• To‘rtinchi ustuvor yo‘nalish
  • Ular quyidagilar: Birinchi ustuvor yo‘nalish




    Download 10,97 Mb.
    bet43/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Ular quyidagilar: Birinchi ustuvor yo‘nalishda davlat va jamiyat qurilish tizimini takomillashtirish, xususan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; Ikkinchi ustuvor yo‘nalishda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; Uchinchi ustuvor yo‘nalishda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish; To‘rtinchi ustuvor yo‘nalishda mamlakatda ijtimoiy sohani rivojlantirish; Beshinchi ustuvor yo‘nalishda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi muhim vazifalar belgilandi. Ma’lumki so‘ngi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
    Mamlakt rahbari tomonidan inson va uning manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bu, davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Ya’ni davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirishga e’tibor qaratdi. Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan dastur bu ikkinchi yo‘nalish hisoblanadi. Ya’ni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish belgilab berildi. Uning muhimligi shuningdek sud tizimini isloh qilish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilashga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ular quyidagilar: Birinchi ustuvor yo‘nalish

    Download 10,97 Mb.