• 4-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR.MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT. Reja
  • Darsning o‘quv maqsadi
  • 1.Aholining kam ta’minlagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni soqlash tizimidagi islohotlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari.
  • Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida
  • OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida
  • Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy dastur ”, “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturi
  • Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet41/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Savol va topshiriqlar
    1. Bozor iqtisodiyoti nima?
    2. Mustabid sovet tuzumidan mustaqil O‘zbekistonga qanday iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi?
    3. Mustaqillik iqtisodiyot sohasida qanday imkoniyatlar yaratdi?
    4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qanday tamoyillarga tayanildi?
    5. Islohotlarning strategik maqsadlarini bilasizmi?
    6. Iqtisodiy islohotlar qanday yo‘nalishlarda olib borildi?
    7 . Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi?
    8. Bozor infratuzilmasi nima?
    9. O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida so‘zlab bering.
    10. Aholini ish bilan band etish muammosi qanday hal qilinmoqda?
    4-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR.MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT.

    Reja:
    1. Aholining kam ta’minlagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni soqlash tizimidagi islohotlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari.
    2. O‘zbekistonda ijtimoiy islohotlarining yangi bosqichiga ko‘tarilishi.
    3. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.
    4. Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bo‘lgan e’tibor va tarixiy shaharlarimiz yubileylarining xalqaro miqyosda nishonlanishi.
    5. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi.


    Darsning o‘quv maqsadi: Talabalarga mamlakatning kam ta'minlagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni soqlash tizimidagi islohotlari, shuningdek ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari haqida ma’lumot berish, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida atroflicha tushuntirish berishdan iborat.
    Tayanch iboralar: Narxlarni erkinlashtirish, Sog‘lom ona va bola, Davlat sanitariyasi, “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida“, Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati, “Xarakatlar strategiyasi”, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida qonun”.


    1.Aholining kam ta’minlagan qatlamini qo‘llab-quvvatlash va sog‘liqni soqlash tizimidagi islohotlar. Kuchli ijtimoiy siyosatning xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari.
    Mustaqil O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga munosib turmush va ish sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor bermaslik barqarorlikka va milliy xavfsizlikka katta xavf tug‘diradi. Bozor munosabatlariga o‘tishning hamma bosqichlarida aholini oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish mavqeyini egalladi.
    “O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalaridan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazishdir”.
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichlari mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, narxlarni erkinlashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi. Shu maqsadda 1993 - yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir, xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994 - yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1995- yilda 250 so‘m, 2009 - yil 1 dekabrdan 37 680 so‘m, 2010 - yil 1-dekabrdan 49735 so‘m, 2012- yil 1- avgustdan 7 2355 so‘mga yetdi. Eng kam ish haqidan kelibchiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyentlarga mos ravishda oshirib borildi.
    Davlat tasarrufidan chiqarilgan korxonalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-hisoblash tarmoqlaridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yanada yuqoriroq darajada o‘sib bordi. Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stirendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining oshishiga mos ravishda o‘sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi, nogironlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoqda. Bunday to‘lovlar 2000 - yilda 187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan stirendiyalar miqdori 1998 - 2000 - yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000 - yilda oliy o‘quv yurtlarining 142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stirendiya oldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi. Aholining turmush darajasi ichki iste’mol bozoriga, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari narx-navosiga bog‘liq, albatta. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida amalga oshirilgan narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat tomonidan nazorat qilish choralari ko‘rildi. Narxlar 1992- yil yanvaridan boshlab bosqichma-bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko‘rib qo‘ygan holda erkinlashtirila boshlandi.
    Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq 1992- yil 10 yanvardan boshlab O‘zbekistonda keng doiradagi ishlab chiqarilayotgan sanoat mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste’moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o‘tildi. Hukumat aholini himoyalash maqsadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining chegarasini, ko‘rsatiladigan ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo‘ydi. Shu munosabat bilan don, bug‘doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini ishlabchiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to‘landi. O‘quvchi va talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko‘rilgan zarar davlat hisobidan qoplandi, bolalarga mo‘ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993 - yilda qat’iy belgilangan va tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxati ancha qisqardi. Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. 1994 - yilning oktabr-noyabr oylarida xalq iste’moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida non va unning narxlari, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to‘la aholi zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi. Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat ichki iste’mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli kompensatsiya jamg‘armalarini tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlarini keng qo‘lladi.
    Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarining ko‘pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o‘rni davlat budjeti hisobidan qoplandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning birinchi bosqichi davomida ijtimoiy himoyalash xarajatlari respublika budjetining salkam uchdan bir qismini tashkil etdi. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994 - yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg‘iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan me’yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
    O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi.
    1994 - yil 24 - avgustda “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni e’lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994 - yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi. 1992-1994 - yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi. 1994 - yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995- yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi. Kam ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000 - yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo‘lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta’minlash, oilada ayolning mavqeyini ko‘tarish maqsadi bilan uyg‘unlashgan.
    Shu maqsadda mamlakatimizda 1997 -yil –“Inson manfaatlari yili”, 1998 yil –“Oila yili”, 1999-yil “Ayollar yili”, 2000 - yil - “Sog‘lom avlod yili”, 2001- yil – “Onalar va bolalar yili”, 2002 - yil – “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003 - yil – “Obod mahalla yili”, 2004 - yil – “Mehr va muruvvat yili”, 2005 - yil –“Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil –“Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 - yil - “Ijtimoiy himoya yili”, 2008- yil –“Yoshlar yili”, 2009 - yil – “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010 - yil – “Barkamol avlod yili”, 2011- yil – “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012- yil – “Mustahkam oila yili”, 2013- yil – “Obod turmush yili” 2014 yil – “Sog‘lom bola yili” 2015 yil – “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016- yil – “Sog‘lom ona va bola” deb e’lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sog‘lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e’zozlash, go‘zal diyorimizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo‘lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish choralari ham amalga oshirildi. Prezidentning 1995- yil 20 dekabrdagi “Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urta bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan, 1992- yil yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan 3 milliondan ortiq omonatchilarning 35 mlrd so‘mga teng bo‘lgan, qadrsizlanib qolgan omonatlari indeksatsiya qilindi. 1996- yildan boshlab jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan odamlar o‘z pullarini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharoitlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minladi. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi.
    2002 - yil 1 -avgust holatiga ko‘ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007 - yillarda 36 ming kilometr suv quvurlari va 7 -2 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko‘rsatkichlar 1991- yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko‘p demakdir. Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta’minlanishi darajasi 17 - foizdan 7 -8 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi esa 52 foizdan 7 -7 - foizgacha o‘sdi. Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000 - yillarda 7 -0 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Aholi salomatligiga g‘amxo‘rlik qilish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat-ning tarkibiy qismidir.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “OITS bilan kasallanishning oldini olish to‘g‘risida” (1991- yil), “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” (1992- yil), “Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida” (1996- yil 29 avgust), “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi (1997 - yil) Qonunlari aholi salomatligini saqlashning huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991-1996- yillarda 249 ta tish protezlash muassasalari va stomatologik poliklinikalar, 28 ta xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999-2001- yilda 154 ta tibbiyot subyektlari xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar ham vujudga keldi.
    2001- yilda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar soni 4000 taga yetdi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlariga respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi, uning viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlari bo‘limlari bosh-qosh bo‘lmoqdalar.



    O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mehr-shafqat”, “Sog‘lomlashtirish va sport”, nogironlar respublika jamg‘armalari sog‘liqni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqdalar. Respublikamizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
    Hukumat topshirig‘i bilan “Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha Milliy dastur”, “Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturi” ishlab chiqildi. Ularning hayotga tatbiq etilishi ijobiy natijalar berdi.

    . Barcha shahar va tumanlarda “Ona va bola” markazlari tashkil etildi. Nukus, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlarida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy tekshirish institutining filiallari ochildi. Minglab bolalar poliklinikalari, akusherlik-ginekologiya kabinetlari, tug‘uruqxonalar, “Nikoh va oila” hamda tibbiy-genetik konsultatsiya punktlari onalar va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqdalar. Yosh oilalarni mustahkamlash maqsadida 311646 ta yosh oila tibbiy patronaj nazoratiga olindi, 102390 nafar turmush qurayotgan yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, 89125 nafar yoshlar oila va nikoh asoslari bo‘yicha o‘qitildi. Onalar va bolalarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik natijasida tug‘ilish jarayonida bolalar va onalar o‘limi keskin kamaydi.
