• “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun
  • 1993 - yil 2-sentabrdaqabulqilingan “Mahalliydavlathokimiyatito‘g‘risida”iva “Fuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarishorganlarito‘g‘risida”giQonun
  • Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida
  • Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida
  • Mahalliy davlat hokimiyat organlarini ikki toifaga bo‘lish mumkin
  • 1993 - yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi
  • “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni
  • Mahalliy davlat hokimyatchiligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etilishi va saylov tizimi




    Download 10,97 Mb.
    bet27/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    5.Mahalliy davlat hokimyatchiligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etilishi va saylov tizimi
    Fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan ketayotgan O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalaridan biri bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni barpo etishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zqini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan. Ma’lumki, sobiq sovetlar davrida amalda bo‘lgan mahalliy xalq deputatlari Sovetlari aniq bir hokimiyatga ega bo‘lmay, ular huquqsizligining bosh sababi partiya organlari to‘g‘ridan - to‘g‘ri ularning ishiga aralashar va ularga saylanadigan deputatlar partiya organlari tomonidan tanlanar edi.



    Ana shu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 1992- yil 4-yanvarda “O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi - vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.

    1992- yil 14-yanvardaushbuqonungaO‘zbekistonRespublikasiOliyKengashitomonidanKonstitutsiyaviyqonunmaqominiberildi. 1992- yildaToshkentshahridava 12 taviloyatda, 163 taqishloqtumaniva 18 tashahartumanidahamda 120 tashahardahokimlartayinlandivatasdiqlandi, ularningapparati - hokimiyatlartuzildi.
    1992-yildanO‘zbekistondamahalliyhokimiyatorganlaritiziminishakllantirishsohasidaqatornormativ - huquqiyhujjatlarqabulqilishborasidaamaliyishlarboshlandi. Buhujjatlarorasida 1992- yil 8-dekabrdaqabulqilinganO‘zbekistonRespublikasiningKonstitutsiyasi, 1993 - yil 2-sentabrdaqabulqilingan “Mahalliydavlathokimiyatito‘g‘risida”iva “Fuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarishorganlarito‘g‘risida”giQonunlar, 1994 - yil 5-maydaqabulqilingan “Xalqdeputatlariviloyat, tuman, shaharkengashlarigasaylovlarto‘g‘risida”giQonunvaboshqalarmuhimo‘rinegallaydi.
    Asosiy qonunimiz hisoblanmish konstitutsiyasining XXI bobi “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari” deb nomlanib, unda mahalliy davlat hokimiyati organlarining tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Konstitutsiyaga ko‘ra avvalgi mahalliy vakillik organlarining nomini Kengashlar deb o‘zgartildi. Ularning samarali ishlashini ta’minlash uchun viloyat, tuman va shahar Xalq deputatlari Kengashlari vujudga keltirildi.
    Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, amaldagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:
    1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in hisoblanardi.
    2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;
    3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in;
    Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. Bu qoida “Mahalliy davlat hokimiyati asoslari to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z ifodasini topdi.
    Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyada mahalliy davlat hokimiyati hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.
    Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida” gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Ken-gashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
    Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati qiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101 – moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – besh yil. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102 – moddasiga ko‘ra, Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi”. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
    Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”. Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi.
    To‘g‘risini aytganda, mahalliy davlat hokimiyat organlarining faoliyati murakkab tuzilishga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Bu organlar sud hokimiyati organlari, prokuratura, nazorati speksiyasi, ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi. Mahalliy davlat hokimiyat organlarini ikki toifaga bo‘lish mumkin: 1) mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunuvchi organlar: ichki ishlar, nazorat inspeksiyasi va adliya organlari. 2) mahalliy davlat hokimiyati organlariga bo‘ysunmaydigan sud, prokuratura organlari.
    Mazkur davlat hokimiyati organlari bu sohada o‘z vakolatlarini amalga oshirish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir xil munosabatda faoliyat ko‘rsatishi bilan birga ularning ishlarini muvofiqlashtirib turadi.
    Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekistonda azaldan o‘zini-o‘zi boshqarishning o‘ziga xos shakli sifatida shakllangan hamda uning mahalliy shart sharoitlar bilan bog‘liq o‘ziga xos vazifalari mavjud bo‘lgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bugungi kunda mahalla oqsoqoli tomonidan boshqariladi vam uning vazifalari jamoatchilik asosida olib boriladi. U o‘zining yozilmagan ichki tartib qoidalariga ega bo‘lib, ularga barcha birdek amal qiladi. Mazkur qonun qoidalar garchand majburiy xarakterga ega bo‘lmasada, barcha ularga bo‘ysunadilar.
    Ancha yillar sovet tuzumi davrida faoliyati to‘xtatilgan va uning mohiyati kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgan mahallaning faoliyatini qayta tiklash maqsadida 1993 - yil 2-sentabrda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Chunki, har bir sohani isloh qilish uchun uning avvalombor huquqiy asosi bo‘lishi lozim. Ushbu Qonunning qabul qilinishi uzoq yillar mobaynida faoliyati to‘xtatilgan mahalla tizimining yana qayta tiklanishi uchun asos bo‘ldi, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining nufuzini ko‘tardi hamda mas’uliyatini oshirdi. Qonunda mazkur tuzilma olib borilgan ishlar yuzasidan o‘z hisobotlarini berib borishi belgilab qo‘yildi. Bu borada ko‘plab qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
    Hozirgi paytdagi jadal o‘zgarishlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ya’ni mahalla, uning boshqaruv tizimi, ijtimoiy-huquqiy faoliyatini yangicha mezonlar asosida tahlil etishni, bugungi zamon talablariga javob beradigan o‘zini o‘zi boshqarish organining yangicha tuzilmasini shakllantirishni, uning ish yuritish tizimini samarali tashkil etishni taqazo etmoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidentining 2017 - yil 3-fevraldagi yangi tahrirda qabul qilingan “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bu yo‘lda muhim qadam bo‘ldi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mahalliy davlat hokimyatchiligi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tashkil etilishi va saylov tizimi

    Download 10,97 Mb.