• Savol va topshiriqlar
  • Ijtimoiy va ma’naviy sohada




    Download 10,97 Mb.
    bet98/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
    - umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquqlariga doir xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni; - ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning vatanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta’mirlashni; - o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga chiqarishni; - hurfikrlilikni, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni; - ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni; - hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni; - yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta’lim olish, kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq berishni; - ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. Mana shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va millatlararo totuvlikni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
    Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi ham, so‘zi ham qonundir... Qonunni buzishga hech kimning haqqi yo‘q.

    Islom Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992- yil 4- yanvarda so‘zlagan nutqidan
    Savol va topshiriqlar
    1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda nimani tushunasiz?
    2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi?
    3. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
    4. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?
    5. Iqtisodiy sohada-chi?
    6. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?
    7. Тaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib ko‘ring.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   163




    Download 10,97 Mb.