    1991- yilda bolalar o‘limi har 1000 ta tug‘ilgan bolaga 51,4 tani tashkil etgan bo‘lsa, 1999- yilda bu ko‘rsatkich 20,2 taga yoki 2,5 baravarga kamaydi. Shu yillarda onalar o‘limi har 100 ming tirik bolaga nisbatan 65,3 tadan 31 taga yoki 2,1 marta kamaydi. Yetim bolalar va farzandsiz oilalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik “Kinderdorf” (bolalar mahallalari) Avstriya loyihasining O‘zbekistondagi sa’y-harakatlari natijasida yetim bolalar va farzandsiz oilalarning ko‘pchiligi uy-joyli va bus-butun oila bo‘lib yashash baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va mazkur farmonning ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan hukumatqarori aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayotga tatbiq etish borasida katta tadbirlar amalga oshirildi. 2001- yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli 1-klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd so‘m sarflandi. Markazda 760 o‘rinli 8 ta jarrohlik markazi aholiga kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Davlat dasturiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida bo‘limlar tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Markaz va uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib olish uchun Ispaniya hukumati tomonidan 10 mln yevro kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 - mln dollar grant berildi. Shuningdek, Germaniya, AQSh, Isroil davlatlari ham kreditlar va grantlar ajratmoqdalar. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar bilan beg‘araz yordam bermoqdalar.
    Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. 1991- - 2001- yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar, 95,7 - ming tashrifli poliklinikalar qurilib, foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2001- yilda ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990 - yilda 3139 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010 - yilda qariyb 2 baravar ko‘payib, 5886 taga yetdi. 2000 -2010 - yillarda qishloq joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu borada 7 - ta oliy tibbiy o‘quv yurtlari, o‘rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko‘paydi. O‘zbekistonda bir shifokorga o‘rta hisobda 300 ga yaqin kishi to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatkich ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan ancha yuqoridir. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan ta’minlashda katta qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ikkitagina korxona dori-darmon ishlab chiqarar edi. Ular aholining dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini 1-1,5 foizgagina qondirardi, xolos. Shu boisdan farmatsevtika sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi.
    2002 - yilda respublikada dori-darmon ishlabchiqaruvchi korxonalar va qo‘shma korxonalar soni 61 taga yetdi. Farmatsevtika korxonalari 1994 - yilda 47 -,2 mln so‘mlik 34 xil mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, 2001- yilda 12 mlrd so‘mlik 340 xil mahsulot ishlab chiqardi. 1994 - yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘i 4,5 foizga qondirilgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 25 foizgacha o‘sdi. 50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirilmoqda. 2001- yildan boshlab chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etilgan. Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashda dorixonalarning o‘rni kattadir. 1994 - yilda “Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Davlat tasarrufidagi 25 -25 - ta dorixonalarning ko‘pchiligi xususiylashtirildi. 2001- yilda xususiy dorixonalar soni 27 -22 - taga yetdi. Dorixona muassasalari soni 1990 - yilda 835 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010 - yilda 4837 - taga yetdi, qariyb olti baravar ko‘paydi. Istiqlol yillarida aholining keng qatlamlariga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshdi.
    Davlatimiz rahbari qurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, aholining dam olishi uchun bundanda ko‘proq qulayliklar yaratish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi. Jamiyatning mahalliy shart-sharoitlari hamda milliy o‘ziga xosligidan kelib chiqib, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda 1994 - yil 28 - avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida” gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida “Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilinadi.
    Aholining ijtimoiy muhofazaga eng muhtoj qatlamlaridan biri – bu kam ta’minlangan oilalardir. Kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 - yil 24 - avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 434-sonli qarori muhim ahamiyat kasb qildi. Bu borada minglab oilalar davlatdan ijtimoiy yordamlar olgan. Ammo ijtimoiy himoya mexanizimining amal qilish tajribasini o‘rganish natijasida shu narsa aniqlandiki, bu tizimda ko‘pgina muammolar, jumladan, qurilish, obodonlashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, aholini toza ichimlik suvi, elektr toki, tabiiy gaz bilan ta’minlash kabi sohalarda ko‘plab muamolarga duch kelingan. Ayniqsa, aholiga ijtimoiy yordam ko‘rsatishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, 1996- yilda Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasida respublika bo‘yicha 26 mahallada 262 ming so‘m mablag‘ qing‘ir yo‘llar bilan boshqa maqsadlarga o‘zlashtirilgani aniqlangan.
