• Fanning predmet va vazifalari.
  • Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Apparat ta’minot. Reja




    Download 79 Kb.
    bet1/7
    Sana15.02.2024
    Hajmi79 Kb.
    #157268
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot.
    20 mavzu, 24 mavzu, Axborot haqida tushincha va uni o‘lchov birliklari, Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari., 8 Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Matn, jadval prosesso, 12Microsoft Office Word matn muharririda jadvallar va ob’yektlar bilan ishlash, 14Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar, 16Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari, 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari, 18Veb-sahifa yaratish asoslari. HTML tili. CMSlar va ular yordamida saytlarni boshqarish, 19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org, 5Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari.

    Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Apparat ta’minot.

    Reja:
    1.Fannining predmet va vazifalari.
    2. Axborot komplekslari va texnologiyalari haqida tushuncha.
    3.Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
    4. Axborot texnologiyalarining tasnifi.
    5.Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishida axborot texnologiyalarining ahamiyati.
    Fanning predmet va vazifalari.
    Ilmiy texnika rivojining diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - hisoblash texnikasining inson faoliyatining barcha sohalariga keng miqyoda tatbiq qilinishidir. Xalq xo`jaligining rivoji o`z navbatida yuqori unumli elektron hisoblash mashinalarini (EHM), raqamli-programmali boshqariladigan stanoklar va qurilmalar, sanoat robotlari va ishlab chiqarish modullarini ishlab chiqarishni ko`paytirish va keng miqyosda tatbiq etishni talab etadi. Avtomatlashtirishning asosiy quroli bo`lib, o`zining algoritmik va programma ta’minotiga ega bo`lgan kompyuterlar
    Dvigatel va robotlarning kashf qilinishi jismoniy mehnatni avtomatlashtirish asrini ochgan bo`lsa, kompyuter va sun’iy intellekt vositalarning paydo bo`lishi inson aqliy faoliyatida xuddi shunday yangi davrni boshlab berdi. Shuning uchun ilmiy - texnika rivojining hozirgi bosqichi ko`pincha "kompyuter inqilobi" deb yuritiladi.
    Elektron hisoblash texnikasining, ayniqsa, mikrokompyuter vositalarining tez rivoji o`ziga xos yangi ilmga turtki berdi. Hozirgi paytda informatika faniga ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan yangi ilmiy yo`nalish sifatida qaralmoqda.
    Kompyuterlarni yangi aloqa vositalari orqali bog`lash imkonining vujudga kelishi informatsion texnologiyaning va shu jumladan "qog`ozsiz" informatikaning imkoniyatlarini keskin oshirdi. Bu zamonaviy texnologiya jamiyat turmushining barcha sohalariga o`z amaliy ta’sirini o`tkazmoqda.
    Agar 70-yillarda EHM-lar maxsus hisoblash markazlarida joylashtirilib, faqat mutaxassisoperatorlar bu EHM-larda ishlagan bo`lsa, hozir esa kompyuterlar ixcham, lekin juda imkoniyati keng bo`lgan qurilma bo`lib, mutaxassislarga avtomatlashtirilgan ravishda ma’lumotlar va bilimlar bankiga bevosita murojaat qilish imkonini ta’minlaydi.
    Ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash bo`yicha kompyuterlarni samarali qo`llash doirasi kundan-kunga kengayib bormoqda.

    Download 79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Apparat ta’minot. Reja

    Download 79 Kb.