|
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi»
|
bet | 10/76 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 0,55 Mb. | | #99123 |
Bog'liq Oâquv uslubiy majmua magistratura barcha taâlim yoânalishlari uc-fayllar.org2-masala. Sinergetika har bir narsani sistema deb qaraydi. Sistemani ikki toifaga ajratadi: biri – yopiq sistema, ikkinchisi – ochiq sistema. Olamdagi jonsiz sistemalar yopiq, jonli sistemalar ochiq deb xisoblanadi. O‘z – o‘zidan tashkil topish, tashkillanish, asosan, ochiq sistemaga taalluqli deyiladi. Sinergetikada bu masala tartiblilik va tartibsizlik, chiziqlilik va chiziqsizlik, barqarorlik va beqarorlik, vaqtning orqaga qaytmasligi va qaytishi, befurkatsiya va fluktuatsiya, energiya va entropiya, sababiyat va oqibat, qonuniyat va tasodif, tabiat va jamiyat munosabatlari misollarida bayon etiladi. Sinergetikaning mazmuni shu masalalardani borat.
“Sistema” so‘zi grekcha bo‘lib “butun”, “qo‘shma”, “birlashma”, “yig‘ma”, “uyushma” ma’nolarini anglatadi. Bu oddiy yig‘inda emas, balki o‘zaro bog‘lanishda va o‘zaro ta’sirda bo‘lgan qismlardan, elementlardan tashkil topgan majmuadir. Masalan, dasturxondagi noz – ne’matlar yig‘indisi Sistema emas, ota, ona va farzandlardan tashkil topgan oila sistemadir, chunki ular orasida o‘zaro ta’sir bog‘lanishi bor. “Quyosh sistemasi” ham shunga o‘xshash. Odammiyasi o‘zaro bog‘langan milliardlab nerv xujayralaridan tashkil topgan. Bir neyron minglab boshqasi bilan bevosita aloqada.
Gegel sistema xususiyatiga alohida e’tiborbergan. Uning fikricha, olamdagi narsalar sistemalardan iborat bo‘lgani uchun ularni bilish ham Sistema shaklida bo‘lishi kerak. Sistemani bilish uchun uning elementlarini va ular orasidagi bog‘lanish xususiyatlarini bilish lozim. Bu esa dialektikaning talabidir.
Sistemani har xil jihatdan klassifikatsiya qilish mumkin. Masalan, statik va dinamik, jonli va jonsiz, ochiq va yopiq. Statik sistema vaqt davomida muvozanatda, dinamik sistema esa, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishda. Masalan, tosh, tog‘ jinsi, bino karkasi, statik sistemalardir. Tirik organizm, Quyosh sistemasi, chumolilar tudasi, asalarilar hamjixatligi dinamik sistemalardir.
Ochiq Sistema yopiq sistemadan nima bilan farq qiladi? Farqi avvalo shundaki, yopiq sistemaga tashqaridan modda, energiya, informatsiya kirmaydi va undan ular chiqmaydi, deb xisoblanadi. Ochiq sistemaga ular kiradi, lekin, nima uchundir sinergetika asoschilari chiqishi haqida gapirmaydilar.
O.Tofflerning ta’kidlashicha, biologic va sotsial sistemalar ochiq sistemalardir. Ammo ochiq sistemalar matematik modellarni yopiq desa bo‘ladi.
Klassik fizika asosan yopiq sistemalarga e’tibor bergan. Sinergetikadagi sistemalar ochiqdir. Ochiq sistemaga – tashqaridan hamma narsa kirib kelavermaydi. Faqat faol hisoblanadigan energiya, modda va informatsiyalar kiradi.
Sinergetikat irik organizmni ochiq sistema deb xisoblaydi. Biz bu fikrga ham qo‘shilamiz, ham qo‘shilmaymiz. Qo‘shilishimizning sababi shuki, masalan, o‘simlik, hayvon va odam organizmi suv, ozuqa, energiyasiz, ya’ni tashqi muhitsiz yashay olmaydi. Shu ma’noda organizm ochiq Sistema diyiladi. Quyosh sistemasi esa kosmik nurlarsiz ham mavjud bo‘laveradi, ya’ni u yopiq sistema.
