Loyihalashtiruluvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi




Download 1,88 Mb.
bet5/28
Sana21.12.2023
Hajmi1,88 Mb.
#125602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Индивидуал лойиха мен 1 қисм услубий кўрсатма
Ratsional sonlar to’plami-hozir.org, 0421 MI (sirtqi)-Matematik analiz, 1-kurs variyantlari oraliq, MEHNAT UNUMDORL-WPS Office, talaba-varaqasi-370211100418, portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI, Αzbekiston respublikasi oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligi e, Mavzu;Oila bilan ijtimoiy pedagogik faoliyat Mundarija Kirish I -fayllar.org, NEW ТТП 1 курс силаббуси 2023 — копияkrill, Bakalavr uchun (1), Gijjalar (glistlar)ga qarshi guruhdagi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi, 2-amaliyot ishi, 1-Maruza, 2-oraliq nazorat savollari
3. Loyihalashtiruluvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi
Loyihalashtiriluvchi transport tarmog‘i topshiriq vazifasi asosida berilgan hududiy yoki shaharlararo tarmoq bo‘lib u quyidagi ko‘rinishga ega:



3.1-rasm. Shaharlararo aloqa transport tarmog‘i bo‘ylab aloqa tashkil etish sxemasi


Milliy yoki shaharlararo transport tarmog‘i quyidagi ko‘rinishda tashkil topadi “A” va “B” oxirgi manzilgohlar bo‘lib ular orasida bitta yoki bir nechta oraliq manzilgohlari bo‘lishi mumkin. Oraliq va ohirgi manzilgohlar shaharlararo avtomatik stansiyaning (ShAATS) apparatlar zalida joylashtirilishi mumkin. Liniya-apparat zalida ko‘p kanalli aloqa uzatish vositalarining uskunalari va qurilmalari joylashtiriladi. Ohirgi manzilgohda joylashgan uskunalarga stansiyada qo‘llanuvchi bog‘lovchi liniyalar yordamida ShAATSning kommutatsion uskunalariga ulanadi, shuningdek ShAATS o‘z navbatida stansiyalararo bog‘lovchi liniyalar yordamida shahar telefon tarmoqlari stansiyasining (ShTT) va qishloq telefon tarmoqlarining (QTT) stansiyalari bilan bog‘lanadi. Shahar va qishloq hududlarida yashovchi abonentlar esa xizmat ko‘rsatuvchi ATS bilan abonent liniyasi yordamida bog‘lanadi va bu bilan ATSda va ShAATSda xizmat ko‘rsatuvchi yuklama hosil qiladi bu yuklama Erlang (Erl) o‘lchov birligida o‘lchanadi. Transport tarmog‘i orqali uzatiluvchi ma’lumotlar esa transport tarmog‘ining trafigi deb ataladi va ikkilik impulslarning uzatuv tezligida ya’ni bit/s (kbit/s, Mbit/s, Gbit/s) o‘lchov birligida o‘lchanadi. Transport tarmog‘ining trafigi o‘z navbatida ikkita oxirgi manzilgohlar orasida tashkil qilinuvchi kanallar sonini aniqlab beradi.


Loyihalashtiriluvchi manzilgohlar orasida lozim bo‘lgan kanallar soni shu manzilgohda yashovchi aholi soni va bu manzilgohlar orasidagi aholining ma’lum bir guruhini bir-biri bilan o‘zaro qiziquv darajasiga bog‘liq.
Har qanday viloyat markazi va shu viloyatda yashovchi aholi soni statistik ma’lumotlar yoki ohirgi marta aholini ro‘yxatga olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Loyixalashtirishning kelajak davri uchun aholining o‘sishi e’tiborga olinadi.
Aholi sonining o‘rtacha o‘sish hisobiga bo‘ladigan miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


kishi (3.1)

bu yerda: N0 – aholining ro‘yxatga olish paytidagi soni, ming kishi;


R – manzilgohda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi, % (ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida R=2 3%);
t – aholini ro‘yxatga olish va loyihalashtirish vaqti orasidagi davr, yil.


, yil

bu yerda: tlv – loyihalashtirish vaqti (misol uchun 2009 yil), yil;


tpo – ro‘yxatga olish vaqti, yil.

Kelajak davr uchun loyihalash yili joriy yilga nisbatan 5 yil ilgariroq olinadi, ya’ni:




, yil

Shaharlararo telefon stansiyasi xizmatidan foydalanuvchi abonentlar soni taxminan quyidagi formula bilan aniqlanadi:




, abonent

bu yerda: 0,3 aholining shaharlararo telefon xizmatidan


foydalanuvchilari soni.

Odatda manzilgohlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar soni iqtisodiy, madaniy va boshqa o‘zaro bog‘lanishlar hisobiga bo‘lib, u statistik ma’lumotlar asosida olib boriladi, hamda aloqa manzilgohlarini oxirgi yildagi o‘zaro aloqa ayirboshlash ma’lumotlari hisobiga olinadi. Bunday aloqa almashinuvi f1 intilish koeffitsienti orqali hisoblanadi, bu qiymat keng oraliqda (0,1 dan 12 % gacha) bo‘lgani uchun kurs loyiha ishimizda f1=5% olinadi. Bunda intilish koeffitsientini hisobga olgan holda umumiy shaharlararo aloqa kanallariini hisoblab chiqishimiz zarur. Telefon kanallar sonini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanamiz:




, kanallar (3.2)

bu yerda: 1 va 1 – o‘zgarmas koeffitsientlar bo‘lib o‘zaro to‘liq bog‘lanish paytida va yo‘qotuvchanlik 5% bo‘lganida 1 =1,3 va 1 =5,6 qiymatlarga ega;



Download 1,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Download 1,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Loyihalashtiruluvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi

Download 1,88 Mb.