|
Uning oldingi qabul qilingan Qonun va me’yoriy hujjatlardan farqi quyidagilardir
|
bet | 28/163 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 10,97 Mb. | | #105408 |
Bog'liq Мажмуа янги тарих 2022Uning oldingi qabul qilingan Qonun va me’yoriy hujjatlardan farqi quyidagilardir:
–birinchidan, Farmonga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashida tashkiliy ishlar va uslubiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari tashkil etilishi belgilandi;
–ikkinchidan, Respublika Kengashi va hududiy kengashlar huzurida yoshlar ishlari, diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari lavozimi;
–uchinchidan, Respublika Kengashi va fuqarolar yig‘inlari kengashlari huzurida keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha rais o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etiladigan bo‘ldi.
Eng ahamiyatlisi, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini, joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirishga katta ahamiyat berilganligi bejiz emas. Mamlakatimiz mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan so‘ng fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari republikamizning barcha shahar va qishloqlarida yana o‘zining azaliy nomi, “mahalla” atamasi bilan yuritiladigan bo‘ldi. Ko‘p asrlik tajribaga ega bo‘lgan mahalla o‘zining butun tarixi mobaynida o‘z o‘rnini saqlab qoldi. U o‘zini-o‘zi rivojlantirish borasida boy tajribaga egaligi va demokratik boshqarishning eng maqbul shakli ekanligi bois, mustabid tuzum yillarida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. “O‘z-o‘zini boshqarishning xalqimiz an’analari va qadriyatlariga xos bo‘lgan usuli - mahallalar tizimi so‘nggi yillarda juda katta nufuzga ega bo‘lib bormoqda. Ular amalda o‘zvakolatlaridagi barcha ishlar uchun mas’uldirlar. Zero, mahallaning qo‘lidan kelmaydigan ishning o‘zi yo‘q”.
Xalqimiz hayotida amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlar natijasida barcha shahar, qishloq, va ovullarda yangidan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ya’ni mahallalar tashkil etilib, ularning soni ortib, nufuzi yanada oshmoqda. Xususan, 2009 - yilgacha O‘zbekistonda 9 mingdan ortiq mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari majud bo‘lgan bo‘lsa, ularning soni 2018- yilgacha 10 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Ularning har birida o‘rtacha uch mingdan o‘n ming nafargacha aholi istiqomat qiladi.
2001- yilda respublikada 67 -90 ta mahallalardagi “Yarashtirish komissiya” lari tarkibidagi 49932 nafar a’zolar yordamida 17939 ta oila-turmush doirasidagi mojarolar yechilgan. Agar ushbu ko‘rsatkichlarni Toshkent shahri misolida olib qaraydigan bo‘lsak, oila va mahalladagi umumiy holat 2013- yilda, 2012- yildagiga nisbatan ijobiy tomonga o‘zgargan. Masalan, noqobil, notinch, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan oilalar soni 2013- yilda, 2012- yilga nisbatan 49 taga (857 -808), xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 481 taga (25 -12-2031 -), jinoyat sodir etgan xotin qizlar soni 318 taga (2300 -1982), jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar soni 58 nafarga (564- 506), xorijiy davlatlardan deportatsiya qilingan ayollar soni 22 - taga (27 -5), suiqasd holatlari 18 taga (140-122), onalar o‘limi 1 taga (9-8), bolalar o‘limi 2 taga, (212-210), 15-16 yoshlilar tug‘rug‘i 7 taga (18-11), abortlar soni 48 taga (7 -24 -67 -6) kamaygan. 2017 - yilning ikkinchi yarmida Respublikamiz miqyosida 2304 nafar ajralish ostonasida turgan oilalar mahallalardagi “Yarashtirish komissiyasi”, jamoatchilik va mahallalarning aralashuvi bilan saqlab qolingan.
