Urushdan keyingi yillarda ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va




Download 32.64 Kb.
bet2/5
Sana16.05.2023
Hajmi32.64 Kb.
#60602
1   2   3   4   5
Bog'liq
20 mavzu
24 mavzu, Axborot haqida tushincha va uni o‘lchov birliklari, Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot., Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari., 8 Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Matn, jadval prosesso, 12Microsoft Office Word matn muharririda jadvallar va ob’yektlar bilan ishlash, 14Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar, 16Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari, 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari, 18Veb-sahifa yaratish asoslari. HTML tili. CMSlar va ular yordamida saytlarni boshqarish, 19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org, 5Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari.
1. Urushdan keyingi yillarda ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va milliy ziyolilarni qatag’on qilishning yangi to’lqini. Urushdan keyin mamlakatda rahbarlik qilish usullari normal xolatga o’tadi, tinch ko’rilishga moslashtiriladi, ijtimoiy - siyosiy hayot demokratlashtiriladi, degan orzu -niyatlar ruyobga chiqmadi. Aksincha iqtisodiyotda, ijtimoiy - siyosiy va ma’naviy hayotda ma’muriyatchilik kuchaydi. Mamlakatni boshqarish partiya -davlat apparatida rahbarlik lavozimlarini egallagan tor doiradagi xodimlar tomonidan tayyorlanadigan, shaxsan Stalin imzosi bilan matbuotda e’lon qilinadigan farmon va qarorlar orqali amalga oshiriladigan bo’lib koldi. Hammani, xususan joylardagi rahbarlarni nazorat ostiga olgan totalitar tuzum Kremlda utirganlarga mamlakatni farmon va qarorlar bilan boshqarish imkoniyatini berardi.
Respublikalarning, jumladan, O’zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohadagi muammolarni xal qilish huquqlari yanada cheklanib bordi. Stalinning g’alabani ta’minlashda rus xalki asosiy rolь o’ynadi, degan
mash’um g’oyasi butun malakatni ruslashtirish siyosatiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari, Kompartiya va komsomol tashkilotlari ruslarni «katta», «ulug’ og’amiz» deb baralla targ’ib qila boshladi.
Markaz mutasaddilari, mafkurachilari rahnamoligida o’tgan asrlarning 50 - yillari boshlarida O’zbekistonda boshlanib ketgan ilg’or ziyolilar, ilm -fan, adabiyot, san’at, ma’rifat namoyadalarini kuvgin va ta’qib qilishlar, ular ijodidan kir izlash, ayb topishga urinishlar, shubhasiz, respublika ma’naviy hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. U ko’plab olimu ijodkorlar, shoiru adiblar, iste’dod sohiblari hayotini tahlikali xolatga duchor etdi. O’zbekiston Kompartiyasi MK, ning 1949 yil 25 iyundagi «O’zbekistan Sovet yozuvchilar soyuzining ishi to’g’risida»gi qarorida A. Qahhorning «Qo’shchinor chiroqlari» romani tanqid qilindi. Yozuvchilardan Oybek, Mirtemir, F. Gulom, U. Rashidov, M. SHayxzoda, M. Boboev, A. Qayumov va boshqalar badnom qilindi. «SHarq yulduzi», «Zvezda vostoka» jurnallarining tahririyatlariga bir qator «yaramas» asarlarni chop etishga yo’l qo’ygan, degan jiddiy ayblar quyildi.
1948 - 1949 yillarda 20 dan ortiq yirik talantli olimlar, yozuvchi va shoirlar qamoqqa olinib, yopiq ravishda so’roq qilinib, millatchilikda ayblanib, 15 - 25 yilga ozodlikdan mahrum etiladi va surgun qilinadi. O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1950 yil 1 sentyabrda qabul qilgan «O’zbekiston Fanlar Akademiyasining ishi to’g’risida»gi qarorida bir qator iqtisodiyot, til va adabiyot sohasidagi olimlar millatchilikda ayblandi.
O’zbekiston Kompartiyasi MKning 1951 yil 8 apreldagi «O’zbekiston SSRda musiqa sa’natining ahvoli va uni yanada rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi qarorida O’zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiyning «Farxod va SHirin», «Layli va Majnun» dostonlari, «Toxir va Zuxra», «Alpomish» xalq dostonlarining afsonaviy folьklor syujetlariga asoslangan opera, balet va musiqali drama spektakllarini yaratish va saxnalarda ko’rsatish «zararli» ish deb baholandi. Bunday spektakllarni sax,nalashtirgan ijodiy xodimlar qattiq tanqid ostita olindi. SHuningdek, Ko’pgina konsert tashqilotlari va musiqali teatr xodimlari «Eski, arxaik musiqani va juda gamgin, mungli maqom namunalari»ni tarkatganligi uchun qoralandi. Qarorda «O’zbekistonning musiqa san’ati hayotdan orqada kolmokda, O’zbek xalqini kommunistik ruhda tarbiyalash maqsad va vazifalariga to’la - to’qis xizmat kilmayotir», deb ta’kidlandi.
