|
Informatika fanini kasbga yo`naltirib o`qitish haqida yozilmagan xulosa va adabiyotlar ham boshqattan qilinadi. Kirish ham yuriqnoma asosida
|
bet | 2/7 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 169,35 Kb. | | #148495 |
Bog'liq 501 guruh X Axmadjonova Informatika fanini kasbga yo‘naltirib o‘qitishKurs ishi maqsadi: Kasb–hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida kasbga yo’naltirib o’qitish metodikasini takomillashtirish.
- Kurs ishi mavzusiga oid mavjud pedagogik va psixologik adabiyotlar, ilmiy- metodik ishlarni tahlil etish;
Kasb-hunar kollejlari uchun informatika va axborot texnologiyalari asoslarininng mazmunini taxlil etish, takomillashtirish va xizmatlar soxasiga yo’naltirish;
Zamonaviy dasturlar asoslarini o’qitishning pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan metodikasini ishlab chiqish;
Mashg’ulotlarni olib borishda pedagogik texnologiya va interfaol usullardan foydalanish, turli didaktik va texnik vositalar, texnologik haritalarda rejalashtirish;
Kurs ishi ishi yuzasidan tajriba–sinov ishlarini o’tkazish, uning samaradorligini aniqlash va metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Kasb-hunar kollejlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmuni, uni kasbga yo’naltirib o’qitish shakl va metodlari.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I-BOB. INFORMATIKA FANINI KASBGA YO’NALTIRIB O’TISH TEXNOLOGIYASI
Ixtisoslik fanlarini o’qitish shakllarining umumiy tavsifi
O’qituvchi tomonidan talabalarni samarador o’qishlarini tashkil qilish faqatgina o’qitishning shakllarini bilish va ulardan to’g’ri foydalanishga bog’liqdir. Zamonaviy didaktikada ko’plab shakllar ishlab chiqilgan bo’lib, ularni har biri o’qitishni taShkil qilishni u yoki bu tomonini ochib beradi. Shu asosida ma’lum bo’lgan tizimlashtiriladi, umumlaShtiriladi va klassifikatsiyalaShda ifodalanadi. Ba’zi bir klassifikatsiyalar asosida o’quvchilarning miqdoriy tarkibi, boshqalarida esa o’quv joyi, uchinchisida esa mashg’ulotning davomiyligi va h. k. Masalan, pedagogik nashrlarda o’qitish formasi uchta guruhga ajratiladi:
yaxlit o’qitish shakllari (pedagogik texnologiyalar);
o’rganuvchilar o’quv faoliyati formalari (juftlik, guruhli, yakka, jamoaviy);
sinf, guruhni joriy o’quv ishlarini tashkil qilish formasi (dars va uning turlari)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Informatika fanini kasbga yo`naltirib o`qitish haqida yozilmagan xulosa va adabiyotlar ham boshqattan qilinadi. Kirish ham yuriqnoma asosida
|