• Individual loyiha ishini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar
  • 1-rasm. Rasmning nomi
  • Asosiy qism.
  • Individual loyihani bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar individual loyiha ishining tarkibi




    Download 223,97 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana16.05.2024
    Hajmi223,97 Kb.
    #237138
      1   2   3
    Bog'liq
    ind



    INDIVIDUAL LOYIHANI BAJARISH BO‘YICHA KO‘RSATMALAR 
     
    Individual loyiha ishining tarkibi 
    Ish hajmi 30-35 varaq atrofida bo‘lib quydagi qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak: 

    titul varag‘i(1-ilova); 

    mundarija; 

    kirish (olib boriladigan izlanish masalasini qo‘yilishi); 

    muammoning holatini tahlili; 

    qilingan ish bo‘yicha olingan natijalar, xulosalar va takliflar; 

    foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati; 

    ilova (mavjud bo‘lsa). 
    Individual loyiha
    ishini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar 
     
    Individual loyiha ishi kompyuterda tayyorlanib hisobot qismini bayon qilish A4 o‘lchamida 
    va hajmi 30-35 betdan iborat bo‘lishi kerak. Hisobot esa Microsoft Office dasturida (Shrifti Times 
    New Roman, o‘lchami (kegligi) - 14, Qator va interval oralig‘i: 1,5 (bir yarim)) va hoshiyasi o‘ngdan 
    1,5 sm, chapdan 3 sm, yuqoridan va pastdan 2 sm qoldirib matn joylashtiriladi. Varaqning pastki 
    qismining o‘rtasiga sahifa nomeri qo‘yiladi. Har qanday grafik ma’lumotlar (karta, chizma, sxema, 
    diagramma, rasm) arab raqamlari va “Rasm” so‘zlari bilan belgilanadi. Nomlanishi - rasm ostida bir 
    qator qoldirib o‘rtadan qalin harflarda yoziladi.
    Masalan:
    1-rasm. Rasmning nomi 
    Rasm matndan yuqori va pastdan bir qator joy qoldirilib ajratiladi. Barcha rasmlarga matnda 
    havola (1-rasm.) bo‘lishi kerak. Jadvallar nomi 
    1-jadval. Jadval nomi 
    shaklida jadvalning o‘ng tepa 
    qismida o‘rtadan qalin harflarda
    yozilishi kerak. 
    Kirish.
    Bu bo‘limda berilgan vazifa doirasidagi tadbiq sohalari haqida ma’lumot keltiriladi. 
    Ishning maqsadi yoritiladi. Kirish qismining hajmi 2-3 betdan oshmasligi kerak.
    Asosiy qism. 
    Asosiy qismida berilgan vazifa doirasida mavzuga tegishli ma’lumotlar ko‘rib 
    chiqiladi hamda ko‘rilayotgan masalaning aniq natijalari (ma’lumotlari) keltiriladi. Bunda berilgan 
    ma’lumotlar aniq misollar asosida berilishi, statistik ko‘rinishda chizmalar va rasmlar bilan 
    to‘ldirilishi lozim. Asosiy qismni yoritishda muallifning fikrlari ham bo‘lishi talab etiladi. 
    Xulosa
    qismida umumiy qilingan ish bo‘yicha asosiy xulosalar keltiriladi va kelajakda 
    qilinadigan ishlar yoki takliflar ko‘rsatiladi. Hajmi 1-2 bet bo‘lishi mumkin.
    Adabiyotlar
    ro‘yxati ishning bajarilishida foydalanilgan ilmiy maqola (mualliflar, maqola 
    nomi, qachon va qayerda chop etilganligi), Internet resurslar manzili, monografiya va o‘quv 
    qo‘llanmalar ro‘yxati alifbo tartibida yoki chop etilgan yilining o‘sib borish tartibida tuziladi. 

    Download 223,97 Kb.
      1   2   3




    Download 223,97 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individual loyihani bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar individual loyiha ishining tarkibi

    Download 223,97 Kb.
    Pdf ko'rish