Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir




Download 79 Kb.
bet2/7
Sana15.02.2024
Hajmi79 Kb.
#157268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot.
20 mavzu, 24 mavzu, Axborot haqida tushincha va uni o‘lchov birliklari, Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari., 8 Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Matn, jadval prosesso, 12Microsoft Office Word matn muharririda jadvallar va ob’yektlar bilan ishlash, 14Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar, 16Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari, 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari, 18Veb-sahifa yaratish asoslari. HTML tili. CMSlar va ular yordamida saytlarni boshqarish, 19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org, 5Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari.
Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir:
-ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish;
-ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
-tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash;
-maktablar, kollejlar, oliy o`quv yurtlarida o`qitish va kadrlar tayyorlashni kompyuterlashtirish; xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash va aholi turmush sohalariga informatikani tatbiq etish. Xususiy kompyuterlarning paydo bo`lishi informatikani tatbiq etish va "kompyuter bo`yicha savodsizlik"ni tugatishni tezlatishga asosiy turtki bo`ldi.
Hozirgi zamon kompyuterlariga bo`lgan qiziqish shuning uchun ham oshdiki, ular masalani yechishda mehnat unumdorligini keskin oshirdi. Masalan, katta integral sxemalarini loyihalashtirishni avtomatlashtirishda kompyuterlarning qo`llanishi loyihalarni ishlab chiqishni bir necha yildan bir necha oygacha qisqartirish imkonini berdi. Bu integral sxemalar yangi kompyuterlarda qo`llanishini hisobga olsak, kompyuterlarning mukammallashib borishi juda tez yuz berishi va yaqin orada juda ham mukammal kompyuterlar yaratilishi kutilishiga umid qilishimiz mumkin.
Xususiy kompyuterlarning imkoniyatlari avtomatlashtirilgan ish o`rinlari (AIO’)- ning yangi avlodini yaratish imkonini beradi. Bunday aqlli stantsiyalar programma ta’minotining asosiy qismlaridan biri bo`lib funktsional protsessorlar xizmat qiladi.
Funktsional protsessorlar turli xildagi ma’lumotlardan qulay holda foydalanish, foydalanuvchi va kompyuter orasida samarali dialog rejimini ta’minlash bilan birga katta hajmli ma’lumotlar bazasi bilan ham ishlash imkonini beradi.
Hisoblash texnikasidan hisob-kitob, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqarish ishlarini bajarishda foydalanish, bu ishlarni yuqori saviyada bajarishdan tashqari boshqaruv apparatidagi xizmatchilar sonini kamaytirish, to`liq va aniq ma’lumotlarni istalgan vaqt oralig`i uchun olish imkonini beradi.
Hozirgi zamon aloqa sistemalari kompyuterlarni istalgan uzoqlikdagi elektron ma’lumot manbalariga ulash imkonini beradi. Bunga misol bo`lib, sun’iy yo`ldoshlar orqali bog`langan kosmik aloqa sistemasi hamda dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidagi 1500 dan ortiq ilmiy markazlarni bog`lovchi xalqaro kompyuter tarmog`i xizmat qilishi mumkin.
1976 yilda Frantsiyada Videotex deb nomlangan milliy tarmoq yaratishga kirishildi. Bu tarmoqdan foydalanish uchun har bir telefon apparati bor bo`lgan xonadan o`z xonadoniga terminalni o`rnatishi mumkin. Bu terminal yordamida telefon tarmog`i orqali kerakli tashkilot nomerini terib, u yerdagi kompyuterdan foydalanib turli xil xizmatlarni, shu jumladan bank xizmatlarini ham olish mumkin. 1986 yilga kelib 2,5 million shunday terminallar o`rnatildi. Shulardan bir qismi tekinga o`rnatildi.
Teletal nomli loyihaga binoan 2 ming xil xizmat ko`rsatish turi mavjud bo`lib, shulardan 30 xili bank xizmatlari ko`rsatish uchun mo`ljallangan. 1986 yil boshida 150 ming iste’molchilar uchun va 50 ming ishbilarmon uchun elektron schetlar ochildi. 1986 yil oxirida Frantsiyaning taxminan 2% xonadon egalari o`z uylarida banklarning bo`limlariga ega bo`ldilar.
Bu yo`nalishlarni Buyuk Britaniyada "Nottingxem Bilding Sosayeti" va "Benk of Skotland", Germaniyada "Keln jamg`arma banki” va Gamburgdagi "Ferbrauxer Bank" tashkilotlari boshlab berdi. Shvetsiyada uylardagi banklar bilan ishlashni Stokgolmdagi "Gota banken" boshlab berdi. O’zbekiston Respublikasi uchun ko`rib chiqilayotgan muammo juda ham dolzarbdir. Bank tizimini keskin ravishda rivojlantirishda faqat yangi texnik bazaga tayanish kerak. Yetarli darajada avtomatlashtirilgan holda bank bo`limi o`z kassasi bilan birlashtirilishi va terminallari aloqa bo`limlari, magazinlarda, vokzallarda va hokazolarda joylashgan hisoblash tarmog`ini tashkil qilish mumkin.

Download 79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir

Download 79 Kb.