|
Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat
|
bet | 33/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yo‘l bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir.
Uchinchidan, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda belgilandi.
To‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati hisobga olindi.
Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy resurslari asos qilib olindi.
Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi.
Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi, albatta.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, har qanday “izm”lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi. “O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalarigaasoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir..
Iqtisodiy sohada:
- milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni;
- ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantirishni;
- mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni;
- iqtisodiyotni o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita aralashuvidan voz kechishni;
- mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni;
- tabiiy resurslardan ayovsiz foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.
Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
- umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni;
- ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlashni;
- o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga chiqarishni;
- hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni;
- ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari ya’ni keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;
- hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni;
- yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berishni;
- ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
Islom Karimovning keyingi asarlari ma’ruza va nutqlarida O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993 - yilda nashr etilgan „O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
|
| |