|
Zamonaviy kompyuter tarmoqlarning rivojlanish tendentsiyalari
|
bet | 1/6 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 137,21 Kb. | | #157310 |
Bog'liq 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari
Zamonaviy kompyuter tarmoqlari
Reja:
Zamonaviy foydalanuvchilar uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari.
Zamonaviy kompyuter tarmoqlarning rivojlanish tendentsiyalari
Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi kompyuter tarmoqlarining fizik aloqa topologiyasi
Kompyuter tarmog`ining strukturalari
Zamonaviy foydalanuvchilar uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning afzalliklari.
Kompyuter tarmoq yaratilishi 2 ta katta muammomolarni hal qilishga olib keldi:
Foydalanuvchilar hududiy joylanishiga bog`liq bo`lmagan holda cheklanmagan kirish bilan ta`minlanishi;
Katta xajmdagi axborotlarni istalgan masofaga operativ uzatish, ularni u yoki bu echimlari bo`yicha o`z vaqtida natijalarni olish;
Bundan tashqari hisoblash tarmoqlaridan foydalanishda quyidagi avzalliklarni qayd etish mumkin:
Taqsimlangan qayta ishlash bilan ta`minlash va ko`pgina EHMlar bilan
parallel qayta ishlash;
Turli EHMlar xotirasida taqsimlangan ma`lumotlar bazasini yaratish;
Bir-biridan uzoqda joylashgan EHMlar o`rtasida katta informatsiya massivlari bilan almashish imkoniyati;
qimmatli resurslardan – amaliy dasturlar paketi (ADP), ma`lumotlar bazasi (MB), bilimlar bazasi (BB), chop etish qurilmalar (CHK) dan kollektiv foydalanish;
Elektron pochta (EP), telekonferentsiya, elektron e`lonlar taxtasi, masofaviy ta`lim kabi qator xizmatlar ro`yxatidan foydalanish;
hisoblash texnikasi va informatika vositalarini jadalroq va bir tekisda ularni yuklash, shuningdek foydalanuvchilarning so`roviga ishonchli xizmat qilish hisobiga ularning samaradorligini oshirish;
Foydalanuvchilar o`rtasida hisoblash quvvatlarini operativ ravishda qayta taqsimlash, ularni extiyojiga ko`ra o`zgartirish, shuningdek tarmoqning ayrim elementlari ishdan chiqish holatlarida ma`lum uzatish vositalar va quvvatlarni rezervlash imokniyatiga ega bo`lishi;
Texnikaviy, dasturiy va informatsion vositalarni takomillashtirish bo`yicha ishni engillashtirish;
hisoblash texnikasi va informatika vositalarni sotib olish va ularni ishlatish bo`yicha harajatlarni kamaytirish.
|
| |