2017 - yil davomida “Yarashtirish komissiyalari” ning bevosita aralashuvi, oqilona tadbirlar samarasi tufayli 42 ming 837 - ta oiladagi munosabatlar barqarorlashtirilib, ajirimlarning oldi olingan. Shu yili ularga fuqarolardan 85 ming 708 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 57 - ming 448 tasi er-xotin, 11 ming 142 tasi qarindoshlar, 11 ming 265 tasi esa qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklar tufayli sodir bo‘lgan. Yana bir qancha sababalr bilan shunday salbiy holatlar sodir bo‘lish ko‘rsatkichlari quyidagicha. Yoki 1039 holatda erkakning spirtli ichimlik iste’mol qilishi, 114 holatda giyohvandlik moddasiga ruju qo‘yishi, 6338 holatda esa, oilaviy hayotga qaynona, qaynota va boshqa shaxslarning aralashuvi sabab bo‘lgan. Shuningdek, “Yarashtirish komissiyalari” tomonidan 9 ming 339 ta murojaat asosida qarindoshlar, 8 ming 883 ta holatda qo‘ni-qo‘shnilar murosaga keltirib, yarashtirilgan. 3477 nafar fuqaro ichki ishlar bo‘limlari tomonidan prfilaktik hisobga olingan bo‘lsa, 13 ming 661 nafar fuqaro esa yig‘inlar mutasaddilari nazoratida turibdi. 2019-yil 1-fevralgacha respublika mahallalarida 12 mingdan ziyod notinch oilalarning muammolari o‘rganilgan. Sa’yi-harakatalar natijasida ajralish arafasida turgan oilalarning 25 - mingdan ziyodi yarashtirilgan, 4 mingga yaqin kishilar FXDYO va suddan arizalarini qaytarib oldi. Respublikadagi 986 ta mahallada bironta ajralish holati qayd qilinmagan. 2019-yilda ushbu yig‘inlarning oilalar bilan ishlash bo‘yicha tajribasini boshqa viloyatlarga ham joriy qilish maqsadga muvofiq.
Umuman 2018- yilda respublika bo‘yicha 350485 ta qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilaning muammolari tahlil qilindi, 3 ming 500 ta oila nochorlikdan chiqarilgan. Biroq, hamon mahallalarda yoshlar tarbiyasi bilan ishlash masalasida kamchiliklar talaygina. Xususan, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh kelin-kuyovlar o‘rtasidagi salbiy munosbatlar va ajirimlarni oldini olish, oila va mahalla hamkorligini ta’minlash, oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi “Yarashtirish komissiyalari” ning o‘ziga xos o‘rni bo‘lishi lozim.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim bo‘g‘ini sifatida mahalliy davlat hokimiyati bobida o‘rin oldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalar faoliyatining, ularga berilgan vakolatlarning demokratik, qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun hamda Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyatining muhim asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi. Konstitutsiyaning 105-moddasida “Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylanishi”, belgilab qo‘yilgan.
Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirishda 1999- yilda tashkil etilgan Respublika “Mahalla ziyosi” o‘quv-uslubiy markazi muhim rol o‘ynadi. Shu yili mazkur dargohda 450 rais o‘z malakasini oshirgan bo‘lsa, 2000 - yilda ushbu o‘quv markazida 25 -00 yig‘in raislari, 445 ta xotin-qizlar masalalari bo‘yicha komissiya a’zolari o‘z malakalarini oshirganlar. 2013- yil 10 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning o‘zini o‘z boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirishlarini tashkil etish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq shu yildan boshlab rais, kotib, diniy ma’rifiy, ma’naviy axloqiy masalalar bo‘yicha rais o‘rinbosari hamda “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi o‘z malakalarini oshiradigan bo‘ldilar.
“Xalq bilan muloqot” shiori ostidagi islohotlar mevasi sifatida 2016- yilning 24 - sentabridan boshlab tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalari o‘z faoliyatlarini boshladilar. Unga muvofiq Prezidentning Virtual qabulxonasiga 2017 - yilning fevral oyigacha fuqarolardan 509122 ta murojaat kelib tushgan va ularning 436408 tasi ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2018- yil oxirigacha 2 million 500 ming nafardan ziyod kishi o‘zini qiynab kelayotgan muammolarga yechim topganlar. Buaholiningengdolzarbmuammolarinihaletishimkoniniberdi, davlathokimiyati, fuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarish organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmini yaratishga asos bo‘ldi.
Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarini uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni, davlat organlarining aholi bilan ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilish maqsadida 2019-yil 1-fevraldan boshlab Prezidentning “Aholi muammolari bilan ishlash yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘rsida”gi farmoni imzolandi.
Aytish joizki, so‘nggi yillarda mahalla institutini yanada takomillashtirish yuzasida ko‘rilgan chora-tadbirlar barcha sohalarda ijobiy siljishlarda o‘z aksini topmoqda. Jumladan, bu borada mamlakatimiz Prezidentining 2017 - yil 3 - fevraldagi yangi tahrirda qabul qilingan «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Farmoni hamda 2018- yil 15 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Mahalla institutining yanada samarali faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘risida» gi qarori qabul qilinishi muhim qadam bo‘ldi.
|
| |