• O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li
  • Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari




    Download 10,97 Mb.
    bet35/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari. Iqtisodiy mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zug‘um, mutelikdan ozod etdi, o‘z yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘sim-lik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy zaxiralarga to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk, korxonalar O‘zbekiston tasarrufiga olindi, mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit, bank siyosatini yuritish, o‘z davlat budjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valuta, oltin zaxirasi va valuta jamg‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurtimiz obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik tufayli ishlab chiqarish munosabatlarini ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo‘ldi. Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston umumbashariy, jahon sivilizatsiyasining katta yo‘liga tushib oldi.
    Mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy an’analarga asoslangan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki turli mamlakatlardagi bozor iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germaniyada bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha rivojlanib borgan holda har biri o‘zining o‘ziga xos xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. Bu xususiyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati va iqlimi, milliy rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi. Buyo‘lningasosiyqoidalariPrezidentIslomKarimovning “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘linomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo‘lib qolgan muammolar hisobga olindi. Davlat qurilishi dasturining va O‘zbekiston iqtisodini isloh etishning butun o‘zagini mamlakat Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh asosiy tamoyil tashkil etdi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy mustaqillikning imkoniyatlari

    Download 10,97 Mb.