    1998 yildagi tekshirishlar esa shuni ko‘rsatganki, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga nafaqa belgilash va to‘lash tizimida quyidagi kamchiliklar eng ko‘p uchragan. Haqiqatdan ham muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatishni asossiz rad etish va aksincha, nafaqa olishga asosi bo‘lmagan oilalarga qarindoshlik belgisi, fuqarolar o‘z o‘zini boshqarish yig‘inlarida egallagan mansabi yoki boshqa sabablarga ko‘ra nafaqa belgilash va to‘lashda lavozimini suiiste’mol qilish (buko‘rsatkich respublika bo‘yicha 0,3 1,4% darajasida); muhtoj oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun ajratilgan mablag‘larning ko‘zda tutilgan boshqa maqsadlarida (talabalar stipendiyasi, sug‘urta to‘lovlari, hatto jamoat binolarining qurilishiga) ishlatilishi va hokazolar shular jumlasidandir.
    Shunday qilib, 1997 -1998 yillarda kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlash bo‘yicha Qashqadaryo viloyatida 629 ta oilaga 2 mln. so‘m, Buxoro viloyatida 567 - ta oilaga 1,5 mln so‘m, Samarqand viloyatida 194 oilaga 992 ming so‘m, Namanganda 24 -9 ta oilaga 423 ming so‘m, Xorazm viloyatida 82 ta oilaga 304,6 ming so‘m pul mablag‘lari moddiy yordam tariqasida noqonuniy to‘langan.
    Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish Boshqarmasi hisobotida davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning o‘z egalariga etkazilishi 1997 - yilda 93,1 % ga, 1998 yilda 98,3 % ga, 2001- yilda esa 99,0 % ga bajarilgan, deb ko‘rsatilgan13.
    Shubhasiz, o‘sha kezlarda ayrim yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tanqidiy tahlil aosida ko‘rib chiqilib, muammolarni ro‘y rost aytish vaqti kelganligi ko‘p bora takidlanmoqda. Zero, Yurtboshimiz o‘z chiqishlarida va ma’ruzalarida, rahbarlar, xalq faollari, deputatlar yoki oddiy xalq bilan bo‘layotgan uchrashuvlarda, qarsakbozliklar davri endi o‘tdi, biz “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni amalda qaror toptirishimiz lozimligini uqdirmoqdalar.
    Bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan ijtimoiy nafaqalar tayinlash va to‘lashning manzilliligini oshirish maqsadida quyidagilar amalga oshirilmoqda:
    - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining taqdimnomalariga ko‘ra nafaqalar va moddiy yordam olish uchun oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirilmoqda;
    - Respublika “Mahalla” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda aholi o‘rtasida ehtiyojmand oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylikning jami daromad miqdorini hisoblab chiqish tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda.
    Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish va manzilli yordamni kuchaytirishga quyidagilar hisobidan erishish rejalashtirilgan:
    - amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, ayrim professional guruhlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish va shuning hisobidan ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish;
    - natural ko‘rinishda beriladigan imtiyozlarni tegishli pul to‘lovlari bilan almashtirish jarayonini tugallash;
    - norasmiy sektorda tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek pul o‘tkazmalari hisobidan daromad olayotgan oilalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan moddiy yordamga muhtojlik sezayotgan oilalarni aniqlash usulini takomillashtirish. Tejab qolingan mablag‘lar eng muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun qayta yo‘naltiriladi;
    - joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish;
    - o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish;
    - aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi;
    - ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish;
    - minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish;
    - oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega, kam ta’minlangan oilalarni kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish.
    Aholi farovonligini oshirishda bandlik masalasining o‘rni katta. Bugungi kunda mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari yaratayotgan ish beruvchilar rag‘batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa masalalarda imtiyozlar berilmoqda; mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va raqobatdoshligini oshirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda; aholini ish bilan ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari moddiy qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga qo‘yildi; davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash maqsadida har yili yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013- yilda 97 -2,7 - mingta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Bu ish o‘rinlari yangi yirik sanoat obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini rivojlantirishni bundan buyon ham rag‘batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarinikuchaytirish hisobidan tashkil etiladi.
    Mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tog‘li, chegara hududlarda joylashgan 28 - ta olis tumanga alohida e’tibor berildi. 2013- yilda bu hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o‘rni yoki 2012- yildagidan besh foiz ko‘p ish o‘rni tashkil etilgan.



    Download 10,97 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.