Informatika-9. 3 – dars.
Mavzu: Takrorlash darsi.
Maqsad:
1) ta’limiy: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari va modelning turlari mavzularini mustahkamlash;
2) tarbiyaviy: O`quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish;
3) Rivojlantiruvchi: Masalalar yechish orqali o`quvchilarning matematik model tuzish ko`nikmalarini rivojlantirish.
DTS: Masala yechish jarayonini bosqichlarga bo`lib, uni hal eta olish.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy davr.
II. Takrorlash.
Obyekt, uning tavsifi va tavsif qiymati haqida misollar asosida so‘zlab bering.
Model deb nimaga aytiladi?
Matematik model deb nimaga aytiladi? Matematik modellar qanday sohalarda qo‘llaniladi?
Matematik modelning boshqa modellardan farqini tushuntiring.
Modellar necha turga bo‘linadi?
III. Mavzuni o`rganish
1. Quyidagi masalalar shartini tahlil qiling va bosqichlarga bo‘lib hal eting.
a). Katetlari a va b bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini hisoblang.
b). Katetlari a va b bo’lgan to’g’ri burchakli uchburchakning yuzasini hisoblang.
c). Tomoni a bo’lgan teng tomonli uchburchakning balandligini toping.
1 b) Berilgan:
|
Formulalar:
|
Shakl
|
ABC
C=90
BC=a
AC=b
Topish kerak: S=?
|
|
|
Yechilishi: . Javob:
|
2. Quyidagi obyektlarni tavsifi va tavsif qiymatini yozing.
a) Obyekt: o’zingiz yashaydigan viloyat (shahar) kollejlari (yo’llanma: nomi, qurilgan yili, yo’nalishlari, qabul qilinadigan o’quvchilar soni, …).
Nomi
|
Qurilgan yili
|
Yo`nalishlari
|
Qabul qilinadigan o`quvchilar soni
|
Chust transport KHK
|
1990
|
Haydovchi, chilangar, kompyuter operatori, hisobchi
|
250
|
“Mustaqillik” pedagogika va servis KHK
|
2000
|
Tarbiyachi, oshpaz, tikuvchi, sartarosh, payvandchi,
|
300
|
|
|
|
|
b) Obyekt: Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan avtomobillari (markasi, ishlab chiqarila boshlangan yili, soni, ranglari, …).
3. Quyidagi masalalarga mos model tuzing va hal eting.
a). Bankka yiliga A foizli daromad olish uchun qo‘yilgan B so‘m pulning M yildan keyingi holatini ifodalovchi model tuzing.
Yo’llanma. 1-yil oxirida olinadigan daromad so‘m bo‘ladi. Shuning uchun yil oxirida bankdagi pul so‘m bo‘ladi. Ikkinchi yil oxirida olinadigan daromad so‘m bo‘ladi. Ikkinchi yil oxirida bankdagi pul so‘m bo‘ladi. Uchinchi hamda to’rtinchi yil oxirida bankdagi pul qancha bo’lishini hisoblang va olingan formulalarni umumlashtiring.
Uchinchi yil oxirida:
To`rtinchi yil oxirida:
Demak, M-yil oxirida bankdagi pul so`m bo`ladi.
b). Samolyot orasidagi masofa 2100 km bo’lgan A shahardan B shahargacha 3 soat, orasidagi masofa 4800 km bo’lgan B shahardan M shahargacha 6 soat uchdi. Samolyot qanday o’rtacha tezlikda uchgan? (yo’llanma: o’rtacha tezlik=(1-yo’l + 2-yo’l)/(1-vaqt + 2-vaqt)).
Masalaning boshlang`ich qiymatlari:
A va B shaharlar orasidagi masofa 2100 km;
A dan B gacha uchish vaqti 3 soat;
B va M shaharlar orasidagi masofa 4800 km;
B dan M gacha uchish vaqti 6 soat;
Masalaning maqsadi:
Samolyotning o`rtacha tezligini topish.
Masala shartlariga mos ifoda tuzish:
Ifoda qiymatini hisoblash:
IV. Uyga vazifa.
1 a)b) masalalar
|