|
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi quyidagi vakolatlar doirasida ish ko‘radi
|
bet | 30/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi quyidagi vakolatlar doirasida ish ko‘radi:
• qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000 - yil 14-dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001- yil 29-avgustda qabul qilingan “Jinoiy jazolarni liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. 2008- yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak,mamlakatimizda jinoiy jazolashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
|
2000 - yil yangi tahrirda “Sudlar to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. Konstitutsiyaning 106-moddasiga binoan Sudlar har qanday hokimiyat organlaridan mustaqil holda o‘z faoliyatini olib boradi.
|
|
| |