• 1.3. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
  • Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichlari




    Download 0,55 Mb.
    bet7/76
    Sana15.11.2023
    Hajmi0,55 Mb.
    #99123
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76
    Bog'liq
    O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uc-fayllar.org

    1.2. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichlari
    O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish bosqichlari va bajarish muddatlari “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”da aniq belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan magistrlar tayyorlashni tashkil etish sxemasining V-VI va VIII bosqichlarida3 magistrlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablar va uni tayyorlash quyidagilardan iborat:

    magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash (birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi davomida);


    magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash (magistratura talabasining kalendar ish rejasi bo‘yicha);
    magistrlik dissertatsiyasining dastlabki va rasmiy himoyasi (jadval asosida) mantiqiy ketma-ketlikda amalga oshirilishi qat’iy belgilangan.


    1.3. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
    Magistrlik dissertatsiyasi o‘qish va o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariyamaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
    Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bag‘ishlanishidan kelib chiqib, institutning tegishli mutaxassislik kafedrasi pedagog xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiytadqiqot va loyihalash muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda shakllantiriladi.
    Magistrlik dissertatsiyasiga institut professor(fan doktor)lari, dotsent(fan nomzod)lari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek, belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan xorijiy mutaxassislar ilmiy rahbarlikni amalga oshiradi. Magistratura talabasiga institutda asosiy shtat birligida ishlamaydigan xodimlar tarkibidan ilmiy rahbar tayinlanganda, qo‘shimcha ravishda tegishli mutaxassislik kafedrasi pedagog-xodimlari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
    Mutaxassislik kafedrasi taqdim etgan va magistratura bo‘limi kengashi tomonidan tavsiya etilgan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari o‘qiyotgan birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyi davomida institut rektorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
    Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi o‘qigan ta’lim tilida (ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor roziligi asosida xorijiy tilda ham) tayyorlanadi. Xorijiy tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi.
    Magistrlik dissertatsiyasi mustaqil bajarilishi talab etiladi. Uni bajarishda talabadan kasb odob-axloqi qoidalariga qat’iy rioya etishi (plagiat, statistik va boshqa ma’lumotlarni soxtalashtirish, shuningdek, yolg‘on sitatalar keltirishga yo‘l qo‘ymasligi) talab etiladi.
    Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
    tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
    tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qo‘llashda magistratura talabasiga ko‘maklashish;
    magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi bo‘yicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertasiyasi o‘z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
    dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
    Yuqoridagilar asosida tegishli kafedra mudiri va ilmiy rahbari zimmasiga aniq mas’uliyatlar yuklatilgan. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida belgilangan talablarga muvofiq, magistrga tayinlangan ilmiy maslahatchiga ham ilmiy rahbar bilan bir xil mas’uliyat yuklatiladi.
    Yuqori saviyada va sifatli bajarilgan magistrlik dissertatsiyalari turli tanlovlarda ishtirok etishi holatlarida undan nusxa ko‘chirilishi mumkin.


    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   76




    Download 0,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bosqichlari

    Download 0,55 Mb.