’ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va bosh-qalar) va moliya tizimining bo’linmalari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik davlat byudjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va o’rnidan
kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taq-simlash mexanizmi sifatida foydalanadi, u ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi nisbat (proportsiya)larni tartibga solishga yordam beradi.
2.2. Soliqlar va soliq tizimi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq-lar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va qaytarilmaydigan tarzda o’tkazuvchi to’lovlar soliqlar deyiladi. Ular mamlakat milliy daromadining bir qismi bo’lib, davlat byudjeti tizimining barcha bo’g’inlari bo’ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy to’lovlari hisoblanadi. Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat ko’rsata olmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy
mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning asosiy usuli bo’lib hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga o’tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy daromadida soliqlar salmog’i ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan 30-50% gacha etib bordi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy
daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining tarki-biy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda etadi.
Ijtimoiy mazmundan tashqari soliqlar moddiy asosga
(mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan
jalb qilinadigan pul mablag’larining aniq summasini ham ifodalaydi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat
organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir qismi bilan ta’minlaydi.
Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning yuridik va
jismoniy shaxslaridan yig’ilgan milliy daromadning bu qismi davlatning
markazlashtirilgan moliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O‘ziga xos
tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent
almashuvsiz qiymatning bir tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga)
harakatini ifodalaydi.
Davlatning soliq shaklida yig’ib olinadigan daromadlari ishlab chiqarish jarayonida (mehnat, kapital va tabiiy resurslar ishtirokida) yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi. Ular davlatning mulkiga aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xusu-siyatlari, rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy daromad qiymatining bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va aniq mavjud pul
munosabatlarini ifodalaydi. Soliq munosa-batlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda o’zgarishda bo’ladi.
Soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo’lib qolmasdan, bir vaqtning o’zida moliyaviy kategoriya hamdir. Ular moliyaviy munosabatlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o’zining farqlanuvchi belgilari va xususiyatlariga, o’z harakat shakliga, ya’ni moliyaviy munosabatlarning barcha to’plamidan ajratib turadigan funksiyalariga ega.
Soliqlarning funksiyalari ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ichki mazmunini ochib beradi. Hozirgi sharoitda soliqlar ikki funksiyani bajaradi:
fiskal funksiya;
tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi.
Bu funksiyalarning har biri soliqlarning moliyaviy kategoriya sifatida alohida tomonlarini namoyon etadi.
Soliqlarning fiskal funksiyasi ularning asosiy funksiyasi bo’lib, bu barcha davlatlar uchun xarakterlidir. Bu funksiya yordamida davlat pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy asos yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o’zi milliy daromad qiymatining bir qismini jamiyatning eng kam ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi.
Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga muvofiq ravishda soliqlar fiskal funksiyasining ahamiyati ham o’sib boradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XXI asrining boshlari soliqlarni undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta o’sishi bilan xarak-terlanadiki, bu narsa, o’z navbatida, davlat funksiyalarining kengayishi va hokimiyat tepasida bo’lgan ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq etilishi bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruv apparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag’larni sarflamoqda. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan so’ng dunyoning
rivojlangan mamlakatlariga soliq shaklida yig’iladigan daromadlar o’sishining yuqori sur’atlari xos bo’lib, bu narsa faqatgina iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o’tgan asrning 60-70- yillarida G’arbning juda ko’p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asrning 80- yillari o’rtalarida soliq tushum-lari o’sish sur’atlari sekinlashdi va ularning milliy daromaddagi salmog’i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo’lishiga
qaramasdan, milliy daromadni qayta taqsimlashda davlat salmog’ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda.
Soliqlarning fiskal funksiyasi iqtisodiy munosa-batlarga davlatning aralashuvi uchun ob’yektiv shart-sharoit yaratadi, ya’ni u tartibga solish funksiyasini taqozo etadi.
Tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi qayta taqsim-lash jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlar-ning takror ishlab chiqarishga uning sur’atlarini rag’bat-lantirib yoki to’sqinlik qilib, kapitalning jamg’a-rilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to’lovga qobiliyati talabini kengaytirib yoki qisqartirib, keskin ta’sir ko’rsa-tishi mumkinligini anglatadi. Milliy daromad-ni jalb qilishning soliq metodini davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlarning ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari bilan doimiy ravishda to’qnash kelishiga sabab bo’lib, bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab
chiqarishning barcha bosqichlariga ta’sir ko’rsatishi uchun real imkoniyat yaratadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi davlatni ishlab chiqarish jara-yoniga aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni tartibga solishni (rag’batlantirishni) yangi pog’onaga ko’tardi. Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar
esa, asosiy soliq sub’yektlariga aylanadi.
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko’rsatadi. Ular, bir vaqtning o’zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi yoki uning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori (hajmi) mehnatga haq to’lash darajasini aniqlashga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunki ular soliq to’lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini sotish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi
bilan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog’liq.
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabat-larini o’zida aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexa-nizmini tashkil etadigan turli xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq imtiyozlari va shunga o’xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda foydalanadi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan ibo-rat:
soliq sub’yekti – qonun bo’yicha soliqni to’lovchi shaxs (yuridik yoki jismoniy);
soliq ob’yekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos bo’ladigan predmet (mol-mulk, er va boshqalar);
soliq manbai – hisobidan soliq to’lanadigan daromad (ish haqi, foyda, foiz va boshqalar);
soliqqa tortish birligi – soliq ob’yektini o’lchash bir-ligi (masalan, yer solig’i bo’yicha erning bir gektari);
soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o’rnatilgan soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regres-siv, proportsional va progressiv stavkalar yordamida yig’ib olinadi. Regressiv usulda (soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o’sib borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv
usulda hisoblanadi. Proportsional soliqlarda (soliqlarni undirishning proportsional stavkasida) daromadning miqdoriga bog’liq bo’lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda (soliqlarni undirish-ning progressiv stavkasida) esa daromadlarning ortib borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning
stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi (oshadi). Murakkab progressiyada esa soliq to’lovchining daromadi qismlarga bo’linadi va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi qo’llaniladi;
soliq tizimi – mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar, ularning tuzilishi usullari va printsiplari majmui.
soliq imtiyozlari – amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq to’lovchini soliq to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilish;
soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) – unga nisbatan soliq stavkasi qo’llaniladigan daromad. Soliq to’lovchining yalpi daromadidan amaldagi qonunchilik bo’yicha taqdim etilgan soliq imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi;
soliq okladi – uning sub’yekti tomonidan to’lanadigan soliq summasi.
|
| |