|
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yangicha islohotlar va taraqqiyot omillari
|
bet | 45/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yangicha islohotlar va taraqqiyot omillari. 2017 - yildan boshlab O‘zbekiston islohotlar va taraqqiyotning yangi bosqichiga kirdi. CHunki, bu davr yutuqlarni sarhisob qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qilish hamda mamlkat taraqqiyotining strategik omillarini belgilab bergan davr sifatida tarixga kirdi. Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2017 - yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi natijasida, shu yilning iyul-dekabr oylari davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan xalq bilan faol muloqot olib borish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida respublikamiz shahar va qishloqlariga “Sayyor qabullar” uyushtirilgan. Ochiq muloqotlarda 58 mingdan ortiq fuqaro va tadbirkorlardan turli masalalarga oid 32176 shikoyat, ariza va takliflar o‘rganilgan. E’tiborli tomoni shundaki, murojaatlarning eng ko‘pi, ya’ni 8 mingdan ziyodi, yoki 25 % asosan tadbirkorlarning bank kreditlari bilan bog‘liq muammolardir. Huquqni muhofaza qilish sohasi bilan bog‘liq muammolar 7 mingdan ortiq 22 %, bandlik va ish haqi to‘lovlari 3973 ta-12 %, tadbirkorlik faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolar 3 ming 350 ta-10%, odamlarga uchastka va uy joy ajratish 2 ming 47 -3 ta-8 % ni tashkil etgan.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan yurtimizda 2018- yilning “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash” deb e’lon qilinishi natijasida mamlakat farovonligi va taraqqiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlik sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hozirgacha tadbirkorlarga tegishli murojatlarning 96 foizi, ya’ni 30876 tasi hal etilgan. Ulardan 8326 tasi sohalar faoliyatiga oid taklif va tavsiyalardan iborat.
Masalan, mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yo‘nalishlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2017 - yilning 1 aprel holatida 4,6 trln so‘mni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich 2016- yilning xuddi shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p. Uning 1 trln so‘mini mikrokreditlar tashkil etadi, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bo‘lgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish, fermerlikni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish masalalari 2017 -2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilganligi ushbu sohalar rivojiga davlat ahamiyati darajasida e’tibor qaratilayotganligining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi bilan mamlakatda “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uzoq yillar og‘ir ahvolga tushib qolgan, hatto yashash uchun oddiy sharoitlar ham bo‘lmagan qishloqlarni tubdan yangilashga kirishildi. Xususan, 2018- yil fevraldan boshlab Jizzax viloyati, Dstlik tumanidagi “Manas”, Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi, “Xovosobod”, Samraqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Jom” qishloq fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli yangitadan qurilish va bunyodkorlik ishlari tufayli aholiga topshirildi. Ular namunali qishloqlar sifatida yangilangandan so‘ng, ushbu tajriba respublikaning har bir tumanida har yili 2 va 3 tadan qishloqlar “Obod qishloq dasturi” asosida yangilandi. Ushbu tajriba asosida 2018- yil iyun oyidan e’tiboran “Obod mahalla dasturi” Toshkent shahri misolida ommalashtirla boshlandi. “Obod qishloq dasturi” doirasida 2018- yilda mamlakatimizning 17 -4 ta tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash ko‘zda tutilgan. Belgilangan ishlarga 3 trillion 40 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi. Shu yilning 1 aprelidan boshlab har bir tumanda 2 tadan, 2019 yildan esa 3 tadan mahalla tubdan yangilanadi.
2018- yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika “Jamoatchilik nazorati ishchi guruhi” vakillari joylarda ijtimoiy holatni o‘rganish maqsadida Namangan viloyati Pop, Kosonsoy tumanlarida, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on va Sariosiyo tumanlarida, Farg‘ona shahri va Quva tumanida, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Jizzax shaharlarida bo‘lishib, aholini qiynayotgan va “Xalq qabulxona”lariga kelib tushayotgan shikoyatlar yechimi yuzasidan sayyor reydlar uyushtirilib ko‘pgina muammolar o‘sha yerlarning o‘zida hal etilgan.
