Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim
muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil
qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga
olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash.
III-bob:- Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga
oladi.
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi
kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
Kompetensiya
bolaning
bilim,
ko‘nikma,
malaka
va
qadriyatlari
majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola
shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,
bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos
hisoblanadi.
|