• To‘rtinchidan
  • Beshinchidan
  • Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi




    Download 10,97 Mb.
    bet36/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi:
    Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada rivojlantirish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi.
    Ikkinchidan, davlatning o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo‘lishi, iqtisodiy taraqqiyotining yetakchi yo‘nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak.
    Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin.
    To‘rtinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
    Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim. “Bu yo‘l va andaza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning ko‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tarixiy merosi, turmush tarzi, an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim”.
    (Islom Karimov. “O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”. T., “O‘zbekiston”, 1993 -, 5- bet.)
    Ushbu beshta tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zgarishlarni muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu yetakchi tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun mavjud kuchlarni va imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos, zamin yaratib, keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu tamoyil asosini quyidagilar tashkil etadi

    Download 10,97 Mb.