• Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi.
  • Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
  • Anketa metodi.
  • Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi




    Download 0.76 Mb.
    bet10/55
    Sana05.12.2022
    Hajmi0.76 Mb.
    #33236
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
    Bog'liq
    СТАТИСТИК МЕТОДЛАР 2 КУРС БТ МАГ
    55 dars. listbox va combobox obyektl, 21-мактаб слайд хатлов (5) (2), 9-синф СЎРОВНОМА, A. Abdullayev - Daqiqa qadri., E\'lon, Далолатнома Иззатуллаев Зиёдулло, file (34), Aziza Baxranova Tirkash qizi, file (39), 1, 1, DARS ISHLANMA YUZI, Reja Ma\'lumotlarni qidirish. Chiziqli qidiruv. Binar qidiruv. C, Example Tezis
    Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi.
    1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar. Asl holicha ta‘lim-tarbiya muammolari ma‘lum, suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z- o‘zini nazorat qilish singarilar) aniqlanadi.
    2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment. (tadqiqotchi biror ma‘no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullarini, yo‘llari tekshirilib ma‘lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi.
    3. Tabiiy eksperiment buning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati asl holda o‘rganiladi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amho’rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa natija haqiqiy bo‘ladi.
    Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va hokazo.
    Ilg’or tajribani o’rganish va yoyish metodi. Maktab ta‘lim-tarbiyasida nazariy asoslanib, tajribada ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida sinalib o‘rganishga tavsiya qilingan pedagogik xulosa deyish mumkin. Buyuk rus pedagogi K.D.Ushinskiy bu metod haqida “o‘tkazilgan, xulosa qilingan asl tajriba to‘g‘risida emas, balki kelingan, uzatilgan, qilingan fikrdadir” - degan edi.
    Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
    Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma‘lumotlarini ma‘lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma‘lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta‘limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi byudjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi, o‘qituvchi kadrlar tayyorlashi kabilar statistika ma‘lumotlari bilan isbotlanadi.


    Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma‘noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma‘lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma‘lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
    1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak.
    2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak.
    3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va vaqt normada berilishi kerak va hokazo.

    Download 0.76 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




    Download 0.76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi

    Download 0.76 Mb.