|
O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati
|
bet | 22/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 20223. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati.
Barchaga ma’lumki, siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxolifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukmronligi davrida XX asr boshlaridayoq Vatanimizda shakllana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunda jamoat birlashmalarining huquqiy maqomlari belgilab berildi. Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasabauyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (1996- yil 25 - dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
• o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib qilish;
• qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
• partiya faoliyati bilan bog‘liq yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;
• qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
• O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik shakllandi, jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi.. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda.. Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy ken-gashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risidatashabbus bilan chiqish huquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991-yil 1-noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tashkil topgan. Ushbu qurultoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘zbekiston XDP 1991- yil 15- noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman kengashlari,
|
13665 boshlang‘ich tashkilotifaoliyat ko‘rsatmoqda. 400 mingdan ko‘proq a’zolari bor. Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, fuqarolarningkonstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari surdi.
|
O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. O‘zbekiston XDPning “O‘zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari va “Muloqot” jurnali nashr etilmoqda.
1995- yil 18 fevralda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda I ta’sis qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18- fevralda “Adolat” SDPni ro‘yxatga olgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati
|