• 5. Sinxron raqamli transport modul satxi va optik kabel rusumini tanlash
  • Individual loyixa ishini tayyorlash bo‘yicha




    Download 1,88 Mb.
    bet8/28
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,88 Mb.
    #125602
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
    Bog'liq
    Индивидуал лойиха мен 1 қисм услубий кўрсатма
    Ratsional sonlar to’plami-hozir.org, 0421 MI (sirtqi)-Matematik analiz, 1-kurs variyantlari oraliq, MEHNAT UNUMDORL-WPS Office, talaba-varaqasi-370211100418, portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI, Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi e, Mavzu;Oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat Mundarija Kirish I -fayllar.org, NEW ТТП 1 курс силаббуси 2023 — копияkrill, Bakalavr uchun (1), Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi, 2-amaliyot ishi, 1-Maruza, 2-oraliq nazorat savollari
    Umumiy uzunliklar, km

    Daryolar

    Temir yo‘llar

    Avtomobil yo‘llar

























    Loyiha ishida geografik xaritadan aholi yashaydigan manzilgohlar joylanishi va bu manzilgohlarni bog‘laydigan avtomobil yo‘li yoki temir yo‘llar, hamda trassani kesib o‘tuvchi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va daryolar, hamda suv xavzalarini chizib olish kerak.
    Geografik xaritadan taxlil asosida yuqorida qayd etib o‘tilgan talablar inobatga olingan holda aloqa magistral trassasining optimal varianti tanlanadi.
    Yuqorida keltirilgan shartlardan xulosa qilib individul loyixa ishida O‘zbekistonning ikkita viloyati orasida aloqa liniyalari va vositalarni yanada ham zamoniylashtirish maqsadida hozirgi zamon talabiga javob beradigan tolali optik aloqa liniyasini loyihalashtirish uchun aloqa liniya trassa variantini tanlanadi.
    Tanlov asosida oxirgi manzilgohlar, oraliq manzilgohlar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston ensiklopediyasidan olinadi.


    5. Sinxron raqamli transport modul satxi va optik kabel rusumini tanlash

    Tolali optik liniya magistralini loyihalashtirishda raqamli aloqa uzatish vositalarini qo‘llash zarur. Bugungi kunda bunday aloqa uzatish vositalari vazifasini sinxron raqamli ierarxiya (SDH – Synchronous Digital Hierarchy) turkumiga mansub bo‘lgan aloqa uzatish vositalari bajaradi. Raqamli aloqa uzatish vositalari raqamli ma’lumotlarni siklik, blok–sikl strukturasi asosida amalga oshiriladi. Bunda qaytarilish davri 125 mksga teng bo‘ladi va ular transport modullari yordamida amalga oshiriladi. Transport modullari o‘zlarining satxlari yoki ma’lumotlarni uzatish tezliklari va tarmoqda hosil qilinadigan uzatiladigan kanallar (oqimlar) soni bilan farqlanadi. SDH transport moduli beshta satxga bo‘linadi. 5.1– jadvalda SDH transport modulini satxlari keltirilgan.


    5.1–jadval



    SDH transport modulining satxi

    Transport moduli

    Uzatish tezligi, Mbit/s

    Telefon kanallari soni

    SDH ning birinchi satxi

    STM – 1

    155,52

    1890

    SDH ning ikkinchi satxi

    STM – 4

    622,08

    7560

    SDH ning uchinchi satxi

    STM – 16

    2488,32

    30240

    SDH ning to‘rtinchi satxi

    STM – 64

    9953,28

    120960

    SDH ning beshinchi satxi

    STM – 256

    39813,12

    483840

    Bizga ma’lumki, telekommunikatsiya tarmoqlari global, magistral (milliy), hududiy va maxalliy tarmoqlarga bo‘linadi. 5.2 – jadvalda turli xil transport modulining satxlarini turli aloqa tarmoqlarida qo‘llanishi ko‘rsatilgan.


    5.2–jadval



    Tarmoqlar

    Transport modullari

    Global
    Milliy
    Hududiy
    Mahalliy
    Lokal

    STM – 256, DWDM, WDM
    STM – 64, STM – 16, DWDM
    STM – 4, STM – 16, DWDM
    STM – 1, STM – 4, STM – 16,
    STM – 1, STM – 4

    Hisoblab chiqilgan trassa magistralidagi kanallar soni yoki raqamli oqimlar soni asosida loyixalashtirilayotgan aloqa trassa uchun transport modulini tanlaymiz.
    Agar hisoblab chiqilgan kanallar uchun bir dona transport moduli yetmaydigan bo‘lsa, u holda shu manzilgohlar uchun aloqani tashkil etish uchun transport modullar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
    dona (5.1)
    bu yerda:
    NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan trassada kerak bo‘ladigan transport modullar soni, dona;
    num – loyixalashtirilayotgan trassa uchun hisoblab chiqilgan umumiy kanallar soni;
    ntr..mod –bitta transport moduli yordamida hosil qilinadigan kanallar soni.

    Transport moduli yordamida ko‘p kanalli aloqani tashkil qilish uchun kanallar jamlanib, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkita optik tola zarur bo‘ladi (ikki tolali optik aloqa tashkil etish tizimi). U holda loyixalashtirilayotgan trassa uchun optik kabeldagi optik tolalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:




    , tola (5.2)

    bu yerda:


    Ntola – loyixalashtirilayotgan aloqa trassada qo‘llanadigan kabeldagi optik tolalar soni;
    NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan aloqa trassasida qo‘llanuvchi transport modullar soni;
    2 zahira – ikki dona zahiradagi tola.


    Masalan, Toshkent va Samarkand shaharlari orasida 12000 telefon kanali uchun tolali optik aloqa liniyasini loyihalashtirish uchun qanday rusumdagi kabelni tanlash lozim? Toshkent–Samarkand shaharlari oralig‘ida berilgan vazifa bo‘yicha (12000 telefon kanali uchun) STM–4 turidagi transport modulini tanlaymiz (5.2–jadval). Bunday STM–4 transport moduli yordamida bir juft optik tola qo‘llanganda 7650 ta telefon kanal tashkil etish mumkin (5.1–jadval), u holda loyixalashtirilayotgan aloqa trassasi uchun transport modullar soni:


    dona

    Ikkita transport moduli yordamida aloqani tashkil qilish uchun kabeldagi optik tolalar soni:


    tola

    Tolalar soni aniqlangandan so‘ng, Toshkent–Samarqand shaharlari oralig‘ida texnik ma’lumotlar bo‘yicha to‘g‘ridan–to‘g‘ri yerga yotqizish uchun:


    A–DF(ZN)2Y(SR)2Y4x2E9/1250.36F3.5+0.22H18LG rusumidagi kabel tanlanadi.




    1. Download 1,88 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




    Download 1,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individual loyixa ishini tayyorlash bo‘yicha

    Download 1,88 Mb.