1951 yil 10 avgustda respublika matbuotida «Ba’zi shoirlarning ijodidagi mafkuraviy bo’zgunliklar to’g’risida» degan makola e’lon qilindi. Unda Turob To’la, Kamtar Otaboev, Mirtemir, A. Bobojonov, Sobir Abdulla, Xdbibiylarning asarlari kommunistik mafkuraga, xalqlar do’stligiga zid g’oyalarni ilgari suruvchi asarlar sifatida tanqid qilindi, ular millatchilikda ayblandi.
1951 yil 24 avgustda matbuotda e’lon qilingan «O’zbek sovet adabiyoti vazifalaridan chetda» nomli makrlada Oybek, X. Zaripov, X,. Yokubov, I. Sultonov va boshqa adiblar mafkuraviy ogishlarda qoralandi. M.SHayxzoda, SHo’qrullo Yusupov, Gulom Alimov (SHuhrat)lar 1951 yilda «sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati»da aylanib qamoqqa olindi va keyinchalik 25 yil ozodlikdan maxrum etishga xukm qilindilar.
1952 yil fevralida bo’lib o’tgan O’zbekistan Kompartiyasi MKning X Plenumi ilmiy va ijodiy ziyolilarni kuvgin, ta’qib ostiga olishda yana bir turtki bo’ldi. Plenum da «Respublikada mafkuraviy ishlarning axvoli va uni yaxshilash choralari to’g’risida»gi masala muhokama qilindi va tegishli qaror qabul qilindi. Plenumda faylasuf V.Zoxidovning ilmiy ishlariga burjua -millatchilik xatolari yuklandi. Tarixchi A. Boboxujaev va iqtisodchi O.Aminov panturkizmni targib qilishda ayblandi. Ular «siyosiy va ishchanlik sifatlari jihatidan egallab to’rgan lavozimlariga to’g’ri kelmaydigan shaxslardir», deb hisoblandi va ishdan bo’shatildi. T. To’la va M. SHayxzodalarning she’r va kushikdari «g’oyasiz va axloksiz» asarlar, deb baholandi.
O’zbek xalqining ma’naviy merosi, milliy qadriyatlari yana bir bor oyok osti qilindi, bu sohada faoliyat yuritgan ijodkorlar qatag’on qilindi. Tarixiy O’tmish ham, zamonaviy hayot ham kommunistik mafkura, sinfiylik nuqtai nazardan turib Ko’pol ravishda bo’zib baholandi. Natijada ma’naviy hayotga, falsafiy va badiiy tafakkurga, madaniyatga katta zarar yetdi.
Stalin vafotidan keyin butun SSSRda bo’lganidek, O’zbekistonda ham shaxsga siginish oqibatlarini tugatish tadbirlari ko’rildi. 1956 yil KPSS ning XX s’ezdida N.S. Xrushchyov boshliq partiya rahbarligining bir qismi Stalin shaxsiga siginishni, nox,ak qatag’onlar va rahbarlikning avtoritar usullarini fosh kilib chiqdi. K,atagon qilinganlar ishini qaytadan ko’rib chiqishga kirishildi. Ko’pgina jinoiy ishlar to’qib chiqarilgani, minglab odamlar nohaq qamalib, ozodlikdan maxrum etilgani aniqdandi va ular oklandi. A. Krdiriy, CHo’lpon, Fitrat va boshqa Ko’plab yozuvchi va shoirlar okdandi. Minglab partiya, sovet, komsomol xodimlari nomlari poklandi. 50 -yillarning boshlarida shubxa ostiga olingan, har bir kadami nazorat qilinayotgan 60 nafardan ziyod yirik olimlar, adiblardan «millatchi, sovetlarning dushmani» degan yorlikdar olib tashlandi, tuxmatlardan xalos bo’ldi.
Afsuski, jamiyat ma’naviy hayotida uno’tilmas voqea bo’lgan bu bir qadar ilikdik mux,iti uncha uzoq davom etmadi. Odamlar xoxishi, erkini bugib, ixtiyorini o’ziga buysundirib, hamma narsani xukmron tuzum manfaatlariga xizmat qildirib kelgan kommunistik mafkura va uning maddoxlari Ko’p o’tmay o’z zulmkorligini qaytadan kuchaytirishga kirishdi. Uning tigi avvalo ijodkorlarga nisbatan qo’llanila boshlandi. Buning natijasida respublikaning ilm - fani, madaniyatiga salmokdi hissa kushgan
taniqdi allomalar, iste’dodli ijodkorlar Ko’prok aziyat chekkanligi, taqdirning ko’tilmagan zarbalariga uchraganligi ayni xdkikatdir.
Umuman, 1939 - 1953 yillarda 61 ming 799 kishi qamaldi. SHulardan 56 ming 112 kishi turli muddatlarga ozodlikdan maxrum etishga xukm qilingan, 7 ming 100 kishi esa otib tashlangan. Gayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilganlar orasida olimlarni ham, harbiylarni ham, ziyolilardan tortib oddiy ishchilaru dexdonlarni, xdtto kasb -xunarmandlarni ham istagancha topish mumkin edi.
Xulosa kilib aytganda, O’zbekistonda amalga oshirilgan qatag’onlik siyosatining tub maqsadi va asosiy sabablari quyidagilar edi:
> unchalik katta bo’lmagan muayyan guruh,ga kirgan shaxslarning hokimiyatni o’z shaxsiy manfaatiga xizmat qildirish uchuy yaratilgan ma’muriy - buyruqbozlik tizimini mustahkamlash;
> jamiyatni boshqarishda yo’l quyilgan kamchilik va xatolarni o’zga shaxe va guruhlarning zimmasiga yuklash;
> jamiyat a’zolarini kurkuvda, tobelikda sakdash, ularni mankurtga aylantirish.

Download 32.64 Kb.
1   2   3   4   5




Download 32.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Urushdan keyingi yillarda ma’muriy - buyruqbozlik tizimi va

Download 32.64 Kb.