Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor




Download 10,97 Mb.
bet21/163
Sana25.11.2023
Hajmi10,97 Mb.
#105408
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
Мажмуа янги тарих 2022

Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:
populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘zlovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
• mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq inobatga olinadi;
• milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi;
• parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshilashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi;
• parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi;
• jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi;
• deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Oliy Majlis 2002 - yil 27 - yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi



referenduminio‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „ Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi. Referendum 2002 - yil 27 - yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat-chilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafarfuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. “Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?” degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab-quvvatladilar.
2002 - yil 4-5 - aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasida “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”, Konstitutsiyaviy qonun va “2002 - yil 27 - yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga oshiriladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” Qaror qabul qildi. Bu hujjatlar ikki palatali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
2002 - yil 12–13- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni amalga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003 - yil 24 - aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlar bo‘lg‘usi parlamentning ikkala palatasi vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston Respublikasining Oliy davlat vakillik organi - parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalaveradi. Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata - Senat, quyi palata - Qonunchilik palatasi, deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati - 5 yil etib belgilangan. 2004 - yil dekabr - 2005 - yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda - 6 nafardan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parlamentimizning nufuzi yanada o‘sdi. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati professionallashib, siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xilligi kuchaydi. Deputat va senatorlarning vakolat muddati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2009 - yil 27 - dekabr kuni saylovlar - 2010 - yil 10 yanvar kuni takroriy saylovlar demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat, O‘zbekiston Ekologik harakatining konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biridan teng miqdorda - 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 2010 - yil 22 - yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisida Dilorom Toshmuhamedova Qonunchilik palatasi Spikeri etib saylandi. 2010 - yil 26 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Ilgizar Matyoqubovich Sobirov Senat Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tasdiqladi. O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor munosabatlarini chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Download 10,97 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Download 10,97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor

Download 10,97 Mb.