• O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir (O‘zMTDP)
  • “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi
  • O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi
  • Partiyaning asosiy maqsadi




    Download 10,97 Mb.
    bet23/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonRespublikasida

    huquqiy-demokratik davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat.



    Partiyafraksiyasi “Adolat” SDPmajlislari, kengashlarivaqurultoylariqarorlarigaamalqilib, ularoldidao‘zishlariyuzasidanbelgilangantartibdahisobotberadi. O‘zbekiston “Adolat” SDPsafida 30 mingdanortiqa’zobor. Qoraqalpog‘istonRespublikasida, barchaviloyatlarda, shuningdek, 175 shaharvatumanlardapartiyaKengashlarituzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Adolat” nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
    O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan partiyalardan yana biri - O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidir (O‘zMTDP). U 1995- yil 3 iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va



    Nizomi qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995- yil 9 iyunda O‘zMTDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy birligi; Vatan - yagona oila; kuchlidemokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol. O‘zbekiston MTDPning oliy organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi.

    1999- yil 28 - dekabrda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi tashkil topdi. Parti-yaning 1998-yil 28 - dekabrdagi ta’sis konferensiyasida uning Dasturi va Nizomi tasdiqlangan. “Fidokorlar” partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchiliklar oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘kmaydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir. Partiya mulkdorlar daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga asoslanadi.
    Toshkentda 20-iyun (2008-y.) kuni O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi va O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoyda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasini birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Markaziy nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov saylandi.
    2003 - yil oxirlarida O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat. O‘zLiDePning “XXI asr” haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
    1995- yil may oyida jamoatchilikning tashabbusi bilan O‘zbekiston “Xalq birligi” harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Adliya vazirligi mazkur harakatni 1995- yil 9-iyunda ro‘yxatga oldi.


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   163




    Download 10,97 Mb.