• Sudlar to‘g‘risida
  • Sud-huquq tizimidagi islohotlar




    Download 10,97 Mb.
    bet29/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Sud-huquq tizimidagi islohotlar
    Uchinchi hokimiyat tarmog‘i sifatida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yurituvchi organ bu sud hokimiyati hisoblanadi.Sud tuzimi 5 yil muddatga saylanadi. Sud faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tizimni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1993 - yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi.
    Shunday islohotlardan biri sifatida sud-huquq tizimini yangi asosda barpo etishning dastlabki yillaridan inson huquqlarini himoya qilishning kafolati sifatida advokatura instituti va advokatlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Shunday qilib, mustaqillikka erishish arafasida va mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda davlat va jamiyat hayotini demokratik jihatdan yanada yangilashga va sud-huquq tizimini isloh qilishga kirishildi. Sudlarni tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar sudlariga bo‘linadi.
    Aslini olganda amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakatning amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy ichida, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.”
    2007 - yilda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat prezidenti bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekanini belgilaydigan normaningchiqarilishi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqealardan biri bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyamizning 89-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi” degan qoida belgilab qo‘yilgan.
    Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi.)
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 - yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida” gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   163




    Download 10,97 Mb.