ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
STARTAPLARNI MOLIYALASHTIRISH
Roʻziyev Umrzoq Jamoloddinovich
Toshkent moliya instituti, Moliya fakulteti MMT-87 guruh talabasi
Safarova Nodira Ashuraliyevna
Toshkent moliya instituti, Moliya kafedrasi PhD, dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7923214
So‘nggi yillarda biznesda startap
kabi hodisa nafaqat mashhur, balki urf bo‘lib qoldi.
Televidenieda startaplar haqida gapirishmoqda, bu haqda kitoblar chop etilmoqda. Bir
qarasangiz, Internetda yangi tematik resurslar paydo bo‘lmoqda.
Startapning o‘ziga xos xususiyatlari bormi? Yoki bu atama istalgan istiqbolli tashabbusga
ishora qiladimi?
“Startap” so‘zi inglizcha startup – “startap” tushunchasidan kelib chiqadi va u endigina
yaratilgan yoki hali yaratilish jarayonida bo‘lgan kompaniyani anglatadi. Bunda o‘sha
kompaniyaning rivojlantirish va ilgari surish lozim bo‘lgan qandaydir biznes g‘oyasi
mavjudligi, ammo uning yaratuvchilari hozircha bozor tadqiqotlari
va uni amalga oshirish
uchun mablag‘ qidirish bilan bandligi nazarda tutiladi. Ba’zan iste’molchilarga innovatsion
tovar va xizmatlarni taklif qilmoqchi, ammo hozirda mutanosib biznes-texnologiyalar va
moliyaviy ko‘mak izlash jarayonida bo‘lgan kompaniyalar startaplar deb ataladi.
Bunday
kompaniyalarning kelajagi ancha mavhum ko‘rinadi.
Faoliyat sohasidan qat’i nazar, har qanday kompaniya startap deb hisoblanishi mumkin. Biroq
ayrim doiralarda yuqori texnologiyalar, Internet biznes va “aralash fanlar” sohasidagi
tashabbuslargina startaplar deb ataladi. “Startap” tushunchasi o‘tgan asrning 30-yillarida
Amerikada paydo bo‘lgan. Aynan o‘sha paytda ikki talaba – Xyulett va Pakkard – mo‘’jazgina
korxonaga asos solib, uni “startup” deb atashadi.
Sezib
turganingizdek, startap – ancha mavhum tushuncha.Shuning uchun uning ko‘plab
tadbirkorlar tomonidan tan olingan xarakterli xususiyatlarini ko’rsatib o‘tish joiz.
Yangi mahsulotga yo‘nalganlik. Ko‘pincha startap mohiyati innovatsion g‘oyalarni ilgari
surish yoki eski g‘oyani takomillashtirishdan iborat bo‘ladi. Shu sababli startaplar hatto eng
kuchli korporatsiyalar bilan ham raqobatlasha oladi, chunki ular ko‘p hollarda
innovatsiyalarni joriy etishga o‘zini urintirmaydi va allaqachon o‘z o‘rnini topib olgan tovar va
xizmatlarni taklif qilishda davom etishadi.
Shuning uchun ham, har qanday startapni
mavhumlik tomon sakrashgaqiyoslash mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019-2021 yillarda jami 90 ta startap loyiha
tanlov asosida moliyalashtirilgan. Shulardan, sog‘liqni saqlash sohasida 18,7 mlrd so‘mlik 20
ta, axborot texnologiyalar sohasida 14,5 mlrd so‘mlik 18 ta, qishloq xo‘jaligi sohasida 14,1
mlrd so‘mlik 22 ta, transportva energetika sohasida 9,6 mlrd so‘mlik 11 ta, qurilish sohasida
4,5 mlrd so‘mlik 7 ta, oziq-ovqat sohasida 3,3 mlrd co‘mlik 5 ta, mashinasozlik, ta’lim va
boshqa sohalarda 5,6 mlrd so‘mlik 12 ta startap loyihalar umumiy qiymati 70,3 mlrd so‘mni
tashkil etadi. Ushbu startap loyihalar amalga oshirilishi natijasida 674 ta yangi ish o‘rinlari
yaratilib, eksportbob va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Startapning asosida qiziqarli biznes-g‘oya yotadi.
Sir emaski, g‘oyasiz umuman hech qanday
biznes ham bo‘lmasdi. Biroq startapda g‘oya o‘ziga xos qimmatga ega.
Sohalarga innovatsion yangiliklar tatbiq etilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonlari
takomillashib, energiya samarador texnologiyalar joriy etiladi. Bu esa resurslarni iqtisod
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
41
qilinishiga, tayyor mahsulot tannarxining kamayishiga
va albatta bozorda yangi
raqobatbardosh mahsulot paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, startapingizni moliyalashtirish qiyin bo'lishi mumkin, ammo
foydalanish uchun turli xil manbalar mavjud. Qaror qabul qilishdan oldin har bir variantning
ijobiy va salbiy tomonlarini torting. Biznesingiz uchun eng yaxshi moliyalashtirish manbasini
aniqlaganingizda, boshlang'ich orzularingizni ro'yobga chiqarishga harakat qilishingiz
mumkin.
References:
1.
Sultonov Sh., Fozilchayev Sh. “Biznes moliyasi” fanidan o‘quv-uslubiy majmua. - T.: TMI,
2018 y. - 620 bet.
2.
Axmedov D.Q., Kasimov O.M. Biznes muhiti: nazariya va amaliyot. O’quv qo’llanma. – T.:
IQTISODIYOT, 2019. - 130 bet.
3.
Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; /– T.: “Iqtisod-Moliya” 2019. 800 b.
4.
Biznesni rejalashtirish. Darslik . 2020, 412 b. Ismanov I. N., Davlyatova G.M.,
Buzrukxonov S.M
5.
https://mininnovation.uz