2017 - yilda esa respublikada 789,5 mingta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bo‘lsada, bu borada hali echimini kutayotgan muammolar mavjudligi Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” nomli risolada o‘z aksini topdi. Unda qayd etilishicha yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, 2016- yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan deya uqdiradi Prezident. Qayd etib o‘tilgan ijtimoiy himoyaga oid masalalar orasida aholini uy-joy bilan ta’minlash ham dolzarb masalalar sifatida e’tirof etiladi. Shu boisdan Prezident Shavkat Mirziyoyev “... faqat raqamlar ortidan quvish oqibatida bu boradagi ishlarni ham hali ko‘ngildagidek, deb bo‘lmaydi, deya qayd etadi. Aholimizni, ayniqsa, byudjet sohasi xodimlarini, kam ta’minlangan oilalarni uy-joy muammosi ko‘pdan buyon qiynab kelardi. Bu og‘ir ijtimoiy muammoga biz deyarli e’tibor bermay kelganimiz ham bor gap. Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, biz joriy yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurishloyihasini amalga oshirishga kirishdik”, deydi. SHahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 - yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 - yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
2017 - yil 22 - dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilganidek “biz keyingi 25 - yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni
|
boshladik. 2017 - yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana Shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir. Aholi, ayniqsa, yosh oilalar, eski uylarda yashayotgan va boshqa toifadagi fuqarolarning ehtiyojini hisobga olib,biz arzon va sifatli uy-joylar
|
bo‘yichaishlarniizchildavomettiramiz, deyao‘zfikrinibayonetadiPrezident. Shumaqsadda 2018- yildanamunaviyvaarzonuy-joylarqurishko‘laminijoriyyilganisbatan 1,5 barobarko‘paytirishbo‘yichaaniqrejalarishlabchiqilgan”15. Demak, buboradajoylardagio‘zinio‘ziboshqarishorganlario‘znavbatidayoshoilalarbilanishlashtiziminikuchaytirishlarimaqsadgamuvofiq.
Mahalliyhokimliklarhuzurida “Obodqishloq” maqsadlijamg‘armalarituzilib, byudjet, tarmoqkorxonalari, xalqaromoliyainstitutlarivaxorijiydavlatlargrantlari, tashabbuskortadbirkorlarmablag‘lari, xasharlarvaxayriyatadbirlariaynanShungayo‘naltiriladi. “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018- yil barcha manbalar hisobidan 3 trillion 40 milliarda so‘mdan ziyod mablag‘ ishonchli va muntazam rashishda yo‘naltirilgan. Ushbu loyihalarning me’moriy va texnik jihatdan puxta ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 190 ga yaqin tajribali va malakali loyiha institutlar jalb etilishi belgilanib, arzon, sifatli qurilish materiaallari, ishlab chiqaruvchilar uchun elektr energiyasi va gaz etkazib berishda pereferensiyalar nazarda tutildi16. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasini tubdan isloh qilish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018- yil 28 - dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd qilganidek, “Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya o‘zaro uzviy bog‘liq tushunchalar bo‘lib, ularni bir-biridan ajralgan holda tasavvur qilib bo‘lmaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda “...endi bironta fuqaro qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortilmasligi shart. Konstitutsiya va qonun normalari so‘zsiz ishlashi uchun ishonchli kafolatlar yaratishimiz zarur”.
Prezidentimiz sud, milliy xavfsizlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishiga faqat va faqat xalqimizning o‘zi baho berishini, ular uchun yagona va eng qattiq talab – bu fuqarolarning qonuniy manfaatlariga xizmat qilish va ularning huquqlarini har qanday holatda ham himoya qilishdan iboratligi aytildi. Eng asosiysi, biz bir idora qo‘lida barcha vakolat va resurslar to‘planib qolishiga, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati prinsipi buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz zarurligi uqdirildi. Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida birgina Inson omiliga e’tibor, ularning huquqlarini ta’minlash borasida 2017 - yilda yurtimizda yashab kelayotgan, lekin fuqaroligi bo‘lmagan 1100 dan ortiq shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berildi, mamlakatimzning so‘ngi 26 yillik tarixida ilk bor 27 -00 ga yaqin fuqarolar Prezidentimiz Farmoniga muvofiq avf etildi.
2017 - yilning 22 - dekabrida Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga qilgan Murojaatnomada, biz mamlakat hayotiga doir har bir qarorni xalqimiz bilan maslahatlashib, bevosita muloqot asosida qabul qilmoqdamiz. “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya bu borada faoliyatimiz mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug‘ullanishi zarur. Shu ma’noda 2017 - yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi. Bu tizimning asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini oqlamoqda, degan edi Prezidentimiz. Yurtimizda so‘nggi yillarda qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Bu o‘zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, odil sudlovga erishish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. 2018- yilda ushbu yo‘nalishda ko‘pgina ishlar qilindi. Jumladan, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish maqsadida profilaktika inspektorlari uchun 6 yarim mingdan ziyod xizmat uylari, 1 ming 100 ta shaxsiy uy-joy, 7 - mingta shaxsiy avtomobil berildi. Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlari uchun ham 1 ming 800 ta uy-joy quriladi. 2018- yilda 3 ming 205 ta mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagan, deya qayd qiladi Prezidentimiz 2018- yil 28 - dekabrda qilgan Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
So‘ngi uch yil ichida Mahalla va Fuqarolar yig‘inlari tizimida ham ulkan islohotlar boshlandi. Ayniqsa ushbu tuzilmalar 2018- yildan e’tiboran o‘z faoliyatining yangi davriga qadam qo‘ydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Vaholanki, mahallaning fuqarolik jamiyati qurish sharoitidagi o‘rni, Shubhasiz uning jamoatchilik tuzilmalari bilan faol hamkorligidir.
|
| |