• Tayanch iboralar
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet96/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    5 – MAVZU: O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR
    Reja:
    1. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.
    2. Mustaqil O‘zbekistonda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
    3. O‘zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi, jamoat tashkilotlari va ularning faoliyati.


    Tayanch iboralar: ko‘ppartiyaviylik tizimi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati, Oliy Kengash, Oliy Majlis, Senat, deputat, prezident lavozimi, saylov tizimi, jamoat tashkilotlari.
    1.Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi.

    Davlat mustaqilligining dastlabki yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi. Avvalo, sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi - Ministrlar Sovetining maqomi tamoman o‘zgartirildi. 1990 - yil 24 - martda O‘zbekistonda prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o‘zgartirishni talab qildi. 1990 - yil 15 noyabrda O‘zbekiston Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.

    Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar ko‘ndalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib, birdaniga demokratik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz, deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini ta’kidlagan edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash, tarbiyalash kerak edi. „Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri keladi“.
    O‘zbekistonning siyosati inson va jamiyatning erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan. Yurtboshimiz o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini kafolatlaydigan darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifalarini belgilab berdi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.