|
Informatika fanini kasbga yo`naltirib o`qitish haqida yozilmagan xulosa va adabiyotlar ham boshqattan qilinadi. Kirish ham yuriqnoma asosida
|
bet | 4/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 169,35 Kb. | | #148495 |
Bog'liq 501 guruh X Axmadjonova Informatika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishTa'limni tashkil etish shakllari
Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilariga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:
Aralash (kombinatsion dars).
Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
Laboratoriya darslari.
Amaliy darslar.
Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
v) yangi mavzuni bayon qilish;
g) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) o’quvchilarni baholash;
ye) uy vazifasi.
Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) yangi mavzuni bayon qilish;
v) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
d) uy vazifasi.
O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish;
v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
g) o’quvchilarni baholash.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o’tkazish;
g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
Laboratoriya darslarining tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) laboratoriya ishini o’tkazish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o’quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo’yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy vazifani hal etishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shuni hisobga olib darsga didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablar qo’yiladi.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi. O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to’rtta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi. Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil etishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirish o’quvchilarning o’quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo’lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o’zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so’rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg’ulot keyingi bosqichiga qanday o’tish, oldindan ko’zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo’yicha qayta o’zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllariga to’garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg’ulot, o’quv ekskursiyalari, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar kiradi.
Maktabdan tashqari mashg’ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o’qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o’quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi – darsda o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o’quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Fan to’garaklari yo’nalishi, mazmuni, ish metodi, o’qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o’qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo’lishi mumkin. O’quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo’yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o’tkazish uchun o’qituvchi unga puxta tayyorlanishi: obyekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to’liq rejani ishlab chiqishi, o’quvchilarni bo’lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.
O’quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo’yicha kurslarni tashkil etishni ko’zda tutadi. Ular o’quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog’liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro’yxatini aniqlashda faqat o’quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlar bo’yicha mashg’ulotlar majburiy va umumiy o’rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog’liqlikda o’tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya – o’quv suhbati)ga talablar ko’pincha o’quvchilarning ma’lum o’quv materiali yoki topshirig’i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko’proq o’quvchi savol beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarga o’quv materialini egallashda qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to’g’ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o’rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o’rganadigan qilib yo’naltiradi. Konsultatsiya o’qituvchiga o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To’g’ri tashkil etilgan konsultatsiya o’quvchilarda o’zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko’z bilan qarashni tarbiyalaydi.
Ma’ruza mavzularini tuzish, ularga tayyorgarlik ko’rish va ma’ruza darslarini o’tish metodikasi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishda quyidagi asosiy o’qish shakllaridan foydalaniladi:
ma’ruza;
amaliy mashg’ulot;
laboratoriya mashg’uloti.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan ma’ruza mashg’ulotlarida o’qituvchi asosiy nazariy bilimlarni o’quvchilarga bеradi. Amaliy mashg’ulotlarda esa bеrilgan nazariy bilimlar mustahkamlanadi. «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan laboratoriya mashg’ulotlari individual shaklda o’tkaziladi.
An’anaviy ta’lim mеtodlari:
Ma’ruza – katta hajmdagi o’quv matеrialini nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etishdir.
Ma’ruzaning asosiy vazifasi – ta’lim bеrish, o’rgatish.
Bu mеtod butunlay ―so’zlash orqali amalga oshiriladigan o’qitish mеtodi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda talabaning ishtiroki uchun hеch qanday imkoniyat qoldirmaydi.
Ma'ruzaning tushunarliligini oshiruvchi jihatlar:
fikrni sodda tilda bayon etish
ma'ruza tuzilmasining (strukturasining) mantiqan to’g’ri tuzilganligi
fikrlarni qisqa va lo’nda ifodalash
rahbatlantirish (stimullar)
notiqlik, ravon tilda gapirish va talaffus
Fikrni sodda tilda bayon etish. O’z fikrini sodda ifodalash–ta'lim bеruvchining eng muhim fazilatlaridan biridir. O’z fikrini murakkab tilda ifodalash - ziyolilik va profеssionalizm bеlgisi hisoblanmaydi. O’z fikrini sodda tilde ifodalash – talabaga mos ravishda gapirish dеmakdir. Sodda tilda gapirishga quyidagilar vositasida erishiladi:
aytilgan fikrni ko’rgazmali qilib yеtkazish
fikrni qisqa gaplar vositasida ifodalash
oddiy so’zlarni ishlatish
atamalar ma'nosini tushuntirib kеtish
chеt tilidan kirib kеlgan so’zlarni iloji boricha ishlatilmaslik
ishlatilgan taqdirda tushuntirish bеrish
sodda tuzilishga ega bo’lgan gaplarni ishlatish
faol fе'llarni ishlatish
Ma'ruza tuzilmasining (strukturasining) mantiqan to’gri tuzilganligi.
Ma'ruzaning ushbu bеlgisi ma'ruzaning tashqi tuzilishi va ichki tartibini to’g’ri tuzilganligini bildiradi. Ma’ruzaning tashqi tuzilishi - uni o’qishdagi quyidagi hatti-harakatlarini bildiradi:
Ma’ruzaning ichki tartibi uni o’qishda rioya qilinadigan mantiqiy kеtma-kеtlikni bildiradi:
ma’lumotlar mantiqiy to’g’ri kеtma-kеtlikda bеrilishi;
ma’ruzaning alohida qismlari o’rtasida o’zaro aloqalarni o’rnatish;
bir fikrdan boshqa fikrga sakrab o’tishiga yo’l qo’ymaslik;
muhim va uncha muhim bo’lmagan narsalarni farqlash.
Fikrlarni qisqa va lo’nda ifodalash. Fikrlarni qisqa va lo’nda ifodalash dеganda, ma’ruza mazmunining ortiqcha vaqt kеtmasdan, lo’nda, aniq va to’g’ri ifodalanishi tushuniladi:
butunlay o’quv maqsadga qaratilgan;
asosiy mazmuniga qaratilgan;
to’g’ri (bеxato) ifodalardan iborat;
muhim va kеrakli izohlar bilan chеklangan.
Rag’batlantirish (stimullar). Rahbatlantirish (stimullar) dеb ma’ruza tarkibidagi shunday qo’shimchalar tushuniladiki, ular ma’ruza mazmunini talabalarga jonliroq qilib bеradi va shu orqali ularning e’tibori va qiziqishini ta’minlaydi. Rahbatlantirishga quyidagilar yordamida erishiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Informatika fanini kasbga yo`naltirib o`qitish haqida yozilmagan xulosa va adabiyotlar ham boshqattan qilinadi. Kirish ham yuriqnoma asosida
|