XX asr fanlarining asosiy yutuqlarini haqida nimalarni bilasiz




Download 166 Kb.
bet7/17
Sana04.06.2023
Hajmi166 Kb.
#69651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
1-20 gacha
имтихон ва консультация жадвали 2022 йил, 11-Бандликка кўмаклашиш маркази , 01-Туман Пенсия жамғармаси, 07-Тиббиёт бирлашмаси, 33-02-сонли МТМ , 28- БЎСМ, lesson2, 758-I-сон 14.04.1999. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida, 51-66, Oila kodeksi, 1. Moylash tizimining vazifasi va tuzilishi Moylash tizimi uchun, Egamberdiyev E. Mokroiqtisodiyot, 1 pt m
XX asr fanlarining asosiy yutuqlarini haqida nimalarni bilasiz.

XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish umkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olgandashuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalar tashkil bo’la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo’nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo’nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Jumladan, Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg’onish davrlari, ya’ni Sharq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo’lsa, bugungi kunda ham ma’lum va mashhurligini yo’qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo’nalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik, kimyo, o’simlik moddali va yuqori molekulalar birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va medisina, biokimyo, biofizika va geologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko’pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo’lamiz. Fanlarning o’zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo’la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi va bular o’z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo’jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o’z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo’yilgan talablardan biridir.
Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. ovtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo’lishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur. Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko’lamda qo’llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmayotgan biron sohani toppish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko’maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda. Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir. Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi. Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir. Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish; shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish; uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish; uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish; uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, electron lekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish; uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash; yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish “Fan ta’lim amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish; uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k. Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi fan-texnika taraqqiyoti (F.T.T.) bilan qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi FTI ham shunday keskin burilish davridir. FTI insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. FTI asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz FTI yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon FTI 4 ta asosiy hususiyatga ega: Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi FTI ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo’lishi mumkin. Hozirgi FTI ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi. Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi. Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi.


  1. Download 166 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Download 166 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XX asr fanlarining asosiy yutuqlarini haqida nimalarni bilasiz

Download 166 Kb.