|
Ilmiy rаhbаr Abduvosidova Gulandon
|
Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 25,65 Kb. | | #148827 |
Bog'liq Muhammadg\'ofur Shermatovning Islom moliyasi mavzusida yozgan maqolasi
O’ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYA XIZMATLARINI JORIY ETISH VA RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY MUAMMOLARI
Shermatov Muhammadg’ofur
Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti talabasi
E-mail: shermatovm08@gmail.com
Ilmiy rаhbаr
Abduvosidova Gulandon
“Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi o’qituvchisi
Hozirgi davrga kelib dunyo bo’ylab Islom moliya xizmatlariga qiziqish ortib bormoqda. Shuningdek, Islom moliyalashtirish xizmatlari orqali har yilini dunyo bozorida 15-20 foiz o’sish kuzatilayotgani bois, juda ko’plab davlatlar ushbu moliya xizmatlarini o’z mamlakatlarida joriy etishni ustuvor strategik maqsadlar sarasiga kiritmoqda. Hozirga kelib Islom moliya xizmatlari dunyo bo’ylab 400 dan ortib moliya institutlarida qo’llanib kelinmoqda, uning yillik aylanmasi esa 800 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi. Xususan, Biz ushbu o’zgarishlarni O’zbekiston tijorat banklari misolida ham ko’rishimiz mumkin. “Trastbank” XAB O’zbekistonda birinchilardan bo’lib Islom moliya xizmatlari bilan shug’ullanuvchi MCHJ “Trastmuomalat” tashkilotini ishga tushirganligi mamlakatimizning ushbu soxasida tayanch vazifasini bajaruvchi moliya tashkilkoti bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 12-oktabrdagi “Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlarni joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ham keng jamoatchilikga tanishtirilishi ham O’zbekistonda Islom moliyasi xizmatlarini joriy etishning asosi bo’lib ham e’tirof etildi. Shuningdek, Prezidentimizning “O’zbekiston-2030” strategiyasi tog’risidagi PF-158-sonli Farmonida ham ushbu sohani rivojlantirish asosiy maqsadlardan biri ekanligi alohida takidlandi. Ushbu strategiyada Bank tizimida islohatlarni jadallashtirish, bank xizmatlar bozori hajmini oshirish va sohada raqobatlarni rivojlantirish maqsadida O’zbekistonda 2030-yilgacha kamida 3 ta bankda Islom moliyasi me’zon va tartiblarini joriy etish, Islom moliyasining qonuniy asoslarini shaklantirish” maqsadi tomon izchil chora-tadbirlar o’tkazilmoqda1.
Hozirgi kunga kelib, xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi mamlakatimizda qator loyihalarni moliyalashtirishga ulgurdi. Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) va Islom Taraqqiyot banki (ITB) birgalikda O’zbekistonda 70 foiz moliyalashtirish yo’llarini Murobaha shartnomasi asosida banklar orqali moliyalashtirgan bo’lsa, 30 foiz esa to’gridan-to’gri moliyalashtirish xisassiga to’g’ri keladi. XSRIK va ITB moliyalashtirgan asosiy loyihalar iqtisodiyotning turli sohalari, farmasevtika, qurilish ishlari,qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat sohasi va to’qimachilik kabi sohalarga to’g’ri keladi2. Yuqorida keltirilgan tashkilotlar mamlakatimizning 15 ta tijorat banki va 2 ta lizing kompaniyalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan bo’lib, umumiy hisobda 285 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish liniyalarni ajratishni rejalashtirgan3.
Shuni ta’kidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasida islomiy moliyalashtirishga doir alohida qonunchilik mavjud emas. Bu esa islom bankchiligini O’zbekistonda joriy qilishda asosiy to’siqlardan biri bo’lib kelmoqda. O’zbekistonda Islom moliya xizmatlarini rivojlantirishning bir qator kuchli, kuchsiz va muammoli tomonlari borligini ham aytib o’tish joiz. Ushbu xizmatlarni joriy etishdagi kuchli tomonlarga to’xtalib o’tsak, ya’ni Prezidentimizning ushbu sohani rivojlantirishga oid qo’llab-quvvatlashi, Islom Taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun mablag’ ajratayotganligi, ushbu xalqaro tashkilotlar ajratayotgan kreditlar bemaqsad sarflanmasligi, Islomiy banklarning risklilik darajasi juda past ekanligi, iqtisodiyotning doimiy barqarorligi, shuningdek, mamlakatmizning bir qator partiya vakillari tomonidan yangi tasdiqlanishi kutilayotgan qonuniy hujjatlarga Islom moliya xizatlarini joriy etish va rivojlantirishning qonunlarini ishlab chiqishni keng muhokamaga qo’yilishi, mamlakatimizning ushbu sohada jadal rivojlanishiga turtki bo’lmoqda.
Biroq, ushbu sohada yana amalga oshirilmagan bir qator kamchiliklar va muammolar borligini ham aytib o’tish joiz. Mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish va joriy etishha doir biror bir qonuniy hujjat va normalarning haligacha mavjud emasligi, iqtisodiyotmizning asosiy bo’gni sifatida qaraladigan soliqlar va bank tizimi ushbu moliyaviy hizmatlarni joriy etishga tayyor emasligi va moslashmaganligi, islomiy xizmatlarni joriy etish va ushbu xizmat mahsulotlarning ommaga tanitishni amalga oshirishda kerak bo’ladigan malakali xodimlarning yetishmasligi, ushbu moliya tashkilotlarining aholining quyi qatlamlari bilan umuman yoki deyarli ishlamasligi, xususan hozirgi kunga kelib ushbu xizmatlardan foydalanishning to’liq mavjud emasligi bizning ushbu sohadagi kamchilik va asosiy muammolarimiz hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda koʻplab moliyachilar yurtimizda kechayotgan tub islohotlar davrida milliy moliya sektorini rivojlantirish, milliy iqtisodiyotimizdagi oʻsish koʻrsatkichlarini yanada yaxshilashda islom moliyasi muhim oʻrin tutishini, xususan, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishning yangi istiqbolli yoʻnalishlarini joriy etish, davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bank mahsulotlari bozori rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshishi mumkinligini taʼkidlamoqdalar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, O’zbekiston aholisining qariyb 93 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Islomda sudxo’rlik, ya'ni pulni foizga berish orqali foyda olish taqiqlangan, an'anaviy bank tizimi esa foizlarga tayanadi. Islom tamoyillariga tayangan, foiz, kredit va shu kabi bank xizmatlaridan foydalanishni istamagan aholi qatlami uchun islomiy moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan bank xizmatlari taklif etilsa, bu O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishi va ichki investitsiya hajmining ortishiga katta turtki bo’ladi. Shuningdek, bu tizimning joriy qilinishi O’zbekistonda jamg’arma va foydalanilmayotgan pul mablag’larini bank tizimiga jalb qilish, xufiyona iqtisodiyot salmog’ini kamaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga asos bo’lib xizmat qiladi.
|
| |