Ikrom rahmonov




Download 7.45 Mb.
bet45/50
Sana13.05.2023
Hajmi7.45 Mb.
#59295
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
96297 02e27f76400aebb576d96a4b97f8be2a
Документ Microsoft Word (2)
Eskiz chizish tartibi. Eskizlar chizilayotgan detal elementlarining nisbatlarini, shaklini saqlagan holda chiziladi. Detal ancha katta bo‘lsa, kichiklashtirilib, ancha kichik bo‘lsa, taxminiy kattalashtirilib chiziladi. Ikkala holda ham masshtab qo‘llanilmaydi va unga rioya qilinmaydi. Lekin detal kattalashtirilib yoki kichiklashtirilib chizilishidan qat’i nazar bunday chizmalarga detalning haqiqiy o‘lchamlari qo‘yiladi.
Ishni tezlatish maqsadida eskiz chizishda aylana va uning yoyini hamda aylanani teng bo‘laklarga bo‘lishni sirkulda bajarish mumkin. Lekin keyinchalik aylana va uning yoyi ustidan qo‘lda chizib chiqiladi.
Detal haqidagi barcha ma’lumotlar eskizga yoziladi. Mukammal bo‘lmagan, o‘lchamlari tushib qolgan, chala bajarilgan eskiz detal yasash va ish chizmasini tuzish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Eskiz oldin qattiqroq qalamda, keyin ustidan yumshoq qalamda chizib chiqiladi.
32.1-chizmada eskizi chiziladigan detalning asli yaqqol tasvirda berilgan.
Uning eskizini chizish uchun:


  1. 14
    Detalning asliga qarab u har tomonlama o‘rganiladi; ichki va tashqi tuzilishi diqqat bilan ko‘zdan kechiriladi.


  2. 10

    30
    Detalning bosh ko‘rinishi va yana qancha ko‘rinishda chizilishi belgilanadi. Detalning bosh ko‘rinishini shunday tanlash joizki, u detalning shakli haqida to‘liq tasavvur bersin.

  3. Katak qog‘ozga A4 bichim hoshiyasi, asosiy yozuv chiziladi va har bir ko‘rinishning o‘rni yordamchi chiziqlarda belgilanib, markaz va o‘q chiziqlari chizib chiqiladi (32.2-chizma, a).

  4. Detalning ko‘rinadigan konturi chizib chiqiladi va ko‘rinmaydigan qismlari shtrix chiziqlarda chiziladi (32.2-chizma, b).

  5. Detalga o‘lcham chiziqlar chizib chiqiladi (32.2-chizma, d).

  6. Detelga aslidan o‘lchab olingan o‘lchamlari qo‘yiladi. Ortiqcha chiziqlar o‘chirilib, eskiz taxt qilinadi va asosiy yozuv yoziladi (32.2-chizma, e).


Download 7.45 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Download 7.45 Mb.