ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA ISSN: 2181-3507 1-TOM | 1-SON | 2022




Download 190,28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana14.05.2024
Hajmi190,28 Kb.
#232266
1   2   3   4   5
Bog'liq
maqola

ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA ISSN: 2181-3507 1-TOM | 1-SON | 2022
 
 
https://t.me/ilmiy_tadqiqot_uz
  Ko‘p tarmoqli ilmiy jurnal Iyul, 2022 
51
 
ataluvchi yangi bir soha, yo‘nalish shakllandi. Dastlab shunchaki kim bilandir muloqot 
qilish uchun xizmat qilgan ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunga kelib jamiyat hayotida 
yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga o‘zining ilg‘or fikrlari bilan munosabat 
bildiruvchilar insonlar uchun tengsiz bir vositaga aylanishga ulgurdi. Bugun ijtmoiy 
tarmoqlar nafaqat faol fikrli yoshlarni asosiy vaqtini o‘tkazuvchi joyga, balki ta’bir joiz 
bo‘lsa, ommaviy axborot vositalarining o‘rnini bosa oluvchi vositaga aylandi. Shundan 
kelib chiqib aytish mumkinki, Ijtimoiy tarmoqlar orqali olingan ma’lumotlarning 
tezkorligi, ularni ishonchlilik darajasi va tarmoqlarda uzatilgan axborotning jamiyat 
hayotiga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganini o‘rganish, uning ijobiy imkoniyatlarini 
to‘g‘ri baholash va bo‘lg‘usi salbiy oqibatlarini iloji boricha yumshatishga yetarlicha 
asos bo‘lib xizmat qiladi. 
 
METODLAR VA O‘RGANILGANLIK DARAJASI 
Ijtimoiy tarmoqlar tushunchasi tarixan uncha uzoqqa borib taqalmaydi. Ushbu 
termen internet bilan bog‘liq bo‘lib bevosita internetni rivojlanishi bilan yuzaga 
kelgan. Ma’lumki dastlab internet kashf qilinganida uni harbiy maqsadda foydalanish 
ko‘zda tutilgan edi. Lekin keyinchalik internet hamma foydalanishi uchun ochiq qilib 
qo‘yildi. Bu narsa uni taraqqiyotiga xizmat qildi. Vaqt o‘tishi bilan odamlar undan 
ma’lumot olish kerakli axborotlarni tarqatish vositasi sifatida keyinchalik esa 
muloqotning asosiy manbayiga aylantirdi. Ijtimoiy tarmoqlarning keng miqyosida 
ommalashuvi 2004-yildan keyingi davrga to‘g‘ri keladi
[1,B.4].
Shu yili AQSH da
keyinchalik dunyoga mashhur bo‘lgan “Facebook” jamoatchilik tarmog‘iga asos 
solindi. So‘ngi yillarda xorijiy ilmiy adabiyotlar ichida Ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga 
doir asarlar juda kam uchrasa-da chop etib kelinayapti. Ularning aksariyati Ijtimoiy 
tarmoqlarning paydo bo‘lish tarixi, ularni ishlash prinsiplari, tasnif va turlari va asosan 
texnik imkoniyatlariga bag‘ishlangan asarlardir. Mazkur maqolaning nazariy asoslari 
sifatida shu soha yo‘nalishida yaratilgan va ishni yozishda bеvosita foydalanilgan 
muhim ilmiy adabiyotlar, xususan, ingliz olimlaridan Peter E. Mayeux, Steve Jones, 
rus olimlaridan Yevgеniy Vaynеr, Yevgеniy Gorniy, Viktor Pasko, Viktoriya 
Suxarova, 
shuningdеk, 
o‘zbеk 
olimlaridan 
filologiya 
fanlari 
nomzodi 
D.Rashidovaning bir qator qo‘llanmalarini va ko‘plab Intеrnеt manbalarini kеltirish 
mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatimizda axborot xavfsizligi va mafkuraviy 
tahdidlardan himoyalanish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi tufayli, 
bunday tahdid va xavflarni asosan global tarmoq orqali yuzaga kelayotganligi tufayli 
bu mavzu yuzasidan bir qancha ilmiy risolalar, qo‘llanma va adabiyotlar yaratildi. N. 
Umarovaning “Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga qarshi kurash” “Axborot 
xavfsizligi: muammo va yechimlar”, D.Quronovning “Mafkuraviy tahdid va yoshlar 
tarbiyasi”, X. Ochilovning “Demokratiya niqobidagi tahdid” asarlarida asosiy e’tibor 



Download 190,28 Kb.
1   2   3   4   5




Download 190,28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILMIY TADQIQOT VA INNOVATSIYA ISSN: 2181-3507 1-TOM | 1-SON | 2022

Download 190,28 Kb.
Pdf ko'rish