• Tayanch iboralar
  • Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti”
  • RossiyaFederatsiyasi, XitoyXalqRespublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, TojikistonvaQirg‘izstonRespublikalari
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet51/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Darsning asosiy maqsadi: Talabalarga O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, faol tashqi siyosat haqida ma’lumot berish.
    Tayanch iboralar: Tashqi siyosat, BMT, MDH, SHHT, Yevropa Ittifoqi, Markaziy Osiyo, Integratsiya, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi.


    1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi

    O‘zbekiston mustaqillikka erishganining dastlabki yillarida chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqlilik asosida diplomatik, savdo, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hamkorlik qilish yo‘lini tutdi. Xususan, 2010 - yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston dunyoning 120 dan ortiq davlati bilan diplomatik aloqalari o‘rnatdi. Toshkentda 42 ta davlat elchixonasi, 1 ta bosh konsulxona, 9 ta faxriy konsullik, 10 ta xalqaro tashkilot vakolatxonasi, 5 ta xalqaro moliyaviy tashkilot vakolatxonasi, 3 ta savdo tashkiloti vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.


    O‘zbekiston Respublikasi NATO ning kollektiv xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” loyihasini 1994-yilning iyulida imzoladi hamda 1995- yilning iyul oyida ushbu dasturga qo‘shildi. 1995-2001-yillar mobaynida “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi doirasida o‘tkazilgan harbiy o‘quv mashqlarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasining tinchlikni saqlash kuchlari o‘ndan ortiq harbiy o‘quv mashqlarida qatnashdilar.
    O‘zbekiston - NATO munosabatlariga va uning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturida hamkorlik qilish, bu NATOga a’zo bo‘lish emas. O‘zbekiston - NATO munosabatlarining asl mohiyati davlatimizning xavfsizligi va tinchligini ta’minlash, qolaversa mintaqada barqarorlikni qaror toptirish uchun shart-sharoitni imkon qadar kengaytirish va mustahkamlashdan iborat ekanligini ta’kidlandi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” Dasturida ishtiroki Markaziy Osiyo mintaqasida kollektiv xavfsizlik va barqarorlikning keng tizimini vujudga keltirishni rejalashtirishda O‘zbekistonning ishtirokini kafolatladi.





    Prezidentimizta’biribilanaytganda, “NATObilanhamkorlikqilishharbiy-siyosiyvoqealardanxabardorbo‘libturish, buuyushmadoirasidaamalgaoshirilayotgantadqiqotlarvaishlanmalardanbahramandbo‘lishuchunimkonberadi”. NATOBoshkotibiX.SolanavaAQShningNATOdagidoimiyvakiliR.XanterningO‘zbekistongatashriflariO‘zbekistonvamazkurtashkiloto‘rtasidagitinchlikyo‘lidagisiyosatininghamohangekanliginihamko‘rsatdi.
    O‘zbekistonyanabirnufuzlitashkilotYXHTga 1992- yil 26 fevraldaa’zobo‘ldi. ShuboisO‘zbekistonningYXHTdagivakolatxonasiVenada 1994 - yildan, 1995- yildanesaYXHTningMarkaziyOsiyomamlakatlaribilanaloqalaribo‘yichabyurosiToshkentdafaoliyatyuritmoqda. 1999- yildaushbubyurogaYXHTningmintaqadagimarkazimaqomberildi. Markazfaoliyatinazariyjihatdansiyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologikvainsonxuquqlarikabisohalardaO‘zbekistondaamalgaoshirilayotgantubislohotlarniqo‘llab-quvvatlashgaqaratilgan.
    1996-yil Lissabon Sammitida O‘zbekistonning ishtiroki respublika rahbariyatining xavfsizlik doirasiga kiruvchi qarashlarini bayon etishga ham imkon berdi. Anjumanda O‘zbekiston xavfsizlik muammosiga doir o‘z qarashlarini bayon etish huquqiga ega bo‘ldi. Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zona deb e’lon qildi. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari mazkur tashkilotga a’zo 54 mamlakat rahbarlari uchun Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvda Prezident xalqaro terorrizmga qarshi markazini tuzish taklifi bilan chiqdi.
    1996- yilning boshlarida O‘zbekistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytarish yo‘lidagi yangi qadam bo‘ldi. O‘zbekistonning Niderlandiya, Finlyandiya, Avstriya, Belgiya, SHveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, CHexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan mamlaka - Shveysariyadagi vakolatxonasiga ham aylandi. 1995- yil oktyabrda Jenevada “O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imkoniyatlar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan “O‘zbekistonda biznes” konferensiyasida iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi.
    Shuningdek, O‘zbekiston jahon iqtisodiyotida integratsiyalashish yo‘lidan borib, Jahon banki, Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklaShuv tashkiloti va boshqa moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Shu bilan birga O‘zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, BMT ning bolalar fondi, Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi kabi yana bir qancha tashkilotlarga a’zo bo‘ldi.



    Shanxay xalqaro hamkorlik tashkiloti”ga O‘zbekiston 2001-yilning iyun oyida a’zo bo‘ldi. Unda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izston va Tojikiston Respublikalari ham doimiy a’zodirlar. Bugungi kunda izchil faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro siyosiy-iqtisodiy tashkilotlar xaqida so‘z yuritilganda, Shubhasiz, birinchi navbatda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tilga olinmoqda.

    Dastlab “Shanxaybeshligi” debnomlanganbutashkilotga 2001-yildaO‘zbekistonRespublikasia’zobo‘libqo‘shilgach, “ShanxayHamkorlikTashkiloti” debataladiganbo‘ldi. AynipaytdaungaRossiyaFederatsiyasi, XitoyXalqRespublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, TojikistonvaQirg‘izstonRespublikalarirasmana’zodirlar.
    ShanxayHamkorlikTashkilotining “Terrorizm, separatizmvaekstremizmgaqarshikurashto‘g‘risidaShanxaykonvensiyasi” imzolanganbo‘lib, 2002-yiliyulidaSankt-Peterburgdauyanadamustahkamlandi. 2003- yil may oyida Moskva SHHTning tashkiliy organlari, ramzlari tasdiqlanib, O‘zbekiston Tashkilotining yangi raisi etib belgilandi. 2003 - yil sentabrda Pekinda “SHHTga a’zo davlatlarning 20 yilga mo‘ljallangan savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi” qabul qilinib, mahsulot, kapital, xizmat va texnologiyalar erkin aylanishi shartlari belgilab olindi, SHHTning moliyaviy byudjeti ko‘rildi. 2004 - yil iyundan Tashkilot to‘la ravishda ishga kirishdi. 2005 - yil iyulida Ostona sammitida Mongoliya, Hindiston, Pokiston va Eron kuzatuvchi maqomiga ega bo‘ldi. 2010 - yilda Toshkentda o‘tkazilgan navbatdagi anjuman a’zo davlatlar tashqi siyosatida muhim voqea bo‘ldi.
    O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlarida boshlab chet mamlakatlar bilan teng huquqli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan e’tiboran mamlakatimiz jahon hamjamiyatiga kirishga intila boshladi. Jumladan mamlakatimiz mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat bu Turkiya respublikasi edi. 1991- yil 16-19-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi. Safar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya jumhuriyati o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asoslari va maqsadlari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolatxonalarini ayirboshlash to‘g‘risida Protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitim, transport va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, axborot ayirboshlash, televidenie va radio eshittirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida protokollar va boshqa hujjatlar imzolanadi.



    Download 10,97 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.