ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA ISSN: 2181-3507 1-TOM | 1-SON | 2022
https://t.me/ilmiy_tadqiqot_uz
Ko‘p
tarmoqli ilmiy jurnal Iyul, 2022
50
IJTIMOIY TARMOQLARDA AXBOROT TARQATISH MEZONLARI
Maftuna Jo‘rayeva
O‘zJOKU magistranti
ANNOTATSIYA
Sivilizatsiya natijasida insonlar o‘zlarini axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirish maqsadida turli xil kashfiyotlarni amalga oshirdi.
Internetni texnik
imkoniyatidan foydalanib insonlarni muloqotga bo‘lgan ehtiyoji hisobiga “Ijtimoiy
tarmoqlar” deb ataluvchi yangi bir soha, yo‘nalish shakllandi. Ushbu maqolada
ijtimoiy tarmoqlar va ularning axborot manbasi sifatida tutgan o‘rni
hamda axborot
tarqatish mezonlari xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn jurnalistika, axborot manbasi
.
INFORMATION DISTRIBUTION CRITERIA IN SOCIAL NETWORKS
Maftuna Jorayeva
Master of UzJOKU
ABSTRACT
As a result of civilization, people made various discoveries
in order to satisfy their
needs for information. Using the technical capabilities of the Internet, a new field and
direction called "Social networks" was formed due to the need of people to
communicate. This article talks about social networks and their role as a source of
information, as well as information dissemination criteria.
Keywords
: Internet, social networks, online journalism, information source.
KIRISH VA DOLZARBLIGI
Bugungi kunga kelib keng jamoatchilikning qiziqishiga sabab bo‘layotgan, ba’zi
o‘rinlarda tashvishga solayotgan; inson ruhiyati, jamiyatdagi
ijtimoiy siyosiy
o‘zgarishlarga o‘zini yetarlicha ta’sirini ko‘rsatayotgan ijtimoiy tarmoqlarning
shakllanishi, ayni paytda dunyo miqyosida ommalashuvi,
hozirgi tarmoqlar
faoliyatining mavqeyi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning an’anaviy jurnalistikaga
o‘tkazayotgan ta’siri alohida tadqiq qilishni talab etadigan masalalardandir.
Sivilizatsiya natijasida insonlar o‘zlarini axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish
maqsadida turli xil kashfiyotlarni amalga oshirdi. Internetni texnik imkoniyatidan
foydalanib insonlarni muloqotga bo‘lgan ehtiyoji hisobiga “Ijtimoiy tarmoqlar”- deb