Qo‘shilmasligimizning sababichi? V.I.Arshinov, Yu.L.Klimontroviya, Yu.V.Sachkov e’tirof etishlaricha, “Ochiq sistemaning miqdoriy xarakteristikalarini aniqlash masalasi hanuz yechilgan emas”. Ha, organizm ochiq sistema degan so‘z, tashqi muhim ham cheksiz ochiq degani. Cheksiz deyilganda xisob – kitob yo‘q degani. Yopiq sistemada esa bunday emas. Klassik fizikada energiya, modda, harakat miqdori, kinetik momentlar, massa, zaryadlarning hisob – kitobi bor. Falsafadagi saqlanish tamoyili fizika va boshqa tabiiy fanlar namoyon bo‘ladigan har xil saqlanish qonunlari mavjud. Masalan, bir olmani yuqoriga irg‘itsangiz, u ko‘tarilishdan tortib pastga tushgunicha potensial energiya bilan kinetic energiyaning miqdoriy yig‘indisi bir xil bo‘lib, o‘zgarmaydi. Bu misolda biz olmadan iborat sistemacha bilan Yerdan iborat sistemachadan tashkil topgan yopiq sistemani tasavvur qildik.
Tirik narsalar borki, ularning har biri ochiq sistema hisoblanadi sinergetikada. Jonli organizmning o‘z –o‘zidan tashkillanish sharti ham shudir. Buning o‘zi kifoya emas, jonvorlar, xayvonlar, odamlar juft yashashi shart, agar zotning ham yashashini e’tiborga olsak. Bundan tashqari ular ko‘pchiliksiz yashay olmaydilar. Masalan, chumolilar, asalarilar, odamlar bunga yaqqol misol.
Sinergetikadagi ochiq sistemalardan yana biri fandir. Fan ochiq sistema bo‘lib jamiyat bilan bog‘lanishdir. Fan jamiyatning talabini qondirish uchun harakat qiladi, fan esa jamiyatdan kerakli “ozuqa” oladi: olimlar xizmat qiladi, labaratoriyalar qurib beriladi, zarur sharoitlar yaratiladi.
I. Prigojinning ta’kidlashicha, hozirgi zamonda ijtimoiy o‘zgarishlar avvalgiga qaraganda ko‘proq tezlanish bilan kechmoqda. Buning ustiga Yer kurrasining har xil joylarida qaynoq nuqtalar, spid, bo‘ron, transport avariyalari, kuchli zilzilalar, to‘fonlar, toshqinlar, qaxraton sovuqlar, jazirama issiqlar, yong‘inlar, teraktlar, “parandalar grippi” ni qo‘shsak, fluktuatsiyalar avj olmoqda. Natijada tartibsizliklar kuchaymoqda, beqarorlik oshmoqda, xullas voqea va hodisalar munosabatlarining chiziqsizligi ko‘paymoqda. Ozgina sabab ko‘proq natija bermoqda. Bu esa vaqt sezgirligining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
O. Tofflerning aytishicha, hozirgacha fan, asosan barqarorlikka, turg‘unlikka ko‘proq e’tibor berib keldi. Prigojin sinergetikasi esa, hozirgi zamon jahon hayotida ko‘plab uchrayotgan ijtimoiy xodisalarning tezlanishi natijasida paydo bo‘layotgan beqarorlik, tartibsizlik, tez o‘zgaruvchanlik, har xillik kabi chiziqsiz voqealarga ko‘proq urg‘u beryapti.
Karl Popperning ochiq jamiyat falsafasiga hozir g‘arbda e’tibor berilmoqda. Uningcha, ochiq jamiyat – bu, qonun xukmdorligi g‘oyasidir. Oddiy fuqarolar tinch yashaydigan, ozodlik xurmat qilinadigan, yangi fikrlar va xatti– harakatlar xursanchilik bilan qabul qilinadigan jamiyatdir. To‘g‘ri, bu gaplar yaxshi niyat bilan aytilgan. Aslida K. Popper bu g‘oyani Gitler va Stalinurishiga, binobarin, national sotsializm va kommunizmga qarshi aytgan. Germaniya jamiyati va SSSR yopiq sistemalar deb hisoblangan. Sistemalar, jamiyatlar ochiq bo‘lsa, urish bo‘lmas edi, demoqchi bo‘lgan K.Popper Ochiq jamiyatning bu jihati, albatta, yaxshi. Lekin, ochiq jamiyat degani chegaralari ochiq bo‘lsin, savdo – sotiqda boj qoidasi bo‘lmasin, ichki va tashqi qurolli kuchlar bo‘lmasin, degan so‘ zemas. Masalan, Benilyuks mamlakatlarida, ya’ni Belgiya, Niderlandiyava Lyuksenburg davlatlari o‘rtasida xarbiy chegaralar yo‘q, bu jihatdan bu mamlakatlar ochiq, lekin ularning har birining davlati yopiq, ya’ni uzining qurolli kuchlari, ichki tashqi va ekonomika siyosati alohida. Bu jihatdan bu mamlakatlar bir mamlakat hisoblanmaydi va bir – biriga bo‘ysinmaydi. Demak, mamlakatlar munosabatlari masalasida “ochiqlik” va “yopiqlik” nisbiy tushunchalardir.
|
| |