Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Apparat ta’minot. Reja




Download 79 Kb.
bet4/7
Sana15.02.2024
Hajmi79 Kb.
#157268
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot.
20 mavzu, 24 mavzu, Axborot haqida tushincha va uni o‘lchov birliklari, Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari., 8 Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Matn, jadval prosesso, 12Microsoft Office Word matn muharririda jadvallar va ob’yektlar bilan ishlash, 14Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar, 16Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari, 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari, 18Veb-sahifa yaratish asoslari. HTML tili. CMSlar va ular yordamida saytlarni boshqarish, 19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org, 5Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari.
Birinchi EHM 1945 yil AQSH da olimlar Dj. Mougli va D.Ekkert tomonidan yaratilib, unga ENIAK nomi berildi. Bu EHM 18000 elektron lampadan tuzilgan bo`lib, asosiy element bazasi elektromagnitli relelarga asoslangan edi. Sobiq SSSR da esa birinchi elektron lampaga asoslangan KEHM (kichik elektron hisoblash mashinasi) 1951 yil akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratilgan. 1952 yili yana shu olim rahbarligida katta elektron hisoblash mashinasi (KEHM-2) yaratilib, uni 1954 yili qayta ishlab takomillashtirilib, uning ish unumdorligi o`sha vaqt uchun juda katta bo`lgan hisoblash tezligi sekundiga 10000 operatsiyaga yetkazildi.
EHMning rivojlanish avlodlari quyidagi ko`rsatkichlar bilan ifodalandi: EHMning ichki tuzilishi (arxitekturasi), programma ta’minoti, EHM bilan foydalanuvchining o`zaro aloqa vositalari (tillar va muomala shakli) va texnika jihatidan amalga oshirilishi (element bazasi, texnik ko`rsatgichlari). Tabiiyki, ba’zi-bir ko`rsatkichlarning rivojlanishi bir xilda emas; shuning uchun ham EHMlarni avlodlarga ajratish ko`proq va ma’lum bir ma’noda shartli hisoblanadi.
Programmalar mashina tilida tuzilib, har bir alohida foydalanuvchi o`z ixtiyoricha ishlar edi. EHMni ma’lum bir vaqtga olib, vaqtning bir qismi programmani sozlash uchun ajratilardi.
Programma ta’minoti asosan standart kichik programmalardan tuzilardi. Birinchi avlod EHMlari o`zlarining katta geometrik o`lchamlari, ko`p energiya talab qilishi va ishonchliligining kamligi bilan farqlanardi. EHMning tezligi va xotira sig`imi katta emas edi. Birinchi avlod EHMlariga umumiy tavsif berilsa, operatsion muhitning oddiyligiga, unda elementar operatsiyalarning oldindan aniqlanilishi, dialog darajasining juda soddaligi, EHMda interfeys kanallarining yo`qligi konkret qurilmalarni boshqarishni va hisoblash jarayonini foydalanuvchi tomonidan tushunishni qiyinlashtirar edi.
EHMning birinchi avlodidagi operatsion muhit – bu konkret algoritmlar mexanizmining amalga oshirilishi foydalanuvchi tomonidan beriladigan operatsiya va vazifalar programmasining ketma-ketligidir. Shu bilan birga bular sanoatda ishlab chiqarilgan birinchi mashinalar bo`lib, ko`pgina standart masalalarni yechishda qayta-qayta foydalanish uchun programmalarni saqlash imkoniyatiga ega edi. Bu ish esa foydalanuvchining EHM bilan uzviy muomalasi yordamida amalga oshirilar edi.
Shuning uchun foydalanuvchidan hisoblash jarayonini boshqarish uchun programmalashtirish bosqichlarini chuqur o`rganish talab etilardi. HMning 1-chi avlodiga oldinroq tilga olingan MESM, BESM-1,2, Strela, M-1, 2, M-20, Ural-1, Ural-2, Minsk-1, 2, Minsk-12 va boshqa mashinalar kiradi. Bu mashinalardan asosan ilmiy, texnik, muhandislik, iqtisodiy masalalarni yechishda foydalanilgan. Yarim o`tkazgichli va magnit elementli texnologiya rivojlanishi bilan 50- yillar oxiri, 60-chi yillar boshlariga kelib EHMning 2-chi avlodini o`zlashtirish boshlandi.

Download 79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 79 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Apparat ta’minot. Reja

Download 79 Kb.