Simmetrik kriptotizimlarda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash




Download 0,67 Mb.
bet8/9
Sana21.05.2024
Hajmi0,67 Mb.
#248294
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
IL 2 Uslubiy ko\'rsatma (1)

1.2 Simmetrik kriptotizimlarda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash.


Simmetrik kriptotizimlarning ilmiy nazariyasi yaratilishi va amaliyoti rivojiga ilmiy kriptografiya asoschisi K. Shennon, A.N. Kolmogorov va formal kriptografiya namoyandalari O. Kerxgoff, Ch. Bebbidj, U. Fridman, G. Vernam, E. Xebern va boshqalar katta hissa qo‘shgan.
Axborot uzatish va saqlash jarayonlarining raqamlashtirilishi uzlukli (nutq) va uzluksiz (matn, faks, teleks, tasvir, animatsiya) axborotlarni muhofazalash uchun yagona algoritmlardan foydalanish imkonini beradi. Shifrlash algoritmlariga quyidagicha asosiy talablar qo‘yiladi:
- shifrlangan axborotni o‘zgartirib qo‘yish yoki uning shifrini buzib – ochishga yo‘l qoldirmaslik;
- axborot muhofazasi faqat kalitning ma’lumligiga bog‘liq bo‘lib, algoritmning ma’lum yo noma’lumligiga bog‘liq emas (O.Kerkgoff qoidasi);
- dastlabki axborot (ma’lumot)ni yoki kalitni biroz o‘zgartirish shifrlangan matnning butunlay o‘zgartirib yuborishi lozim (K. Shennon tamoyili, “o‘pirilish” hodisasi);
- kalit qiymatlari sohasi shunday katta bo‘lishi kerakki, undan kalit qiymatlarini bir boshdan ko‘rib chiqish asosida shifrni buzib ochish imkoni bo‘lmasligi lozim;
- algoritm iqtisodiy jihatdan tejamli va yetarli tezkorlikka ega bo‘lishi lozim;
- shifrmatnni buzib ochishga ketadigan sarf-xarajatlar axborot bahosidan yuqori bo‘lishi lozim [].
Kriptografik tizim, yo qisqacha, kriptotizim, shifrlash hamda shifrni ochish algoritmlari, bu algoritmlarda ishlatiladigan kalitlar, shifrlanadigan hamda shifrlangan matnlar va bularning o‘zaro moslashish qoidalarini o‘zida mujassamlantirgan protokol (bayonnoma)dan iborat majmuadir.
……………………………………………………………(matn)


    1. Mavjud klassik kriptotizimlar va ularning tadqiqi.

Ming yilliklar davomida kriptografiyadan davlat qurilishida, harbiy va diplomatiya aloqasini muhofazalashda foydalanib kelingan bo‘lsa, axborot asrining boshlanishi bilan kriptologiya jamiyatda, xususiy sektorda foydalanish uchun ham zarur bo‘lib qoldi [14-15]. Qariyb 35 yildan buyon kriptologiyada keng miqyosda ochiq tadqiqotlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda konfidensial axborot (masalan, yuridik hujjatlar, moliyaviy, kredit stavkalari to‘g‘risidagi axborotlar, kasallik tarixi va shunga o‘xshash)larning talay qismi kompyuterlararo odatdagi aloqa kanallari orqali uzatilmoqda. Jamiyat uchun bunday axborotning konfidensialligi va asl holda saqlanishi zaruratga aylangan.
Kriptografiya tarixini shartli ravishda 4 bosqichga bo‘lish mumkin [1, 3-6]:

  1. Dastlabki kriptografiya.

  2. Formal kriptografiya.

  3. Ilmiy kriptografiya.

  4. Kompyuter kriptografiyasi, bu bosqich kriptografiyada simmetrik va nosimmetrik kriptotizimlar bo‘yicha ikki ilmiy yo‘nalish yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi.


Download 0,67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,67 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simmetrik kriptotizimlarda ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash

Download 0,67 Mb.