vaqtinchalik tish qoplamasi yoki jag‘ implantatlarini yaratishda 3D-printerlardan
keng foydalanilmoqda. Tibbiyotning boshqa sohalarida ham ushbu qurilmani
qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilayotir. Mutaxassislarning bildirishicha,
kelajakda inson organlarini “chop etish” imkoniyatlari ham yo‘q emas. 3D-
printerlarga kichik biznes katta qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Deylik,
mazkur qurilma yordamida har qanday uch hajmli suratlarni aynan o‘zidek
ko‘paytirish mumkin. Mashhur futbolchilar, kino yulduzlari, multfilmlar
qahramonlarining shaklini yasash orqali marketing loyihalarini ro‘yobga chiqarish
imkoniyati bor. Qurilma yordamida esdalik uchun o‘zi, yaqinlarining qiyofalarini
shakllantirsa bo‘ladi. Ushbu texnologiyaga, ayniqsa, original va noyob
taqinchoqlar hamda aksessuar ishlab chiqaruvchilar katta qiziqish bilan qarayapti.
Qayd etish kerakki, eng so‘nggi rusumdagi 3D-printerlar “siyoh” sifatida nafaqat
plastik materialni, ayni paytda oltin, kumush va platinalarni ham ishlata oladi.
Buyurtmachi esa taqinchoqning shakli va usulini tabiga qarab tanlashi mumkin.
Yuqoridagi malumotlarga tayangan holda oliy ta`lim muassasalarining
texnologik ta`lim yo’nalishlari talabalariga zamonaviy 3D printerlar haqida
ma`lumotlar berish va ulardan foydalanish bo’yicha uslubiy ishlanmalar ishlab
chiqish maqsadga muvofiq.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kun innovatsion
texnologiyalarini ilm-fan va ta’lim sohasida muvaffaqiyatli qo‘llanilsa, yangi yosh
avlod ana shu jahon tajribasi asosida saboq olib, ulg‘aysa, davlatimizning ertangi
istiqboli, kelajagi yorqin bo‘lishiga shak-shubha yo‘q.